g’ovlamaydigan hosil shoxlari I va II-kenja tipga mansub, paxtasi chanoqlaridan
to’kilmaydigan bo’lishi kerak.
G’o’za texnik ekinlar ichida eng qimmatli ekin turi bo’lib, u, asosan, tolasi
uchun ekiladi.
Paxta tolasidan to’qilgan gazlamaning sifatli bo’lishi, birinchi navbatda
tolaning texnologik xususiyatlariga, yahni uning uzunligiga, pishiqligiga,
ingichkaligiga, nisbiy uzilish kuchiga bog’liq. Tola qanchalik ingichka va pishiq,
uzun va rangi oq bo’lsa, shunchalik qimmatli bo’ladi, undan eng yaxshi nafis
gazlamalar to’qiladi.
Paxta sanoatda xalq xo’jaligining turli sohalarida keng foydalaniladi va 100
dan ortiq turdagi mahsulot olinadi. Asosiy mahsulot paxta tolasi bo’lib,
to’qimachilik sanoati uchun u tengi yo’q xom ashyo hisoblanadi, xalqaro savdoda
esa unga doimo ehtiyoj kattadir. Jahon bozorida neftg’, ko’mir, gaz va yog’och
mahsulotlariga qaraganda paxta yetakchi o’rin egallaydi.
Paxta tolasidan harbiy maqsadlarda parashyutlar tayyorlashda, turli xil
gazlamalar, ip, arqon, baliq ovlaydigan to’r, tasma, transportyor lentasi, qog’oz kabi
bir qancha mahsulotlar tayyorlanadi.
Bir tonna paxtadan 340-350 kg tola, 50-60 kg momiq, 600 kg Chigit chiqadi.
Bir tonna Chigitdan 170 kg moy, 400 kg kunjara, 50-60 kg momiq, 60 kg
o’simlik oqsili, 300 kg sheluxa olinadi. Bundan tashqari dastlabki qayta ishlash
jarayonida
margarin, kir sovuni, alif moyi ishlab chiqariladi.
G’o’za o’simligi poyasi va shoxlaridan mebel sanoatida turli xil mahsulotlar
tayyorlanadi, masalan; DSP.
Paxtachilik bir qator mamlakatlar iqtisodiyotining muhim tarmog’idir. Jahon
bo’ylab paxta tolasi ishlab chiqarish hajmi muntazam ravishda o’sib bormoqda va
hozir u deyarli 19 mln. tonna-ni tashkil qiladi.
O’zbekiston yiliga taxminan 1,5 mln.t. paxta tolasi yetishti-rib, paxta
yetishtiruvchi 71 mamlakat orasida 4-5 o’rinni egallab turibdi. Respublikamiz ekin
maydoni bo’yicha Hindiston, Xitoy, AQSh va Pokistondan keyingi o’rinni, yalpi
hosil bo’yicha 14 o’rinni egallab turibdi.
O’z taraqqiyotidagi barcha kamchiliklarga qaramay, paxtachilik o’tgan o’n
yilliklar davomida respublikamiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yetakchi
tarmoqqa aylandi,
mustaqillikka
eri-shilgandan
keyin ahamiyati
yanada ko’tarilmoqda.
Bizning mintaqada g’o’za anhanaviy qishloq xo’jalik ekini bo’lib, paxta
yetishtirish va qayta ishlash bo’yicha boy tajriba to’plagan. Soha kuchli
moddiytexnika bazasiga va ilmiy texnika potentsialiga ega, loyihalash va
konstruktor tashkilotlari tomo-nidan sohani rivojlantirish bo’yicha katta ishlar
amalga oshirilgan. O’zbekistonning jahon bozoriga mustaqil chiqish sha-roitiga ega
bo’lgan bugungi kunda paxta mahsulotini ishlab chiqarish, samaradorligini oshirish
va uning raqobat qila olish qobiliyatini tahminlash muhim hayotiy ahamiyat kasb
etadi. Dehqonchilikning har bir sohasida bo’lgani kabi paxtachilik-ning rivojlanishi
ham yuqori hosildor, kasallik va keskin o’zgaruvchan sharoitlarga chidamli va tovar
mahsulotining sifati yaxshi bo’lgan g’o’za naviga bog’liq. Tajribalarning
natijalariga ko’ra qo’shimcha xarajat qilmay faqat istiqbolli yangi nav hisobiga
hosilni 15-20 foizga oshirish mumkinligini ko’rsatdi. O’zbekiston paxtachilik
mintaqasining eng shimoliy qismida joylashgan. Shuning uchun ertapishar navlarni
yaratish g’o’za selektsiyasida muhim masala bo’lib qolmoqda. So’nggi yillarda
uzoq davom etgan seryomg’ir bahor buni yana bir bor tasdiqlaydi. Yangi iqtisodiy
munosabatlarga o’tish sharoitida paxtakorlar ertapishar, tola sifati yuqori,
g’o’zaning turli kasalliklariga hamda zararkunandalariga bardoshli sovuq
tushguncha yi-g’ishtirilib olish mumkin bo’lgan navlarni yaratishni talab
qilishmoqda.
Selektsiya ishining natija va yutuqlari urug’chilikni to’g’ri tashkil qilish bilan
uzviy bog’liq. Shu sababli respublikamizda paxta urug’chiligini tartibga solish
zarurati to’g’risida masala ko’p marta ko’tarildi, Chunki bu yuqori sifatli mahsulot
yetishtirish-ning ishonchli va muhim garovidir. 1998 yil noyabrda Vazirlar
Maxkamasining 1999-2000 yillarda g’o’za navlarini yangilash va dasturi
to’g’risidagi qarorida respublikamiz miqyosida paxtachilik selektsiyasi va
urug’chiligini yo’lga qo’yish, yahni tezpishar serhosil hamda tola sifati jahon
bozorida raqobatlasha oladigan navlarni yaratish va uni ishlab chiqarishga tadbiq
etishdek katta vazifalarni olimlar zimmasiga yuklaydi.
Demak, hal qilishi lozim bo’lgan muammolar doirasi juda keng. Ularni
yechish uchun ilmiy va ishlab chiqarish kuchlarining yaqin muloqotda bo’lishi,
mamlakatimiz va chet el ishlab chiqarishi tajribalari, fan va texnikaning eng yangi
yutuqlaridan foydala-nish zarur. Bunda olimlarni, mutaxassislarni, qishloq xo’jaligi
xodimlarini paxta ishlab chiqarishdan boshlab to mahsulotni jahon bozoriga olib
chiqish bilan bog’liq bo’lgan axborot bilan o’z vaqtida va to’g’ri to’la
tahminlanishini tashkil etish muhim o’rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: