«kimyo-texnologiya»



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/160
Sana01.09.2021
Hajmi2,15 Mb.
#162296
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160
Bog'liq
O'simlikshunoslik Ma'ruza matni (1)

Tuproqni ishlash. Kuzda tuproqni ishlash imkoni boricha ertaroq o‘tkaziladi. 
Kuzgi  shudgor  sentyabr,  oktyabrda  28-30  sm  chuqurlikda,  chimqirqarli  pluglarda 
bajariladi. Erta bahorda namni saqlash, qisman yerni tekislash maqsadida ikki izli 
qilib «zig-zag» boronalari bilan boronalanadi. Ekishdan oldin tuproq chizellanadi 
yoki otvalsiz pluglar bilan ishlanadi. Tuproq zichlashmagan bo‘lsa ekish oldidan 12 
kultivatsiya  qilish,  boronalash,  zarur  hollarda  molalash  o‘tkaziladi.  Ekish  oldidan 
yer albatta tekislanadi.   
Ekish.  Ekish  uchun  saralangan,  tozalangan,  sog‘lom  yuqori  konditsiyali 
urug‘lar ekiladi. Ekishdan oldin urug‘lar oftobda yoyib quritiladi, ponaktin preparati 
bilan 200 g/ts uruqqa hisobida ishlanadi.   
O‘zbekistonda kanop asosan Toshkent viloyatida ekiladi. Eng maqbul ekish 
muddati Toshkent viloyati sharoitida 10-20 aprel, urug‘ uchun ekilganda 1-10 aprel. 
Tuproqdagi harorat, ekish chuqurligida 12-150S qiziganda ekish boshlanadi.  
Ekishni kalendar muddatlari tuproq-iqlim sharoitiga qarab o‘zgaradi. Ekish SPCh6A 
yoki STX-4G, SXU-4, SXU-8 chigit seyalkalarida o‘tkaziladi. Qator oralari 60, 70 
sm.  Keyingi  yillarda  kanopni  qo‘shqatorlab,  lentalar  orasi  20  sm  qilinib,  qator 
oralarini 70 sm qilib ekish yuqori samara bermoqda.   
Ekish me’yori 25-30 kg/ga. Kanop urug‘lik uchun o‘stirilganda qator oralari 
60 sm qilib ekiladi. Urug‘lik uchun ekilganda kanopning ekish me’yori gektariga 
810  kg  ni  tashkil  qiladi.  Ekish  chuqurligi  5-6  sm,  og‘ir  tuproqlarda  3-4  sm. 
Parvarishi.  
Kanop urug‘lari ekilgandan keyin maysalar hosil bo‘lguncha qatqaloq hosil bo‘lsa, 
qatqaloq boronalash yo‘li bilan yo‘q qilinadi. Kanop dastlabki rivojlanish fazalarida 
sekin o‘sadi, shuning uchun begona o‘tlar bilan tez ifloslanishi mumkin. Boronalash, 
qator oralarini kultivatsiya qilish begona o‘tlarni qisman yo‘q qiladi.   
O‘suv davrida qator oralari 5-6 marta ishlanadi. Har bir sug‘orishdan keyin 
tuproq yetilishi bilan kultivatsiya o‘tkaziladi. Qator oralari o‘simlik qatorlarini yopib 
qo‘yguncha o‘tkaziladi (o‘simlik bo‘yi 0,8-1 m ga yetguncha). O‘suv davrida tola 
uchun o‘stirilgan kanop 5-6 marta sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori 800-1200 m3/ga. 
Sug‘orishlar  soni,  me’yori  sizot  suvlarning  joylashish  chuqurligiga  ham  bog‘liq. 
O‘simlikning o‘suv davrida tuproqdagi namlik ChDNSning 80 % ushlanganda eng 
qulay  namlik  hosil  qilinadi.  Sizot  suvlarning  joylashish  chuqurligi,  atmosfera 
yog‘ingarchiliklari hisobga olingan holda sug‘orish sxemalari, rejimi belgilanadi.   
Odatda birinchi sug‘orish o‘simlik bo‘yi 12-16 sm ga yetganda, navbatdagilari 
har 15-20 kunda o‘tkaziladi. Urug‘lik uchun ekilgan kanop agrotexnikasi, tola uchun 
o‘stirilgandagiga nisbatan farq qiladi. Urug‘lik kanopzorlarda o‘simlik qalin bo‘lsa, 
yagona qilinadi va bir gektarda 150-180 ming tup o‘simlik qoldiriladi. Sug‘orishlar 
o‘suv  davrida  3  marta  o‘tkaziladi.  Birinchi  sug‘orish  o‘simlik  18-20  barg  hosil 
qilganda,  ikkinchisi  shonalashda,  uchinchisi  gullash  fazalarida  o‘tkaziladi. 
Mavsumiy sug‘orish me’yori 3500-4000 m3/ga.  



Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish