Kanopning biologiyasi va navlari Haroratga talabi. Kanop
issiqsevar o‘simlik. Urug‘lari 10-12
0
S haroratda ko‘karib boshlaydi va 13-15
0
S da
hayotchan maysalar hosil bo‘ladi. Maysalarning qiyg‘os unib chiqishi harorat 20-
22
0
S da kuzatiladi. Sovuq 1-1,5
0
S bo‘lganda maysalari, shuningdek, voyaga yetgan
o‘simliklar ham nobud bo‘ladi. Kanopning o‘sishi, yuqori hosil shakllantirishi uchun
eng maqbul harorat 23-25
0
S. O‘suv davrining oxirida issiqqa talabchanligi
kamayadi. Urug‘larning yetilishi 14-16
0
S issiqda ham o‘tadi, bu davrga kelib havo
nisbatan quruq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |