«kimyo-texnologiya»



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/160
Sana01.09.2021
Hajmi2,15 Mb.
#162296
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   160
Bog'liq
O'simlikshunoslik Ma'ruza matni (1)

Tuproqqa  talabi.  O‘zbekistonda  kanop  unumdor  tuproqlarda,  daryo 
sohillarida  bo‘z,  o‘tloq,  o‘tloq-bo‘z  tuproqlarda  ekiladi.  Sho‘r,  qumoq, 
botqoqlashgan,  toshloq  tuproqlarda  u  yaxshi  o‘smaydi.  Sho‘rtob  tuproqlar  kanop 
uchun  yaroqsiz.  O‘suv  davri  120-160  kun.  Oziqa  moddalarga  talabi.  Kanop 
gektaridan  180-200  ts  poya  berishi  uchun  tuproqdan  ko‘p  oziqa  elementlarini 
o‘zlashtiradi. Kanop fosforni azotga nisbatan besh baravar kam o‘zlashtiradi. U 1 t 
poya  va  shunga  muvofiq  barglar  hosil  qilish  uchun  tuproqdan  14  kg  azot,  2,5  kg 
fosfor  o‘zlashtiradi.  Kanop  ma’danli  va  organik  o‘g‘itlarni  solishga  ijobiy  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Ma’danli  va  organik  o‘g‘itlarni  bir  vaqtda  qo‘llash  eng  yuqori  natija 
beradi.   
Kanopning  o‘sish  xususiyatlari.  Kanop  o‘sish  davrining  dastlabki  30-45 
kunida juda sekin o‘sadi. Bu davrda uning ildiz tizimi yaxshi ri- vojlanadi. Keyin 
uning yer ustki massasi tez, bir kunda 6-10 sm o‘sadi. Ensiz, lansetsimon bargning 
hosil bo‘lishi bilan poyaning o‘sishi deyarli to‘xtaydi. Dastlabki rivojlanish davrida 
poyalar sekin o‘sganda uni begona o‘tlardan himoya qilish muhim ahamiyatga ega. 
Kanopning  gullash  davri  davomli  6  haftagacha  davom  etadi.  Har  kuni  1-2  gul 
ochiladi.  O‘zbekiston  sharoitida  barg  qo‘ltiqlaridan  ikkilamchi,  uchlamchi  gullar 
ham  hosil  bo‘ladi  va  bunday  holda  bir  kunda  5-7  gul  ochiladi.  Kanop  o‘zidan 
changlanadi, kam miqdorda chetdan changlanish kuzatilishi mumkin. Gullar odatda 
ertalab  ochiladi.  Havo  bulutli  bo‘lsa  gullarning  ochilishi  kechikadi.  Gullar  ochiq 
havoda kam bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida so‘liydi va yopiladi. Gullash davri 
cho‘zilganligi uchun ko‘saklar va urug‘larning pishishi uzoq davom etadi. Pastda 
joylashgan  ko‘saklarda  urug‘  pishganda  poyaning  yuqori  qismida  gullash  davom 
etadi.   
Texnikaviy  yetilishi  110-130  kunda,  biologik  yetilish  (urug‘ning  pishishi) 
130-150  kunda  kuzatiladi.  Kanopni  yetishtirish  texnologiyasi.  O‘zbekistonda 
kanopning  Uz-  bekskiy-1972,  Uzbekskiy-2142,  O‘zbekiston-2225  navlari  ekish 
uchun Davlat reyestriga kiritilgan.  
  

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish