«kimyo-texnologiya»


-Mavzu: O‘simlikshunoslik fanining maqsadi va vazifasi, dala ekinlarining



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/160
Sana01.09.2021
Hajmi2,15 Mb.
#162296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
O'simlikshunoslik Ma'ruza matni (1)

1-Mavzu: O‘simlikshunoslik fanining maqsadi va vazifasi, dala ekinlarining 
umumiy tavsifi va guruhi  
Reja:  
1.  O‘simlikshunoslik fanining maqsadi va vazifasi.  
2.  O‘simlikshunoslikning respublikadagi ahvoli, istiqbollari.   
3.  Dala ekinlarining guruhlarga bo‘linishi.  
  
1. O‘simlikshunoslik fanining maqsadi va vazifasi.  
O‘simlikshunoslik  -  xalq  xo‘jaligining  asosiy  tarmoqlaridan  biri  bo‘lib, 
aholini  oziq-ovqat  mahsulotlari,  chorvachilik  uchun  yem-xashak  va  yengil  sanoat 
uchun  ko‘pgina  tarmoqlari  uchun  talab  xom  ashyo  yetishtirish  maqsadida  ekib 
o‘stirish va tabiatda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan foydalanish masalalari 
bilan shug‘ullanuvchi fandir  
 Bu tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Eng avvalo qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishning mavsumiyligi, muayan agrotexnika tadbirlarini ma’lum muddatlarda 
o‘tkazish  sharoitni  xar  doim  o‘zgarib  turishidir.  Qishloq  xo‘jaligida  doimo  yangi 
navlar,  yangi texnologiyalarning  kirib kelishi  u saxodagi  mutaxxasslardan  chuqur 
va xar tamonlama puxta bilimga ega bo‘lishi talab qilinadi.  
 O‘simlikshunoslik  chorvachilik  bilan  chambarchas  bog‘liq  charvoga  talab 
qilinadigan ko‘kat, pichan, dag‘al va shirali ozuqalar o‘simliklardan tayyorlanadi. 
O‘simliklarga talab qilinadigan organik o‘g ‘itlar chorvachilikning chiqindilaridan 
olinadi.  
 O‘simlikshunoslik  qadimdan  madaniy  o‘simliklar  paydo  bo‘lishi  bilan  kelib 
chiqqan va dehqonchilik bilan chambarchas bog‘likdir. Dastlab dehqonchilik Iroq, 
Hindistonda,  Xitoy,  Suriya,  Misr,  Meksika,  Boliviya,Markaziy  Osiyoda  rivojlana 
boshlangan.   
O‘simlikshunoslik  fani  hozirgi  davrda,  asosan  dala  ekinlarini  tadqiq  etadi. 
O‘simlikshunoslik  agronomiyaning  bir  bo‘limidir  Bu  fan  madaniy  ekinlarni 
guruhlarga bo‘lib, ularnig biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganadi, ekinlar va 
navlardan mutasil mo‘l hosil olishni ta’minlaydigan yangi texnologiyalarni ishlab 
chiqadi.  O‘simlikshunoslik,  agrokimyo,  dexqonchilik,  seleksiya  va  urug‘chilik, 
biokimyo, o‘simliklar fizologiyasi kabi qator fanlar bilan chambarchas bog‘langan.  
Demak,  o‘simlikshunoslik-  bu  qishloq  xo‘jaligining  asosiy  tarmog‘i  bo‘lib  dala 
ekinlari  va  urug‘larning  biologik  va  ekologik  xususiyatlarini  o‘rganish,  ma’lum 
tuproq  va  iqlim  sharoitga  mos  bo‘lgan  ilg‘or  texnologiyalarni  ishlab  chiqarishga 
joriy etish natijasida mo‘l va sifatli xosil olishni ilmiy va amaliy asoslab beradigan 
fandir.  
Dala  o‘simliklarini  ekib  mo‘l  va  sifatli  hosil  yetishtirishda  ilg‘or 
texnologiyalar ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda. Ekiladigan o‘simliklarning 
tur va nav xili ko‘paytirilmoqda, har yili yangi-yangi navlar tumanlashtirilmoqda, 
urug‘shunoslik va urug‘chilik ishlari tashkil etilmoqda.  


O‘simlikshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi  
  
 
  
O‘simlikshunoslik  ilmiy  fan  sifatida  qishloq  xo‘jaligidagi  mavjud 
muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. O‘simlikshunoslikning rivojlanishi, 
umuman  jamiyatning  taraqqiyotiga  bog‘liq  bo‘lib,  fanning  rivojlanishiga  ko‘p 
olimlar  o‘z  hissasini  qo‘shishgan.  Ularning  orasida  fotosintez  jarayonini  yoritib 
bergan  K.A.Timiryazev  (1843-!920),.  o‘simlklarning  kelib  chiqish  markazlarini 
aniqlagan  N.I.Vavilov  (1887-1943),  dala  ekinlarini  yangi  navlarini  yaratgan. 
P.P.Lukyanenko,  V.S.Pustovoyt,  Ye.N.Remeslo,  N.V.Sitsin,  M.N.Xodjinov  va 
boshqalarni sanab o‘tish mumkin 
O‘simlikshunoslik  fanini  rivojlantirishida  o‘zbek  olimlaridan  akademik 
A.I.Imomaliyev, M.V.Muhammadjonov, seleksioner S.M.Mirahmedov, M.A  
Karimov, 
3.3okirov, 
N.N.Nazirovlar 
ham 
o‘z 
hissalarini 
qo‘shishgan.O‘simlikshunoslikda  ilmiy  ish  olib  borish  fizika,  kimyo,  botanika, 
tuproqshunoslik meteorologiya Fanlari bilan bog‘langan va bundan tashqari maxsus 
qishloq xo‘jalik fanlariga asoslanish lozimligini taqozo etadi.  
 O‘simlikshunoslik  fan  sifatida  o‘z  uslubiga  ega.  Ilmiy  ishlar  dala  vegetatsion  va 
laboratoriya  usulida  olib  boriladi.  Dala  uslubida  ilmiy  ishlar  ilmgohlarda, 
oliygohlarda, tajriba rasadxonalarida, maxsus ajratilgan paykallarda olib boriladi.  
Bu  usulda  hamma  agrotexnik  tadbirlar  va  o‘simliklarning  biologik  xususiyatlari 
tekshiriladi.  
Vegetatsion   usulda 
 
o‘simliklar idishlarda (maxsus idishlar, 
chelaklar va boshka   idishlarda) 
 
o‘stiriladi.   Bu tajribalarda 
 
o‘simlikning  
morfologik belgilari 
 
va  
biologik  
xususiyatlari 
kuzatiladi  
va  
biometrik, 
 
fiziologik tekshiruvlar   o‘tkaziladi. 
  
O'simlikshunoslik
 
Chorvachilik
 
Iqtisod
 
А
 
окимё
 
гр
 
Buxgalteriy
 
a
 
Dexq
 
onchi
 
ik
 
l
 
Melioratsi
 
ya
 
Sele
 
ksiya 
 
va 
 
urug'
 
chilik
 
O'simliklar
 
 
 
kimyosi
 


 Laboratoriya usulida ilmiy ish maxsus laboratoriyada olib boriladi. O‘zbekistonda 
o‘simlikshunoslik bo‘yicha ilmiy ishlar barcha qishloq xo‘jalik ilmiy tadqiqot 
institutlarida, viloyat tajriba rasadxonalarida va oliy o‘quv yurtlarida olib boriladi. 
O‘zbekiston dalalarida mahalliy olimlar yaratgan navlar ko‘plab ekilmokda. Bu -
g‘o‘za, makkajo‘xori, sholi, beda, jo‘xori, bug‘doy, arpa, kartoshka va boshqa 
ekinlardir.  
Qishloq  va  suv  xo‘jaligi  vazirligi  qoshida  Qishloq  xo‘jalik  ilmiy  ishlab 
chiqarish  markazi  faoliyat  yuritadi.Ushbu  markaz  qoshida  21  ta  ilmiy  tekshirish 
institutlari  faoliyat  yuritmoqda  Boshoqli  va  dukkakli  don  ekinlari  ilmiy  tadqiqot 
instituti va uning 13 ta hududda filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.   
Ishlab  chiqarishda  ekilayotgan  o‘simliklarning  turi  har  doim  ortib  boradi, 
yovvoyi turlari madaniylashtiriladi.  
Jahon  bo‘yicha  ekiladigan  ekinlarning  asosoiy  qismini  (70%)-don  ekinlari 
tashkil qiladi (bug‘doy, sholi, makkajo‘xori, arpa, suli, javdar). Texnik ekinlaridan 
g‘o‘za,  soya,  kartoshka  ko‘p  ekiladi.  Yer  yuzida  ekin  maydonlar  quyidagicha 
taqsimlangan: Osiyoda-37%, Yevropada-26%, Amerikada-26%.  
  
 
  

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish