Yorug‘likka talabi. Kanop yorug‘sevar o‘simlik. Tup qalinligi juda yuqori
bo‘lsa, yorug‘lik yetishmaydi, o‘simlik past bo‘yli, kuchsiz bo‘lib se- kin o‘sadi. U
qisqa kunli o‘simliklar guruhiga mansub – yorug‘lik kuni 12 soatga qisqartirilsa,
kanop tez rivojlanadi, ammo poyasi past bo‘lib qoladi.
Namlikka talabi. Kanop tuproq namligiga talabchan. Uning me’yo- rida
o‘sib rivojlanishi, yuqori hosil to‘plashi uchun eng maqbul tuproq namligi eng kam
dala nam sig‘imining 75-80 %. Shuning uchun kanop O‘zbekistonda faqat
sug‘oriladigan yerlarda ekiladi. Namga eng talabchan davri uch bo‘lakli barglarning
hosil bo‘lishigacha, poyaning jadal o‘sishiga to‘g‘ri keladi.