O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
KIMYO-TEXNOLOGIYA
fakulteti
KIMYOVIY TEXNOLOGIYA kafedrasi
Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi
fanidan
Mavzu: «Quvvati 66486 kg/soat bo`lgan sement ishlab chiqarish sexining sement pishirish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring. Asosiy qurilma aylanma pech._»
Bajardi: _____________ 74-17 gurux talabasi
Kenjamatova Marifatxon
Rahbar: _____________ Muxammedov Saidmurod
FARG‘ONA – 2021y.
MUNDARIJA
1. Kirish….........................................................................................................
2. Xom - ashyo mahsulotlarining tavsifi........................................................
3. Tayyor mahsulot tavsifi...............................................................................
4. Jarayonning fizik - kimyoviy asoslari......................................................
5. Texnologik sxema bayoni........................................................................
6. Texnologik hisob
6.1 Moddiy va issiqlik xisobi.........................................................................
7. Asosiy jixozning bayoni ...........................................................................
8. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.............................................
9. Mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish...........................................
10. Xulosa............................................................................................................
11. Adabiyotlar.....................................................................................................
Kirish.
Keyingi yillarda mustaqil mamlakatimizning iqtisodiy va sotsial rivojlantirish rejalarida kimyo, qurilish materiallari va metallurgiya sanoati ishlab chiqarilayotgan mahsulotlrini oshirish, sifatini jaxon andozalari darajasiga etkazish, ularning eksport saloxiyatini kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning xozirgi kunda mustaqil Respublikamizni iqtisodiy va sotsial rivojlanishida, kimyo va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini ham o‘rni va salohiyati bor deb bejiz takidlab o‘tganlari yo‘q. Sababi rivodojlanayotgan mamlakatimizni kimyo va qurilish materiallarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xozirgi kunda respublikamizdagi ishlab chiqarish korxonalaridagi texnika va texnologiyalarni rivojlangan chet mamlakatlaridagi yuqori unumdorlikda ishlovchi va sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi texnika va texnologiyalarga almashtirish borasida Prizidentimiz SH.Mirziyoev juda katta ishlar olib borilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallarini tabiatga va inson organizimi uchun ta’siri ekalogik nuqtai - nazardan tekshiriladi. YUqori temperatura va o‘ta sovuqqa chidamliligi, har xil bosimlarga chidamliligi va turli xil sharoitdalarda o‘z xususiyatlarini yo‘qotmasligi va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalarni qo‘shishda kimyoviy va fizikaviy jarayonlardan keng foydalanadi.
Yurtboshimiz aytib o‘tganlaridek mamlakatni rivojlantirish uchun birinchi o‘rinda shu davlatni sanoatini rivojlantirish kerak degan edilar.
Xaqiqatdan ham ishlab chiqarish korxonasini davr talabi asosida qurib ishlatilmasa, bunday korxonadan ishlab chiqarilgan maxsulot sifatsiz bo‘ladi va bozor – iqtisodi davrida o‘z o‘zidan inqirozga uchrashi mumkin.
Qurilish materiallari sifatida sanoat va aholi o‘rtasida sement, shifer, oxak: gips, o‘tga chidamli g‘ishtlar va sementdan tayyorlanadigan har xil qurilish materiallari keng miqiyosida foydalaniladi. Mamlakatimiz qurilish materiallari sanoati zamonaviy asbob-uskuna, ilg‘or texnologiya va ishlab chiqarishning potok-konveyer usullari, avtomatlashtirishning zamonaviy vositalaridan foydalanishga asoslangan, yuqori darajada rivojlangan sanoat tarmog‘iga aylanmoqda. Natijada qurilish materiallari sanoatining hozirda bir qancha muhim tarmoqlari, ya’ni sement, yig‘ma temir-beton, asbestsement ishlab chiqarish vujudga keldi.
Sement sanoati korxonalarining texnik darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri yangi, ko‘p quvvatli asbob-uskunalar yaratish va o‘zlashtirishdir. SHuni aytish kerakki, sement ishlab chiqarish hajmi faqat yangi zavodlar qurish hisobiga emas.Balki klinker kuydiriladigan pechlar va maydalash agregatlarining yangi turlarini joriy qilish bilan ham oshiriladi.
Qurilish materiallarini tayyorlashda ko‘proq sement mahsulotidan foydalanadi. Sement qurilish materiallarini qotish jarayonlarini normallashtiradi. Sementni tarkibi bunda klinker o‘ziga bir kecha oksidlarni briktirishi bilan xarakterlanadi. Bularga asosan SaO, SiO2, Al2O3, va Fe2O3 lar kiradi. Asosiy oksidlar bilan birgalikda bir necha birikmalar yani K2O va Na2O, TiO2, P2O5, Mg2O3 ham bo‘lishi mumkin. Kimyo texnikasining amaldagi tadbiqi mexnat unumdorligini oshirishga, tayyor maxsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga qaratilgan. Kimyo mexnikasining rivojlanishida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar:
1. Kimyoviy texnologik sistemalar quvvatini oshirish. 2. Apparatlarning ish intensivligini taminlash.
3. Jarayonlarni mexanizatsiyalash.
4. Kompleks avtomatlashtirish.
5. Davriy jarayonlarni uzliksiz bilan almashtirish.
6. Energiya sarfini kamaytirish.
7. Ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarini kamaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |