5. Texnologik sxema bayoni.
Menga berilgan mavzu bo‘yicha sement ishlab chiqarish jarayoni uchun kerakli xomashyo asosan CaCO3 hisoblanib u(1)xom ashyo bazasi yani CaCO3xom ashyosiga boy karerdan maxsus transport mashinalari yordamida qazib olinadi. Xarsang bo‘laklari 500-800 mm xolatida to‘planadi (2).Qazib olingan tayyor xom-ashyo karerdan (3) maxsus yuklash mashinalari orqali yuk tashuvchi kattabelaz avtomashinalari(4) yordamida o‘lchamlari 500-800 mm hajmdagi harsang toshlar bo‘laklari ishlab chiqarish korxonasiga olib kelinadi.
Xarsangtosh bo‘laklari birinchi lentali transportyor yordamida maxsus maydalash qurilmasi yani (5) jag‘li maydalagichga beriladi. Jag‘li tegirmonda harsang bo‘laklari maydalagich jag‘lari orasiga tushib 500-800 mm dan 100-200 mm o‘lchamgacha maydalanadi. So‘ngra lentali transportyor orqali kegingi bosqich maydalanishga yani (6) bolg‘ali maydalagichga beriladi. (6) bolg‘ali maydalagichda xomashyo bo‘laklari 100-200 mm dan maydalagich bolg‘alari yordamida 10-30 mm gacha maydalanadi.
10-30 mm gacha maydalangan CaCO3li xom-ashyo lentali transportyorga beriladi. Lentali transportyor orqali (7)asosiy xom-ashyo omboriga beriladi. Xom-ashyo omboridan (8)maxsus grefer kran orqali 10-30 mm gacha maydalangan xom ashyoni kerakli miqdori(9)chi lentali transportyor yuklash bunkeriga beriladi. Lentali transportyor(9) da xom ashyo xarakatlanib (10) sharli tegirmon yuklash bunkeriga beriladi. (10) sharli tegirmon ichki qismida maxsus po‘lat sharlari mavjud bo‘lib, uni(12) reduktor yordamida aylanma harakatga keltiriladi. Aylanma xarakat qilishi xisobiga, ichki qismidagi sharlar bir biri bilan to‘qnashib 10-30 mm li xom-ashyo oxirgi marta suyuq loy bilan sharlar hisobiga maydalanadi.
Gil tegirmonga suyuq holatda beriladi. SHarli tegirmon (10) dan chiqqan mahsulot markazdan qochma nasos(11) yordamida truboprovod orqali vertikal shlam basseyn (13) ga quyiladi. Vertikal shlam basseyn ichki qismida maxsus aralashtirgichlari bo‘lib shlam aralashtiriladi. So‘ngra shlam vertikal shlambaseyn pastki qismidan gorizontal shlambasseyn (14) ga quyiladi. Gorizontal shlambaseynda ham maxsus aralashtiruvchi qurilmalari bo‘lib, bu erda shlam etiltiriladi. Shlambaseyndan olingan analizlar bo‘yicha laboratoriya tekshiruvidan so‘ng 4-11 namunadagi shlam markazdan qochma nasos (15) orqali aylanuvchi pech (16)ni shlam yutuvchi qurilmasiga beriladi.Asosiy fizik kimyoviy jarayon aylanuvchi pech (16) da sodir bo‘lib, qurilmani harorati 1000-1450 ºC gacha bo‘ladi. Qurilma 6 ta texnologik zonadan iborat. Har bir zonada shlam navbati bilan pishiriladi. Tayyor bo‘lgan klinker sovutish zonasi (17) danchiqib transportyor(18) orqali omborga yuboriladi. Aylanuvchi pech (16) dan chiqayotgan klinker changlari va gaz aralashmasi qurilmadan chiqib, (25) eletorofiltr yordamida chang fazalari ushlab qolinadi chiqindi gaz fraksiyasi esa (25) ventilyator yordamida (26) chi mo‘rili truba orqali atmosferani yuqori qismiga chiqarib yuboradi. Omborda klinker maxsus grefer krani (19) yordamida bunker (20) ga gips bilan birga beriladi. Bunkerda aralashgan gips va klinker (21) sharli tegirmon yordamida qo‘shilmalarni maydalanib tayyor mahsulot hosil qilib beradi. Sharli tegirmondan chiqayotgan klinker changlari (22) elektrofiltr yordamida ushlab qolinadi. Tayyor mahsulot 10-30 mikrometr bo‘lgan sement mahsuloti silos omborlariga(23) nasos orqali beriladi va u erdan (24)avtomobil va vagonlarga yuklanib iste’molchilarga etkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |