Kimyo-texnologiya



Download 138,95 Kb.
bet6/6
Sana01.01.2022
Hajmi138,95 Kb.
#282963
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5354881000344128814

6. Texnologik xisob.

Moddiy hisob.

Quvvati 66486 kg/soat bo‘lgan sement ishlab chiqarish sexining sement pishirish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring.. Asosiy qurilma aylanuvchi pech.

Dastlabki malumotlar:

1. Unumdorligi 66486 kg/soat

2. Shixta tarkibi:

Qurilish tuprog‘i - 20%

Ohaktosh - 80%

Qurilish tuprog‘i tarkibi quyidagiga teng:

SiO2 - 72.0 %

Al2O3 - 16.0 %

Fe2O3 - 7.0 %

K2O - 1.7 %

Na2I - 3.3 %

Oxaktosh tarkibi

CaCO3 - 95.0 %

Aralashmalar - 5.0 %

Klinkerni xosil bo‘lishi 1400-14500 S haroratgacha tugallanadi va CaCO3 parchalanish bilan tugaydi

CaO, SiO2, Al2O3 va Fe2O3 lardan quyidagi moddalar hosil bo‘ladi:

1) 3CaO ∙ SiO2

2) 2CaO ∙ SiO2

3) 3CaO ∙ Al2O3

4) 4CaO ∙ Al2O3 ∙ Fe2O3

Molekulyar massalari

CaCO3 – 100; CaO – 56; CO2 – 44

Shixta tarkibidagi kirgan kamponentlarni % miqdorini topamiz.

CaCO3 – 80 ∙ 0.95 = 76

SiO2 – 20 ∙ 0.72 = 14.4

Al2O3 – 20 ∙ 0.16 = 3.2

Fe2O3 – 20 ∙ 0.07 = 1.4

K2O – 20 ∙ 0.017 = 0.34

Na2O – 20 ∙ 0.033 = 0.66

Aralashmalar – 80 ∙ 0.05 = 4 / 100%.



Parchalanish uchun gaz berilishi bilan olingan klinker tarkibi o‘zgarib ketadi.

100 kg shixtadan quyidagi tarkibli klinker xosil bo‘ladi.

SiO2 – 14,4

Al2O3 – 3.2

Fe2O3 – 1.4

K2O – 0.34

Na2O – 0.66

Aralashmalar – 4

Hammasi bo‘lib 67 kg klinker va 33 kg CO2 x.b

Klinker tarkibi quyidagicha bo‘ladi (%)











Aralashmalar:




100 kg klinker olish uchun xom ashyolar sarfi

1) Kalsiy karbonat

2) Ohaktosh

3) Aralashmalar miqdori

120,6-114,6=6.0 kg

120.6 kg ∙CaCo3(80%)+20%neghjs

4) Tuproq sarfi kg.

30,15 kg = tuproq

7.1 jadval

a) SiO2 -21.5

21.71

72

b) Al2O3 -47.1

4.82

16

c) Fe2O3 -20.8

2.11

7.0

d) K2O -5.1

0.51

1.7

e) Na2O -10

1.0

3.3

298 kg

30.15 kg

100%

Hisoblash ishlarini 88426,4 kg/soat xom-ashyosi uchun sement klinkeri olish hisobini qilamiz. Sababi yuqorida ko`rilgandek 100 kg xom-ashyodan 67 kg klinker hosil bo`ldi, 33 kg qismi esa CO2 va boshqa gazlar hosil bo`lgan. 66486 kg klinker olish uchun 33%=21940.4 kg.

66486+21940.4=88426.4

1) Kalsiy karbonat

2) Oxak tosh



3) Aralashmalar miqdori



4) CaO miqdori



5) SiO2 miqdori



6) Al2O3 miqdori



7) Fe2O3 miqdori



8) K2O miqdori



9) Na2O miqdori



10) Aralashmalar miqdori



11) Ca2 miqdori

106670 - (56796,7+5333,6)=44539,7 kg

7.1 jadval



Kelish

Sarfi

Nomi

Kg/soat

%

Nomi

Kg/soat

%

Ohaktosh:

CaCO3

Aralashma giltuproq:

SiO2

Al2O3

Fe2O3

K2O

Na2O


88426,4


5333,6
19011,6

4164,8


1839,3

450,9


884,2

76.2

4

14.4



3.0

1.4


0.34

0.66


Klinker:

CaO


SiO2

Al2O3

FeO3

K2O

Na2O

Aralashma:

CO2

56796,7


19011,6

4164,8


1839,3

450,9


884,2

5035,6


31927,7


42.7

14.4


3.0

1.4


0.34

0.66


4
33.5




120110,8

100




120110,8

100

Agregatga kelayotgan klinkerni miqdori (kg/soat)..........88426,4

2) Mahsulot bilan kelayotgan suv miqdori (kg/soat)......6578,8

3) Tayyor mahsulot tarkibidagi bug‘latilgan suv miqdori (kg/soat)......39023,4

p4) Kelayotgan mahsulot harorati..........25ºC

5) Aylanuvchi pechda boradigan jarayon atmosfera bosimi ostida amalga oshiriladi.

Issiqlik xisobi.

1) Shlam bilan kelayotgan issiqlik miqdori.

Q = 88426,4· 0.815 · 25 + 6578,8 · 314 = 3867431 kj/soat

Bu erda: 0.815 – kelayotgan klinker issiqlik sig‘imi

2) Tabiiy gaz va havo bilan kelayotgan issiqlik miqdori:

Q2 = x kj/soat

Agregatda kelayotgan umumiy issiqlik miqdori

Σ Qkel = 3867431 + x kj/soat



Sarflanayotgan issiqlik xisobi

1) Klinker bilan

Q 1 = (88426,4· 0.400 + 1387.9 · 3,41) · 1050 =97423626,3

Bu erda: 1050 – tabiiy gaz yonishida hosil bo‘lgan issiqlik harorati ºC

1387,9-klinker tarkibidagi namlik.

2) Yo‘qotilgan klinker bilan sarflangan issiqlik miqdori



kj/soat

Bu erda: 1150 – chang holidagi klinker issikqlik sig‘imi kj/soat.

3) Havo va bug‘ aralashmasi bilan chiqayotgan issiqlik miqdori:

Q3 = MH2O· iH2O· t · Csuv kj/soat

i H2O – 160 ºC dagi issiqlik entalpiyasi atmosfera bosimi ostida 0.81 kj/kg · grad

C H2O – bug‘ning issiqlik sig‘imi 0.81 kj/kg · grad

Q3 = 16918,9 · 181 · 160 · 0.81 = 396876788,6 kj/soat

4) Atrof muhitga yo‘qotilgan issiqlik miqdori:

Q4=50000

ΣQsarf = Q + Q2 + Q3 + Q4 = 97423626.3 + 16918.9 + 396876788.6 + 50000 =

= 494367333.8 kj/soat

Tabiiy gaz yonish yonish jarayonida hosil bo‘lgan issiqlik miqdorini quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:

16918.9+ x kj/soat = 494367333.8 kj/soat

X = 494367333.8 – 16918.9 = 494350414.9 kj/soat



Aylanuvchi pech issiqlik balansi jadvali

Kelishi

Sarfi

nomi

kj/soat

%

Nomi

kj/soat

%

Shixta bilan kelayotgan issiqlik

16918.9

2.5

Klinker bilan chiqayotgan issiqlik

97423626.3

27.3

Tabiiy gaz yonishi natijasidagi issiqlik

494350414.9

97.4

Yo‘qotilish orqali chiqayotgan issiqlik

16918.9

0.109

Havo bilan chiqayotgan issiqlik

396876788.6

72.9

Jami

494367333.8

100

Atrof muhitga yo‘qotilgan issiqlik

50000

0.025

Jami

494367333.8

100


7. Asosiy qurilmaning bayoni.

Mening loyiham bo‘yicha asosiy qurilma aylanuvchi pech xisoblanadi va u quyidagicha jarayonda ishlaydi.

Sement ishlab chiqarish jarayonida portlandsement klinkerini tayyorlashda ya’ni tayyor shlamni pishirish uchun aylanuvchi pechdan foydalaniladi. Bunday qurilma atmosfera bosimi bilan uzluksiz ravishda ishlaydi va turli sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Aylanuvchi pech silindrsimon barabandan iborat bo‘lib, gorizontga nisbatan kichik og‘ish burchagi 3,6 º qismida joylashgan bo‘ladi.

Qurilma bondajlar va roliklar yordamida ushlab turiladi, harakati elektromotor va reduktor yordamida aylantiriladi.

Hozirgi kunda aylanuvchi pechlarni quyidagi turlari ya’ni 3x100, 4x150, 4,5x170, 5x60 va 7x90 m o‘lchamdagi pechlardan foydalaniladi. Ularni bir sutka ichidagi ish unumdorligi klinker bo‘yicha 400, 850, 1200 va 1800 tonna hisoblanadi.

Aylanuvchi pech 3 xil tezlikda ya’ni daqiqasiga 0.5, 0.75, 1 marta aylanishi mumkin.

Pech qiya o‘rnatilganligi uchun u aylanganda material baraban ichida pastga surilib tushadi. Qarama – qarshi tomondan pechga ko‘mir changi, chang havo yoki gaz havo aralashmasi bosim ostida purkaladi. Ko‘mir yoki gaz qizib turgan bo‘shliqqa kirib pech boshida taxminan 10 m masofada yonib ketadi. Kuydirilgan material qizigan tutun gazlarga nisbatan qarama – qarshi tomonga harakat qiladi.

Aylanuvchi pechlar po‘lat materialdan tayyorlangan bo‘lib, metalni yuqori temperaturadan saqlash va kam issiqlik isrof bo‘lishi uchun pechning ichiga o‘tga chidamli materillar bilan qoplangan ya’ni futerovka qilingan. Ushbu kurs ishini bajarish jarayonida juda ko`p bilimlarga ega bo`ldim va nazarish bilimlarim asosida kichik izlanishlar olib bordim. O`ylaymanki bu izlanishlarim samarasi besamar bo`lmaydi. Bugungi kunda axoli soni ortib borayotgan bir vaqtda uning extiyojlari xam ortib bormoqda bu extiyojlarni qondirish, axolini turmush tarzini, yashash sharoitini yaxshilash bugungi kunning dolzarb masalaridan xisoblanadi. Bu esa arzon va sifatli qurilish mollari , kiyim – kechak , oziq – ovqat va uy-joyga bo`lgan talabning oshishidan darak beradi. Kimyo sanoatini yanada rivojlantirish , uskunalarni moderinizatsiya kilish esa ishlab chiqarish jarayonini kam xarj va kam chiqim , sifatli maxsulot olishni taminlab beradi.



8. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.

Ishlab chiqarishni rivojlanishi, nafaqat kimyoviy maxsulotlarni turlarini ko‘paytirish balki sanoat texnik taraqqiyotini, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, qo‘l mexnatini kamaytirish, jarayonlarni barcha tomondan optimal boshqarish, iqtisodiy samaradorlikni o‘stirish kabi ko‘p qirralik rivojanishini nazarda tutadi.

Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni yangi, zamonaviy texnik vositalar bilan jixozlashni, yuqori darajada avtomatlashtirilgan, yangi boshqaruv tizimlaridan foydalaniladigan uslublarni qo‘llashni talab qiladi.

Texnologiyani rivojlanishi xalqimizning birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan sanoatni, axolini turmush farovonligini, mustaqil davlatimizning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga va xayotimizni kundan-kunga o‘sishiga olib keladi. Yuqoridagi masalalarni to‘g‘ri hal qiladigan yo‘l bu texnologik jarayonlarni optimal boshqarish tizimidir.



Jarayonni boshqarishda boshqarish tizimi, ob’ektlarni taxlili, matematik modellashtirish, informatsion o‘zgartiruvchi va nazorat qiluvchi asboblar, rostlagichlar va rostlash qonuniyatlari, ijrochi qurilmalar, boshqarish tizimlarini taxlili va sintez qilish yo‘llari, asosiy kimyoviy jarayonlarni boshqarish, ularni taxlili, xamda kompyuterlar yordamida ko‘p bosqichli boshqarish tizimlar taxlili va sintezi o‘rganib chiqilgan va yo‘lga qo‘yilgan.

Zamonaviy texnikada ko‘p sonli xilmaxil avtomatik qurilmalar va tizimlar ishlatiladi. Ular bir-biridan fizik tabiati, ishlash prinsipi, sxemasi va konstruktiv echimlari va boshqalar bilan ajralib turadi.

Bu qurilma va tizimlar, faqatgina bir nechta asosiy avtomatlashtirish masalalarini xal qilish uchun mo‘ljallangan. Ularga quyidagilar kiradi: signal berish; nazorat; blokirovka va himoya; ishga tushirish va to‘xtatish; boshqarish kabilardir.

Avtomatik signal berish tizimlari xizmat ko‘rsatuvchi shaxsga u yoki bu texnik qurilmaning holati yoki jarayonni borishi haqidagi xabarni etkazish uchun xizmat qiladi.

Avtomatik blokirovka va himoya tizimlari texnik agregatlar va qurilmalarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish uchun xizmat qiladi.

Agar himoya qilinuvchi agregatni tavsiflovchi biror bir kattalik, o‘zining kritik qiymatiga erishganda hamda avtomatik blokirovka va himoya tizimi insonning ishtirokisiz himoya qilinuvchi agregatga qisman yoki to‘liq ta’sir qilib, uning ishini to‘xtatib qo‘yadi.

Avtomatik ishga tushirish va to‘xtatish tizimlari oldindan kiritilgan dastur bo‘yicha turli xil yuritgich va uzatmalarni ishga tushirish va to‘xtatishni ta’minlaydi.

Avtomatik boshqarish tizimlari insonning bevosita ishtirokisiz u yoki bu texnik agregatlarning ishini boshqarish yoki biror bir jarayonlarning kechishini boshqarish uchun mo‘ljallangan.

Boshqarish deganda, qo‘yilgan maqsadga etishishni ta’minlovchi biror bir jarayonni tashkil qilish tushuniladi.

Belgilanishiga qarab barcha avtomatik boshqarish tizimlari avtomatik rostlash tizimlariga va kibernetik tizimlarga bo‘linishi mumkin.

Avtomatik rostlash deganda, insonning bevosita ishtirokisiz biror bir kattalikning talab etilgan qonun bo‘yicha o‘zgarishi tushuniladi. Rostlanuvchi fizik kattalik rostlanuvchi kattalik va avtomatik rostlash amalga oshiriluvchi texnik agregat esa rostlanuvchan ob’ekt deb ataladi.

Kibernetik tizimlar, avtomatik rostlash masalalaridan ancha murakkabroq bo‘lgan masalalarni echish uchun mo‘ljallangan. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi: ekstremal rostlash, o‘zini-o‘zi sozlash, o‘zgaruvchan tashqi sharoitda texnik qurilmalarning ishini optimal ta’minlash, boshqarish tizimlarining eng yaxshi ish rejimlarini tanlash va boshqalar.

Avtomatlashtirish aslida odam ishtirokisiz boshqariladigan texnikaviy vositalarni joriy etish demakdir. Bunda barcha boshqarish funksiyalarini avtomatik qurilmalar bajaradi.

Sement ishlab chiqarishda yaxshi ish sharoiti yaratish uchun, xom – ashyoni qayta ishlab tayyor mahsulot olish uchun, har bir qurilma distansion nazorat ostida avtomatlashtirilgan va sozlangan bo‘lishi lozim. Avtomatlashtirilgan nazorat bilan birgalikda distansion boshqaruvli mexanizmlar va elektroblokirovkali elektrodvigatellar bilan jihozlangan. Bu esa jihozni boshqarishda qulay shart – sharoit yaratadi. 5,6 droblin yuklash jarayoni QE 1 advigatel bilan nazorat qilinadi. Elektrodvigatelni tezligi va ta’minlovchi uskunasi OIC 1 b; 3 b sozlagich bilan jihozlangan, bolg‘ali maydalagich qabul qiluvchi bunkerdagi xom – ashyo HIA bilan nazorat qilinadi va ONTE 1 b sozlagichga signal uzatadi. SHuning uchun ozirgisi QHK 1 b bilan belgilangan olti maydalagichni nosozligini oldini olish uchun qabul qilgichga magnitli morotbir o‘ratilgan. Xom – ashyoni maydalash uskunalari uzluksiz ta’minlash maqsadida kompyuterlarga me’yorida uzatish uchun bu jihozni butunlay avtomatlashtirilgan.

Nazorat metodi orasida tegirmonlarga xom – ashyo yuklash darajasini shovqin yordamida yuklash joriy qilingan. Bu uslub boshqa uslublardan ajralib turadi ya’ni tegirmonlar xom – ashyo bilan to‘lgan sari shovqin kamayadi. SHovqin ko‘payishi esa tegirmonlarda xom – ashyo etarli emasligini bildiradi. Tegirmonlardan chiqayotgan shovqin miofarektorlar orqali orqali qabul qilinib, bajaruvchi mexanizm sozlagichlari orqali impuls ko‘rinishida I. F. T xom – ashyo bilan ta’minlash, to‘ldirish jarayoni elektroakkustik qurilmalar 4E 4a5a bilan nazorat qilinadi.



4e4a5a kelayotgan signallar ALIRCIB: 5b sozlagichga qabul qilinadi. Bu sozlagichga o‘z navbatida QE4c4b datchiklarda ma’lumotlar tushadi. 4e4a:5a va QE5a5b kelayotgan signallar har xil losimetrlarga qayd qilinadi.

Suvning sarfini QLIRCbb sozlagich yordamida sozlanadi. Bu ma’lumotni o‘z navbatida QE 6b va 4e5a sozlagichlari uzatadi. Sarf uzatgichlariga uzatilgan bajaruvchi mexanizmlar yordamida sozlagichlarni tarkibi o‘zgaradi. SHlam sifati uchli sozlagich orqali CAR ning sezgirligini oshirib signallar yordamida vomozimetrga berilib nazorat qilinadi. Shlamning namlik darajasini aniqlash va tarkibini me’yorlash jarayonlari shlambasseynlarda olib boriladi.

Shlambasseynlarga shlam xom – ashyo sexi tegirmonlaridan keladi. Vertikal shlambasseynlarda shlam satxi LIRS9 uskunasi bilan nazorat qilinadi.

Gorizontal shlambasseynlardagi shlam tayyorlash AUE8a ning ma’lumoti asosida tayyorlanadi. Analizator sifatida kvantometrlardan foydalaniladi. Bundan tashqari laboratoriya hodimlari tomonidan namuna olish yo‘li bilan nazorat qilinadi. Bu esa o‘z o‘rnida kuydirish oldidan shlam, sifatini ta’minlaydi. Aylanma pechlarda klinker ishlab chiqarish pech zonalarida texnologik rejimni ushlab turishda bir qancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Kuydirish jarayonini avtomatlashtirish xususiyatini va temperaturasini me’yorlashtiradi. CAP ga pechlarni qabul qilish sozlagichlari QIC 12b kiradi. Kuydirish jarayoni temperaturasini tekshirish zonasida TE 11b nazorat qiladi. Ulardan kelayotgan ma’lumot uzatish sozlagichi FIA – 1C II d sozlagichga kelib tushadi. REI 10a dan signal qabul qiluvchi PIC 10b sozlagichi yoqilg‘ini sarfini (gazni bosimini) bir xilda ushlab turish uchun xizmat qiladi. Klinker tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish aniq boshqarishga xizmat qiladi.



9. Mehnatni va atrof muxitni muxofaza qilish.

Kelayotgan xom ashyoni qayta ishlab tayyor mahsulotga aylantirib olish davrlarida har xil turdagi (gaz, suyuq, qattiq) chiqindilar atrof – muhitga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Bu esa o‘z – o‘zidan ishchi xodimlarning ham sog‘liqlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun, ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xavfsizlik xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

Bu xizmatni to‘g‘ri tashkil qilish mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va mehnat muhofazasiga aloqador bo‘lgan normativ hujjatlar va konstruksiyalarga asoalanadi.

Atrof – muhitni ifloslanishi, tabiiy jarayonlarni o‘zgarishi jamiyatni ijtimoiy halokat yoqasiga olib borishi mumkin. Ekologik xavfsizlik va atrof – muhitni muhofaza qilish muammosini hal etish jahon jamoatchilik birligini ilmiy asoslangan loyihalari va oqilona ekologik siyosatni talab etadi.

Korxonada xozirgi zamon ekologiya talablariga mos ravishda qadam tashlash sezilarlidir. Yuqorida keltirilgan ma’lumotdan ko‘rinib turibdiki, atmosfera va gidrosferaga tashlanayotgan chiqindilar ichida uglevodorodlar salmog‘i ancha ko‘pdir.

Qurilmadan mustaqil ishlash yoki 18 dan kam bo‘lmagan, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari instruksiyasi bilan bevosita tanishgan va tanishganligi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi.

Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 y., 223-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000 y., 7-son, 39-modda) va 2010 yil 20 iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq sement ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.

Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari

1. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, hodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.

2. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhitida hamda jarayonning xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestasiya qilish orqali belgilanishi lozim.

3. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.

O‘ta xavfli kasblar ro‘yhati

1. Tashkilotlar o‘ta havfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.

2. Barcha hodimlar o‘ta xavfli bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘rganib olishi shart.

3. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

4. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardirlar.

Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash

1. Hodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlashi lozim.

2. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:

ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);

ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);

shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urushidan hamda uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;

3. Jamoaviy himoya qilish vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha hodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.

4. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz hodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.

5. Shaxsiy himoya vositalridan foydalanadigan hodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.

6. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:

Yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;

- himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;

- himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;

- shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zararli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazasiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).

Turli agressiv moddalar bilan ishlayotganda teri kasalliklarini oldini olish uchun profilaktika pasta va mazlardan foydalanish lozim. Hodimlar Qurilish materiallari sanoati hodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2006, 2009 yil 15 sentyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 38-son, 420-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.

Sanitariya va gigiena talablari.

1. Tashkilotlarning ishlab chiqarish xonalari GOST 12.1.005-2000 “Ish zonasidagi havo umumiy sanitariya-gigiena talablari” talablariga mos bo‘lishi lozim.

2. Ishlab chiqarish xonalarida ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi kerak.

3. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalari, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigienik toza saqlash va hodimlarning shaxsiy gigienasiga qo‘yiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lishi lozim.

Yoritishga qo‘yiladigan talablar.

1. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.

2. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulanishi ta’qiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.

3. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilda ikki marotaba tozalash lozim.

4. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.

5. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi. (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash ta’qiqlanadi.

6. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentrasiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.

7. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritgichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshoatlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunellar va boshqalar) ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritgichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.

Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar

1. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishni darajasi SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari” va SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003.89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

2. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:

detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;

shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;

agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;

shovqinli uskunalarni (ventilyator, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;

tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, ventilyatorlar va shunga o‘xshashlar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyasiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.

3. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, shaxsiy eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari quloqchin va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.



10. Xulosa

Menga «Kimyoviy texnologiya» kafedrasi tomonidan “ Quvvati 66486 kg/soat bo‘lgan sement ishlab chiqarish sexining sement pishirish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring . Asosiy qurilma aylanuvchi pech “ mavzusi berilgan edi. Men bu mavzuga asoslangan xolda maxsulot ishlab chiqarish jarayonlarini borishi va unga ketadigan xomashyo, tayyor maxsulotlar haqida nazariy bilimlarni internet ma`lumotlaridan va soxaga oid kitoblar yordamida ushbu kurs ishini tayyorladim. To‘plagan ma’lumotlarimga asoslangan holda kurs ishimni texnologik qismini xisobladim.

Sement qurilish soxasining eng asosiy xomashyosi xisoblanadi. Sementga bo`lgan etiyoj kundan-kunga ortib borgan sari, sifatga bo`lgan talab undan xam yuqori. Sifatli va arzon maxsulot olish uchun zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish talab etiladi. Kurs ishini bajarish davomida zamonaviy texnologiyalar tuzilishi va ishlash prinsiplari bilan tanishib, yangi bilim va ko`nikmalarni egalladim.

11. Adabiyotlar


  1. Shavkat Mirziyoyev “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” maruzasi. Toshkent. “O‘zbekiston”, 2019.

  2. I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008.

  3. B. V. Alekseev “Texnologiya proizvodstva sementa” M.: “Vыsshaya shkola” 1980-264s

  4. Yusupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Zokirov S.G. va boshqalar. Kimyo va oziq – ovqat sanoatining asosiy jarayon va qurilmalarini xisoblash va loyihalash. – Toshkent, Jahon, 2000. – 231 b.

  5. Salimov Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. -Toshkent. «O‘zbekiston», 1 – tom, 1994.

  6. Salimov Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. -Toshkent. «O‘zbekiston», 2 – tom, 1995.

  7. Ismatov A.A., Otaqo‘ziev T.A. va boshqalar. Noorganik materiallar kimyoviy texnologiyasi. -Toshkent: «O‘zbekiston», 2002.

  8. Yusupbekov N.R., G‘ulomov SH. M. «Avtomatika va ishlab chiqarish protsesslarini avtomatlashtirish» Toshkent: O‘qituvchi, 1982. 351b.

9. Osnovnыe protsessы i apparatы ximicheskoy texnologii. Pod red. YU.I. Dыtnerskiy. – M.: Ximiya, - 1991.

10. Pavlov K.F., Romankov P.G., Noskov A.A, Primerы i zadachi po kursu protsessы i apparatы ximicheskoy texnologii. -L.: Ximiya, 1987.

11. Evenchik S.D., Borodskiy A.A. Texnologiya fosfornыx i kompleksnыx udobreniy. – M.: Ximiya, 1987.

12. Kutepov A.M. Obщaya ximicheskaya texnologiya. - M.: Ximiya, 1990.

13. Dыbina I.V. Raschyotы po texnologii neorganicheskix veщestv.

- M.: Ximiya, 1967.



14. Semenova T.A. i dr. Ochistka texnologicheskix gazov. -M.: Ximiya,

1977.
Download 138,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish