Kimyo-texnologiya


Xom-ashyo maxsulotlari tavsifi



Download 138,95 Kb.
bet2/6
Sana01.01.2022
Hajmi138,95 Kb.
#282963
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5354881000344128814

2. Xom-ashyo maxsulotlari tavsifi.

Issiqlik ta`sirida qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, ba’zi hollarda esa maxsus qo‘shimchalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo‘lgan gidravlik bog‘lovchi modda portlandsement deb ataladi. Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar 70-80% gacha bo‘ladi. Qisman erish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh bo‘laklar klinker deyiladi.

Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘lgan karbonat jinslar va tarkibida kremniy oksid, alyuminiy oksid hamda temir oksid bo‘lgan gillar, shuningdek, gil va kalsiy karbonatning tabiiy aralashmalari (mergellar) ishlpatiladi.

Keyingi yillarda portlandsement ishlab chiqarishda gilni butunlay ishlatmaslik yoki qisman ishlatish maqsadida, nordon va asosan domna toshqollaridan, nefelin chiqindilaridan foydalanilmoqda. SHuningdek, gips yoki angidritni gil bilan aralashtirib, portlandsement, sulfotsement va S02 gazi olishning kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan. Bu texnologiya sulfat kislota kam ishlab chiqariladigan mamlakatlarda yo‘lga qo‘yilgan.

Nefelin shlami chiqindi sifatida alyuminiy oksid ishlab chiqaruvchi sanoatda hosil bo‘ladi. Uning tarkibida 25-30% SiO2; 2 - 5% AI2O3; 3-5% Fe2O3; 50 - 58% CaO va 3 - 8% boshqa oksidlar, chunonchi, 1,5-3% ishqorlar bor. Tarkibida shuncha CaO bo‘lgan materialga 15-20% ohaktosh qo‘shib, portland­sement ishlab chiqarish uchun xom - ashyo aralashmasini tayyorlash mumkin.

Nefelin shlami ishlatish pechlar unumdorligini 20-30% ga oshiradi va yoqilg‘i sarfini 25% ga kamaytiradi.

40-50% gacha tarkibida kalsiy oksidi bo‘lgan domna toshqollari ham portlandsement ishlab chiqarish uchun qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ular ko‘p miqdorda ishlatilmaydi. Lekin ular asosida yirik portlandsement ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish mumkin.

Gil, ayniqsa lyoss suvda osongina ivib, bo‘shashib ketadigan mayda dispers ikkilamchi tog‘ jinslaridan iborat. Ular bitta konning o‘zida mineralogik va granulometrik (donadorlik) tarkibi jihatidan juda xilma-xil bo‘lishi bilan farq qiladi.

Ko‘pincha gil tarkibida ko‘p miqdorda tog‘ jinslari, ularning siniq parchalari mayda dispers kul hosil qilish yana shuning uchun zarurki, kul qancha mayda bo‘lsa, klinker uni batamom singdirib oladi va kul unda tekis joylashadi. YOqilg‘i 009 raqamli elakda 8-10% qoldiq qolguncha maydalab tuyilishi kerak.

Serkul yoqilg‘i juda mayda tuyilishi zarur. Zavodga kelgan yoqilg‘i ko‘pincha ancha nam bo‘ladi. SHuning uchun u bir marta quritib olinadi. Yoqilg‘ini quritish tuyayotgan vaqtda yoki tuyishdan oldin bajariladi. Bir yo‘la ham tuyib, ham quritish eng foydali va unumli usuldir.



To‘g‘rilovchi qo‘shilmalar. Ikki asosiy tashkil etuvchi ohaktosh va gil nisbatini o‘zgartirish bilan talab qilingan kimyoviy tarkibdagi klinker olish hamma vaqt qulay bo‘lavermaydi. SHu­ning uchun ko‘pincha uchinchi, ba’zan esa to‘rtinchi komponent tarki­bida klinker oksidlaridan birining miqdori ko‘p bo‘lgan to‘g‘rilovchi qo‘shilmalar qo‘shishga to‘g‘ri keladi.

Xomashyo aralashmasiga tarkibida SiO2 qumtuprog‘i ko‘p bo‘lgan moddalar (trepel, opoka, diatomit) qo‘shib ko‘paytiriladi. Xom ashyo aralashmasi tarkibida temir oksid etishmasa, kolchedan kuyindi qo‘shiladi. Sergil giltuproqlar qo‘shish natijasida klinker tarkibidagi giltuproq ham ko‘payadi. Respublikaga kolchedan kuyindisi chet mamlakatlardan keltiriladi.

Karbonat jinslar, gil va to‘g‘rilovchi qo‘shilmalar klinker ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo hisoblanadi. Portlandse­ment tayyorlanayotganda esa, yuqorida aytib o‘tilganidek, klinker gips va aktiv mineral (gidravlik) yoki inert qo‘shilmalar bilan birga maydalab tuyiladi. Gips qo‘shilmasi sifatida ikki molekula suvli gips-CaSO4.2H2O, ya’ni gips-tosh ishlatiladi. Gips-tosh qurilish gipsini tayyorlashda xom ashyo hisoblanadi.

Yoqilg‘i. Hom ashyo materiallarini kuydirish uchun qattiq, suyuq va gaz simon yoqilg‘i ishlatiladi. Suyuq va gazsimon yoqilg‘i eng yaxshi yoqilg‘i hisoblanib, ularni yoqqanda kul hosil bo‘lmaydi.

Qattiq yoqilg‘idan foydalanganda kuli klinker tarkibiga qo‘shilib ketadi va u klinkerning faqatgina kimyoviy tarkibini o‘zgartiribgina qolmay, balki klinker tarkibidagi magniy oksid va SO3 miqdorini ham ko‘paytirib yuboradi.

SHuning uchun xom ashyo aralashmasini hisoblayotganda yoqilg‘idan qancha kul hosil bo‘lishi va kulning kimyoviy tarkibi hisobga olinishi kerak.

Gazsimon va suyuq yoqilg‘i ishlatilsa ishlab chiqarish ancha soddalashadi, kuydirish rejimi, klinkerning sifat ko‘rsatkichlari qat’iy barqarorlashadi. Qattiq yoqilg‘i ishlatganda esa bunga erishish qiyin.

Aylanma pechlar bilan jixozlangan sement zavodlarida suyuq yoqilg‘i sifatida 30…350S past temperaturada qotib qoladigan serparafin mazut ishlatiladi. Mazut pechga 2,5 MPa gacha bosim ostida forsunkalar bilan purkab uzatiladi. Mazut suyuqligi unchalik qovushoq bo‘lmagani taqdirdagina u forsunkaga yaxshi purkaladi. Mazutning qovushoqligini kamaytirish uchun u 60…800S temperaturagacha qizdiriladi.

Sement sanoatida gazsimon yoqilg‘i sifatida tabiiy gaz ish­latiladi. Gazning issiqlik berish ishi juda yuqori, uni istalgan joyga va pechga uzatish murakkab emas, gazsimon yoqilg‘ini yoqishdan oldin unga biror ishlov berishning keragi yo‘q.

Shuningdek bu tur yoqilg‘i arzon bo‘lib, shu sifatlariga ko‘ra tabiiy gaz se­ment sanoati uchun eng qulay yoqilg‘i hisoblanadi.


Download 138,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish