35-ma’ruza
LENTALI KONVEYERLAR TURLARI VA ASOSIY PARAMETRLARI
LENTALI KONVEYERLARNIG TUZILSHI VA ASOSIY QISMLARI
Ma’ruza rejasi:
1.
Lentali konveyerlar va ularning tavsifi.
2.
Lentali konveyerlar konstruktiv tuzilishi, turlari,
ishlatilishi
3.
Lentali konveyerlarning asosiy qismlarining tuzilishi
Tayanch so‘z va iboralar:
Lentali konveyer, qarshilik, konveyer, tortuvchi zanjir,yoki
yurituvchi baraban,
zahira koeffitsienti, reduktor, kurakli konveyer, konveyer novi.
Lentali konveyerlar guruhiga harakatdagi yuk ko‘taruvchi yuzadan iborat bo‘lgan
konveyerlar kiradi. Tashilayotgan material bu yuzaga nisbatan harakatda bo‘lmaydi
(qimirlamaydi) va bilan birgalikda harakatlanadi (siljiydi). Lentali konveyerda yuk ko‘tarish va
tortish organlarining funksiyalari birlashgan bo‘lib, uni tasma bajaradi.
Lentali konveyerlar shaxta va rudniklarda konveyer transportining asosiy vositasidir.
Ularni asosiy ishlatilish joylari – o‘rta va yig‘uv shtreklari, uklon va bremsberglar, qiya stvollar,
bosh magistral shtreklar bo‘lganligi sababli shaxtalarni to‘liq konveyerlashtirish muammosi o‘z-
o‘zidan hal bo‘lmoqda. Ochiq kon ishlarida ham Lentali konveyerlar ulushi yil sayin oshib
bormoqda.
Masalan O‘zbekistonda
«O‘zbekko‘mir»
OAJ
ga qarashli
shaxta to‘liq
konveyerlashtirilgan, «Angren» ko‘mir razrezida hamda Navoiy kon - metallurgiya kombinatiga
qarashli «Muruntov» karerida Lentali konveyerlar soni ko‘payib bormoqda.
1-rasm. Lentali konveyerlarning sxemalari
Lentali konveyerlarning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardir (3.29,a - rasm):
-
egiluvchan rezinali tasma 1;
-
tasmani harakatga keltiruvchi 2 va egiltiruvchi 3 barabanlar,
ulardan ohirgisi
ko‘pincha tasmani taranglovchi ham bo‘ladi 4, 5;
-
tasmani butun uzunligi bo‘yicha ushlab turuvchi rolik tayanchlari;
2 –rasm. Konveyer ramasi
-
tayanch konstruksiyalar (rama) - roliklarni o‘rnatish (mahkamlash)
uchun
qo‘llaniladi (2- rasm)
Tasmaga tortish kuchi ishqalanish orqali uzatiladi, yaъni yurituvchi baraban aylanganda
tasma va baraban o‘rtasida hosil bo‘ladigan ishqalanish hisobiga tasma xarakatga keladi.quchash
burchagini ko‘paytirish maqsadida yurituchi baraban oldiga tasmani eguvchi rolik 1,
a
–rasm
o‘rnatilishi mumkin. YUrituvchi babarabanlar boshqa barabanlardan
ajralib turishi uchun,
odatda, sxemalarda ular aylanasi ikkita bir-biriga perpendikulyar bo‘lgan chiziqlar bilan chizib
qo‘yiladi, baъzilarida esa yana qarama-qarshi sektorlari bo‘yab ham qo‘yiladi.
3-rasm. Lenta tuzilishi sxemasi
Lentali konveyerlar gorizontal va qiya o‘rnatilishi mumkin,
ularni qiya holatdan
gorizontal holatga (1,
б
- rasm) va teskariga (1,
г
в
,
-rasm) o‘tkazsa bo‘ladi. qiya o‘rnatilgan
konveyerda yukni yuqoriga va pastga qarab tashish mumkin. Oddiy Lentali konveyerning qiya
urnatilish burchagi 18
0
dan oshmaydi. qiyalik burchagining cheklanishi bundan katta qiyaliklarda
tashilayotgan yuk pastga qarab qulab ketishi bilan bog‘liqdir.
YUkni tasmadan tushirishni
konveyerning ohirida maxsus tushirish qurilmasi yordamida (1,
д
-rasm) amalga oshirish
mumkin.