YUritish stansiyasi
Lentali konveyer yuritmasi bitta yoki bir nechta etaklovchi baraban, reduktor, yuritgich,
ishga tushiruvchi mufta, baъzi hollarda tasmani tozalash qurilmasidan tashkil topadi.
Konveyerdan yukni tushirishda qulaylik tug‘dirish maqsadida er osti konveyerlarida oldinga
chiqarilgan baraban o‘rnatiladi. Odatda ushbu jami majmua yurituvchi stansiya deb ataladi (12-
rasm).
YUrituvchi stansiyada tortish kuchi (harakatlantiruvchi kuch) barabandan uzluksiz tortish
organi bo‘lmish tasmaga ularning bir-biriga tegib turgan yuzasida paydo bo‘ladigan ishqalanish
kuchi orqali uzatiladi.
12-rasm. YUritish stansiyasining asosiy elementlari: 1- yurituvchi baraban; 2-tasma; 3-tasma
tozalash qukrilmasi; 4- yuk tushiruvchi baraban; 5-eguvchi baraban; 6-reduktor; 7-mufta; 8-
yuritgich; 9-yuritma ramasi; 10-tormoz.
Konveyer yuritmasining normal ishlashi uchun ishqalanish orqali kuchni uzatishning
asosiy sharti - baraban aylanganda tasma sirpanib, undan qolib ketmasdan, birgalikda
harakatlanishidir.
Lentali konveyerda, umumiy holatda, agarda yuritma barabaniga kelayotgan
shoxobchaning tarangligi
к
S
, undan qochayotgan shoxobchaning tarangligi
S
q
, baraban (lar) ni
tasma bilan qamrab olish burchagi
(radianda), tasma va baraban orasidagi ishqalanish
koeffitsienti
bo‘lsa, Eyler nazariyasiga ko‘ra barabanda tasma sirpanmaslik sharti quyidagi
ko‘rinishda bo‘ladi:
l
S
S
к
к
bu erda
е
- natural lagorifmlar asosi.
Tasma tarangligi (barabanni siquvchi kuch), ishqalanish koeffitsienti va barabanni tasma
bilan qamrash burchagi qanchalik katta bo‘lsa, tasma barabanni aylanib o‘tishida ishqalanish
tufayli uzatiladigan harakatlantiruvchi kuchning qiymati ham shunchalik katta bo‘ladi. Tasma
tarangligining oshishi, prokladkalar sonini ko‘paytirish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin, bu
esa tasmani qimmatlashishiga olib keladi.
Ishqalanish koeffitsienti shaxta atmosferasi sharoitida nisbatan past. Baraban (lar)
yuzasini ishqalanish koeffitsienti yuqori bo‘lgan material (yog‘och, rezina va h.k) lar bilan
qoplash bu koeffitsientni bir oz oshishiga olib keladi.
Ishqalanish kuchini oshirishning asosiy vositasi - qamrash burchagini ko‘paytirishdir (13
- rasm). SHu tufayli er osti konveyerlarida, odatda, ikki barabanli yuritmalar qo‘llaniladi. Ikkita
baraban bo‘lgan holda ular, odatda, futerovka qilinmaydi, yaъni usti boshqa material bilan
qoplanmaydi, chunki futerovkaning qutilishi mumkin bo‘lgan notekis siyqalanishi (eyilishi)
tasma barabanda ortiqcha sirg‘anishini yuzaga keltiradi.
Bir barabanli yuritmada qamrash burchagi 1 - cxema (13- rasm) bo‘yicha 220 - 230
0
ni
tashkil qiladi, 2 - sxema bo‘yicha esa - 270
0
dan 290
0
gacha. Boshi oldinga chiqarilmagan ikki
barabanli yuritmada 3 - sxema bo‘yicha qamrash burchagi (
2
1
) 350
0
atrofida, boshi
oldinga chiqarilgan 4 - sxema bo‘yicha – 480
0
atrofida.
Tasmani yurituvchi barabanga yopishishini va demak-ki, ular o‘rtasidagi ishqalanish
kuchini oshirish uchun prujina yordamida siqilib turadigan bosma roliklar (5 va 6 -sxemalar)
yoki yuk (yoki vint) yordamida tarang tortilgan qisqagina qo‘shimcha siqib turuvchi tasma (7-
sxema) qo‘llaniladi. Konveyer tasmasining o‘zi siquvchi tasma hizmatini o‘tashi mumkin, unda
siqish kuchi roliklar batareyasi orqali uzatiladi.
13-rasm. YUritish stansiyasining prinsipial sxemalari
Nazorat savollari:
1.
Lentali konveyerlarning ishlatilish ko‘lamini tushuntirib bering.
2.
Lentali konveyerlarning konstruktiv tuzilishiga izoh bering.
3.
Lentali konveyerlarning qanday turlarini bilasiz, ularning ishlatilish joylarini
tushuntiring.
4.
Lentali konveyerlarning asosiy qismlarining tuzilishi va ishlash prinsipini
tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |