165. XVI-XVII asrlarda texnik kimyoning yutuqlari nimalardan iborat?
Shu vaqtga kelib XVI-XVII asrda uyg’onish davri boshlanib yuzaga kelgan sosial-iqtisodiy o’zgarishlar, o’z navbatida kimyoviy ishlab chiqarishni rivojlanishini ya’ni texno - kimyoni yuzaga keltirdi. Bu davrda kimyoviy jarayonlar haqidagi dastlabki tushunchalarni taklif qila boshladilar. Bringuchcho V. 10-tomlik “Pirotexnika” (1540) kitobini yozdi. Bunda: konlar, metallar va minerallarni qayta ishlash, haydashni, harbiy san’atni, Au va Ag larning olinishini, amalgamalash texnologiyasini, birinchi marta metallarni kuydirganda uning massasi ortishini aytib o’tadi, lekin uning sababini tushuntira olmadiAgrikola G. “Metallurgiya va tog’ ishlari haqida” kitobini yozadi. Bunda Saksoniya minerallaridan metallarni ajratib olish: mis, kumush, qo’rg’oshin va vismutlarni ajratib oldi. Tuzlardan esa selitralar, achchiq toshlar, kuporoslar va osh tuzining olinishini ishlab chiqdi. U alkimyoning probirka usulini tanqid qildi. Texnik kimyo rivojlanish natijasida analitik kimyoni keltirib chiqardi. Shu davrning kimyogar texnologlaridan biri Glauber N.R.dir. U benzol, nitrat kislotasi, (Glauber tuzini oldi).
2NaCl+H2SO4 = 2HCl +Na2SO4
Kimyoviy idishlarni yaratdi. Shunday qilib XVI-XVII asr texnikaviy kimyo asri bo’lib, bu davrda metallurgiya, shisha sozlash, keramika, ranglash rivojlandi. Alximiya davrining asosiy belgi va xulosalari quyidagilardan iborat. 1.Hamma alximiklar metallar transmutasiyasi bo’ladi deydi va shu maqsad yo’lida ishlaydi. Ibn-Sino uni mumkin emas deb ta’kidlagan. Parasels va Libaviylar bu asosiy masala emas deb ko’rsatgan. [ XVII asr oxirida Boyl ham transmutasiyaga ishongan, Nyuton ham oltin olish reseptini izladi.]
2. Alximiklarning asosiy ta’limoti qadimiy grek filosoflarining 4 elementiga asoslanadi (tuproq suv, olov, havo). Arab alximiklari qarashlariga asosan hamma modda shu elementlar kombinasiyalaridan hosil bo’ladi deydi va bunday kombinasiyalarga simob, oltingugurt tuz qo’shilsa oltin ham olish mumkin deydi
3. Ba’zi bir afsonaviy fikrlar paydo bo’ldi. Masalan, 7 metall va 7 planeta. Libaviy aniq yozishni va doimo aniqlikni talab qildi.
4. Alximiklar kimyoviy eksperimentni o’tkazish maqsadida turli xil usullar va laboratoriya jihozlari yaratdilar. Alximiklar juda ko’p material to’pladi. [Naturfilosoflar faqatgina dunyoni passiv kuzatib turdilar.] Eng keyingi alximiklar amaliyot masalalari bilan shug’ullandilar (Ibn-Sino, Agrikola, Parasels, Glauber).
5. Nazariya va amaliyot alohida-alohida rivojlanganligini, kimyoning fan sifatida tan olinmaganligini va bu davrda asosan - geometriya hamda astronomiyalar fan sifatida vujudga kelganligini ko’ramiz. Kimyoning asosiy muammosi hal qilinmadi va yuzaga kelgan savollarga nazariy javob topilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |