191 Tarkibning doimiylik qonunining vujudga kelishini tushuntiring
Lomonosov 1741 yilda “Matematik kimyo elementlari” dissertasiyasida birikmalar, murakkab korpuskulalardan tuzilgan bo’lib, atomlar esa o’zaro sifat va miqdoriy jihatdan bog’langan bo’ladi degan xulosaga keladi. Bu ishlarni fransuz kimyogarlari Prust va Bertolle davom ettirdi. 1779 yilda “Misni aniqlash” asarida kimyoviy birikma tarkibning doimiyligi bilan xarakterlanadi deydi. SuO, Su2O, FeS, FeS2 larni tadbiq qilib Cu, Sn, Fe, Sb, Co lar ikkitadan oksid, Zn- esa bitta oksid hosil qilishini aniqladi. Bular qayerda aniqlansa ham tarkibi bir xil bo’lishi o’rganildi va qonun yaratildi. J.L. Prust (1753 – 1826) Bertollening xulosalariga qarshi chiqib toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini isbotladi. Bu kurashlar ikki falsafiy oqim yani Prust falsafasi – uzluklilik prinsipi va Bertolle falsafasi – uzluksizlik prinsipi nomi bilan tarixga kirgan. Bu kurashda Prust g’olib chiqadi va tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflaydi: har qanday quyi molekulyar birikma, o’zining olinish usuli va sharoitidan qat’iy nazar o’zgarmas tarkib bilan ifodalana oladi
192 Lavuazye A., Debereyner I.V. va Shankurtua A.Ye., lar tomonidan yaratilgan elementlar klassifikasiyalari haqida ma’lumotlar bering
1862 yil fransuz tabiatshunosi A.Ye.Shankurtua elementlar klassifikasiyasini atom og’irliklari ortib borishi asosida spiral bo’ylab joylashishiga qarab gruppalarga 46 ajratdi. Silindrda vintlar bo’yicha chiziqlarga joylashtiradi. U tellur bilan tugagani uchun Tellur vint deb ataldi. 1864 yil ingliz ximigi J.Nyulends, elementlarni ekvivalent og’irliklari bo’yicha oshib borishiga qarab joylashtirdi. 7 elementni bir gruppaga joylashtirib 8-element xossalari bir-biriga o’xshash bo’ladi deydi (oktav qoidasi). U birinchi bulib 8- elementda xossalar qaytarilishini aniqladi.Bu dastlabki guruhlardagi 17 ta elementga taalluqli bo’lib qolgani uchun uncha ahamiyatga olinmadi. 1857-1868 yillarda ingliz ximigi U.Odling elementlar atom massalari oshishiga qarab bir qancha jadval yaratdi. Bularda xossalari ham o’xshash bo’ladi deydi, lekin asosan arifmetikaga ahamiyat berdi. 1857 yilda 49 elementni 9 gruppaga ajratadi. 1861 yilda kimyoviy yaqin bo’lgan elementlarni triada, tetraada va pentaadalarga ajratib gruppalar tuzdi. Bu guruhlarga vodorod, bor va qalay kirmay qoldi. 1868 yilda 52 aniq bo’lgan elementdan 45 tasini gruppalarga atom og’irliklari oshib borishini hisobga olib joylashtirgan eng axamiyatli tablisa tuzildi
Do'stlaringiz bilan baham: |