173.Stereoximya,Paster,Le-Ball,Tomson,Langmyur ishlari haqida. 1848 yilda Paster tomonidan optik izomerlar ochildi. 1870 yilda stereoximiya - moddalarning tuzilishi va tekislikda joylashishini ko’rsatuvchi kimyoning bo’limi sifatida vujudga keldi. Stexio - so’zi grekchadan olingan bo’lib boshlang’ich degan ma’noni bildiradi. Stexiometriyani Rixter (Germaniya) 1793 yilda fanga kiritdi.
Vant-Goff va Le-Bal 1874 yilda S 4 valentli bo’lgani uchun burchaklarga joylashadi deydi. 1887 yilda geometrik izomeriya, elektron ochilishi munosabati bilan 1899 yilda Bonderden moyillik va valentlik tushunchalarini, 1904 yilda Tomson ion bog’lanishni, 1923 yilda Lengmyur elektron bog’lanishni taklif qildi.
178.Qaysi kimyoviy elementlar geografik nomlarni olgan.Fransiy,Kaliforniy,Moskovskiy,Samariy,Germaniy,Yevropiy,
180 Elektron zaryadi va massasi qachon va kim tomonidan topilgan.
Kuzatiladigan nurlanishlar manfiy zaryadlangan zarrachalar oqimidan iborat bo’lib, ularga "elektronlar "deb ataldi. Katod nurlari magnit va elektr maydonlari bo’lmaganda to’g’ri chiziqli yo’naladi. Manfiy zaryadlangan zarrachalar magnit va elektr maydonlarida og’ishi kabi katod nurlari ham og’adilar. Shunday qilib katod nurlari elektronlar oqimidan iborat ekanligi isbotlandi. Ingliz fizigi Djozef Tomson elektronlar manfiy zavryadlangan zarrachalar bo’lib, atom strukturasi tarkibiga kirishini aniqladi. 1897 yilda Dj. Tomson elektron elektr zaryadini uning massasiga nisbatini (e/m)ni o’lchashga muvaffaq bo’ldi va bu nisbat 1,76∗10 8 kl/g. teng ekanligini aniqlandi. Faqat 1909 yilda Chikago universitetidan R.Milliken juda ko’p tajriba natijalariga asoslanib elektron zaryadini o’lchashga muvaffaq bo’ldi va bu qiymat 1,6∗10-19 Kl. teng ekanligini topdi.
181 Qaysi kimyoviy elementlar geografik nomlarni olgan
182 Jobir ibn Xayomning tabiatshunoslikda qilgan ishlari.
183 Misr, G’arbiy Yevropada alkimyoning rivojlanishi.
Qadimiy Misrda topilgan bundan 6 ming oldin yasalgan shisha tarkibi xozirgi shishalarga o’xshash ekan. Eramizgacha 5000 yil oldin Misrda ohaktoshni 1100°S da kuydiradi. Eramizgacha 3 ming yil oldin Misrda katta miqdorda misni uglerod yordamida qaytarib olishgan. Shu davrda Messopotomiyada mis, bronza, temir, kumushni ola boshladi, natijada kishilar turmush madaniyati o’zgardi. Oziq-ovqat, kulinariya va parfyumeriya ishlari boshlandi Qadimgi dunyodagi kimyoviy bilimlar 100 ming yillar oldingi davr - olovning vujudga kelishidan boshlanadi
Yevropada VIII asrda «alkimyo» davri boshlanadi; o’sha zamonda ishlab chiqarishning xususiyatlariga ko’ra Yevropa uchun kerakli mahsulotlarni Osiyo mamlakatlaridan sotib olish uchun oltin zarur edi. Shu sababli alkimyogarlar o’z faoliyatlarini «falsafa toshi» ni olishga qaratganlar. Ularning fikricha «falsafa toshi» ajoyib xossalarga ega – temir kabi noasl metallarga tegsa, uni oltinga, hyech bo’lmaganda kumushga aylantirishi, betob odamni sog’aytirishi, baxtsizlarga baxt keltirishi kerak edi. Biroq ularning hyech biri ham «falsafa toshini» yarata olmadi; lekin ko’rinishi oltinga o’xshagan qotishmalar olib odamlarni «oltin» deb ishontirishga uringanliklari tarix sahifalarida yozib qoldirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |