188 Misr, O’rta Osiyoda alkimyoning rivojlanishi
Qadimiy Misrda topilgan bundan 6 ming oldin yasalgan shisha tarkibi xozirgi shishalarga o’xshash ekan. Eramizgacha 5000 yil oldin Misrda ohaktoshni 1100°S da kuydiradi. Eramizgacha 3 ming yil oldin Misrda katta miqdorda misni uglerod yordamida qaytarib olishgan. Shu davrda Messopotomiyada mis, bronza, temir, kumushni ola boshladi, natijada kishilar turmush madaniyati o’zgardi. Oziq-ovqat, kulinariya va parfyumeriya ishlari boshlandi Qadimgi dunyodagi kimyoviy bilimlar 100 ming yillar oldingi davr - olovning vujudga kelishidan boshlanadi.
Miloddan avvalgi 1- minginchi yillar o’rtalarida O’rta Osiyoda zargarlik, to’qimachilik, rudalardan metallar olish rivojlandi. U asrning ikkinchi yarmi va oltinchi asrning boshlarida Turk hoqonligi davrida Farg’ona va So’g’dda oltin, mis, temir, simob qazib olingan. Shu davrda har xil kimyoviy ishlar – neft, gaz, ko’mir qazib olish amalga oshirilgan. Samarqand va Buxorada oq qog’ozlar ishlab chiqarilgan, qovunlarni saqlash uchun va suvlarni yurgizish uchun qo’rg’oshinli mahsulotlardan foydalanilgan. O’rta asr boshlarida qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik, konchilik, oyna yasash, mineralogiya, medisina va kimyo rivojlandi.
189 Kimyoning asosiy muammosini hal qilishning 5-bosqichini tushuntiring
Kimyoning asosiy muammosining evolyusiyasi esa, to’rtinchi konsepsiya hisoblanib, u sifatdan miqdor o’zgarishga (uzluksiz) olib keladi5 - Bosqich. Hozirgi zamon ishlab chiqarish talabiga binoan rivojlanish davri. Bu davrda har xil erituvchi tanlash, biokatalizatorlar yordamida kerakli tarkibdagi moddalarni olish uchun ishlatiladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi ta’limotni yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan
190 Metallarning dastlabki klassifikasiyasini haqida ma’lumot bering
Metallarning klassifikasiyasidan tajribada qo’llanilish boshlandi. Keyingi rivojlanish davri rim katolik cherkovi Yevropada asosiy kuch bo’lib xalq orasida sexlar, savdogarlik uchun xonalar qurishi, katta shaharlarda esa yoshlarning Universitetlarda o’qiy boshlashlari bilan xarakterlanadi. Bu davr Yevropada “Salb yurishi” deb ataladi. Ularning maqsadi Quddusdagi xudoning qabrini egallamoq bo’ladi. Bunda asosan savdo rivojlandi va ular alkimyogarlarning asarlarini o’rganib - metallarning transmutasiyasi (tarqalishi) bilan shug’ullanish hamda Yevropada(XII – XV asr) ham tadqiqot izlanishlarni boshladilar. ♀ 2 15 Ђarbiy Yevropadagi birinchi alkimyogar Buyuk Albert - filosofdir (1193- 1260y)(Germaniya). U “Alkimyo haqida”, ”Metallar va minerallar haqida besh kitob” "Maliy alximicheskiy svod" (Libellus) asarlarini yozadi bu kitobida alximiklar ma’naviyati haqida yozadi (alximik doljen bit molchalivim i skromnim i nikomu ne soobщat rezultatov svoix operasiy, on doljen jit v otdelno ot lyudey i ot doma). Metallarning xossalarini va rangini aytadi, oltin va kumushning zichliklari birbiridan tarkibidagi suvi bilan farq qiladi deydi. U oltinni olovda yoqib nodir bo’lmagan metallardan ajratadi va pechlarning tuzilishini taklif qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |