57. Kvant mexanikasining yaratilishi va kimyoning taraqqiyoti
Ko’p elektronli murakkab molekulalarni tuzilishini Bor nazariyasi asosida tushuntirib bo’lmadi. Atom mikrozarrachalardan tuzilganligi isbotlangandan keyin ularning harakatini tushuntiradigan fizikaning bo’limi kvant (to’lqin) mexanikasi XX asrning 20 - yillarida vujudga keldi. U kvantlangan energiya tasavvuriga, mikrozarrachaning to’lqin xarakterdagi harakatiga, mikroobyektni ehtimollar (statistik) usulida ifodalashga asoslanganNavbatdagi eng xarakterli xususiyatlardan biri kimyoning nazariy asosi atomlar tuzilishi, kvant mexanikasining quyidagi uchta postulati yaratilishi bilan fundamental fanga aylanganligidir: - klassik mexanikadagi Gamilton-Yakobi tenglamasi o’rniga Shredinger tenglamasining yaratilishi; - energetik qavatlarda spin xolatlarga o’tuvchi elektronlarni ko’rsatuvchi Pauli prinsipining taklif qilinishi; - spin va zaryadlarning zichligini xarakterlovchi to’lqin funksiyasining yaratilishidir. Bu 3 postulat kimyoviy reaksiyalarni fizikaviy jarayon ekanligini, bunda yadro va elektron bulutlarning qayta taqsimlanishi vujudga keladi deb tushuntirish uchun asos bo’lib xizmat qildi. XX asr kimyosining fundamental fanga aylantirish uchun xizmat qilgan olimlar qatoriga D.I.Mendeleyev va A.M. Butlerov (Rossiya), A.Verner (Shvesariya), S.Arrenius (Shvesiya), Ya.Vant-Goff (Gollandiya), M.Bertlo, A.Le-Shatelye, A.Muasson, V Grinyara, P. va M.Kyuri (Fransiya), F.Gaber (Germaniya), Yu. Tomsen (Daniya), V.Ramzay (Angliya), V. Gibbs (AQSh.) larni kiritish mumkin. XXl asrda kimyoning rivojlanishidagi asosiy yo’nalishlar quyidagilar bo’lishi bashorat qilinmoqda.
58. D. Pristli qaysi gazlarni ochgan.
D.Pristli (1733-1804) gazlardan karbonat angidrid, azot (1) oksidi, ammiak, vodorod xlorid va oltingugurt (IV) oksidini oldi va gazlarni suv ostida to’pladi. Kimyogar K.Sheyele - kislorodni ochdi. 1735 yilda marganesni, P.Gyelm 1782 yilda molibdenni oldi.D.Pristli XVII asrning ahmiyatli yangiliklaridan biri atmosfera havosining bosim hosil qilishini va bu bosimdan bo’shliq hosil qilishda foydalanish mumkinligini fanga kiritilishi bo’ldi. Shu asosda 1698 yilda ingliz injeneri Tomas Severin katta bosim ostida ishlaydigan bug’ mashinasini yaratdi. Keyinchalik shotlandiyalik mexanik Djeymis Uattom universal bug’ mashinasini konstruksiyasini taklif qildi. Bu sanoat rivojlanishining boshlanishi bo’ldi. Keyin bu mashinaga olovni ishlatishga o’tdi va nima uchun ba’zi moddalar yonadi, ba’zilari yonmaydi degan savol tug’ildi. Alkimyogarlar yonish uchun tarkibida S bo’lishi kerak deydi. Nemis vrachi va kimyogari Shtal yonish prinsipi flogiston nazariyasini yaratdi. U moddalar tarkibida – flogiston bo’ladi u yondirishga olib keladi, ular yonganda flogiston chiqarib yengil bo’lib qoladi deydi. Bu savolga javob topilmadi. Moddalar yonganda nima uchun og’irligi o’zgaradi, qanday gazlar ajralib chiqadi. Ingliz kimyogari Stiven Geyle(1677-1761) XVIII asrda gazlarni suv ostida to’plovchi asbob “pnevmatik vanna” yaratdi, lekin identifikasiyani bilmadi. Shotlandiya kimyogari D.Blek 1754 yilda
CaCO3 → CaO + CO2 o’rmon gazi deb yuritilgan CO2 ni havo bilan bog’langan deb atadi
Do'stlaringiz bilan baham: |