Elektrolitning dissotsilanish konstantasi va u bilan dissotsilanish darajasi orasidagi bog’lanish. Kuchsiz elektrolitning dissotsilanishi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
AB ↔ A+ + B–
Kuchsiz elektrolitning dissotsilanmagan molekulalari konsentratsiyasini [AB], ionlar konsentratsiyasini [A+] hamda [B–] orqali belgilaymiz. Massalar ta’siri qonuniga binoan
Bu holda muvozanat konstantasi K dissotilanish konstantasi deb ataladi. Eritmaning konsentratsiyasi har qancha o’zgartirilsa ham dissotsilanish konstantasining qiymati o’zgarmaydi, shuning uchun u elektrolitning ionlarga ajralish xususiyatini dissotsilanish darajasiga qaraganda aniqroq ko’rsatadi. K qancha katta bo’lsa, muvozanat holatda ionlar konsentratsiyasi shuncha katta bo’ladi, ya’ni ayni elektrolit shuncha kuchli dissotsilanadi. Masalan, sirka kislota eritmasida ionli muvozanat quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
CH3COOH ↔ H+ + CH3COO–
Uning dissotsilanish konstantasi
Kuchsiz elektrolit AB ning dissotsilanish konstantasidan ko’rinib turibdiki, ionlardan birining, masalan, [B–]ning konsentratsiyasi oshirilsa ko’paytma [A+] [B–] ortadi hamda muvozanat dissotsilanmagan molekulalar AB hosil bo’lish tomonga siljiydi. Masalan, CH3COOH ning 0,1M eritmasiga CH3COONa ning 0,1M eritmasidan qo’shilsa, sirka kislota molekulalarining dissotsilanishi taxminan 360 marta kamayadi. Demak, kuchsiz elektrolit eritmasiga u bilan bir xil ionli kuchli elektrolit eritmasi qo’shilsa, kuchsiz elektrolitning dissotsilanishi keskin kamayadi.
Dissotsilanish konstantasi bilan dissotsilanish darajasi orasida bog’lanish bor, buni ammoniy gidroksidning dissotsilanish misolida ko’rib chiqamiz:
NH4OH ↔ NH4+ + OH–
NH4+ va OH– ionlarining konsentratsiyasi ammoniy gidroksidning boshlang’ich konsentratsiyasi NH4OH ni uning dissotsilanish darajasiga ko’paytirilganiga teng, ya’ni
[NH4+] = [OH–] = CNH4OH · α
Ammoniy gidroksidning dissotsilanmagan molekulalari konsentratsiyasi
[NH4OH] = C[NH4OH] – C[NH4OH] · α = C[NH4OH] · (1- α)
Ammoniy gidroksidning dissotsilanish konstantasi tenglamasiga ion va molekulalarning konsentratsiyasi qiymatini qo’yib chiqsak,
hosil bo’ladi.
Umumiy ko’rinishda, ikkita ionga dissotsilanuvchi har qanday kuchsiz elektrolit uchun konstanta bilan dissotsilanish darajasi orasidagi bog’lanish V.Ostvaldning suyultirish qonuni deb ataladigan nisbatda aniqlanadi.
Agar kuchsiz elektrolitning dissotsilanish darajasi juda kichik (α<0,05) bo’lsa, (1- α) qiymatni birga teng deb olish mumkin. Bunday holda yuqoridagi formula ancha soddalashtirilgan ko’rinishga ega bo’ladi.
K = C · α2, bundan
Demak, kuchsiz elektrolitning dissotsilanish darajasi elektrolitning molyar konsentratsiyasi qiymatining kvadrat ildiz ostidan chiqarilganiga teskari proporsionaldir, ya’ni eritma suyultirilgan sari uning dissotsilanish darajasi ortadi. Masalan, NH4OH 1M eritmada dissotsilanish darajasi (K = 1,8·10–5) ga
teng. (yoki 0,425 %)
0,1 M eritmada esa (yoki 1,34 %)
Do'stlaringiz bilan baham: |