Aylanish spektrlari -molekulaning aylanish tezligi ortishi bilan uning ichki energiyasi ortadi va darajalar orasidagi masofa ham koʻpayadi.Molekulani birinchi daraja E1 dan ikkinchisiga oʻtkazish uchun E1ga nisbatan ikki baravar koʻproq energiya talab etiladi.Shunday qilib,qoʻshni darajalar orasidagi energiya farqi aylanish kvant sonining ortishi bilan tezda ortib boradi:
E0→E1→E2(2E1)→E3(3E1)→E4(4E1)
Aylanish darajalari orasidagi energiyaning farqi juda kichkina boʻladi,shuning uchun hatto xona temperaturasida ham molekulalar bir-biri bilan toʻqnashganidagikinetik energiya ularning aylanish darajalarini qoʻzgʻatishgakifoya qiladi.Shunday qilib oddiy temperaturada koʻpchilik molekulalar turlicha tezlikda aylanma harakat qiladi.
Tebranma spektrlarQoʻzgʻatilmagan molekulada barcha atomlar bir-biriga nisbatan ma’lum holatni egallab turadi va bu holat sistemaning eng kichik potensial energiyasiga mos keladi.Ikki atomli molekulada oddiy holatda energiya eng kam boʻladi.Agar molekulaga uning kimyoviy bogʻlanish energiyasi Ekim dan kamroq qoʻshimcha energiya berilsa,uning atomlari muvozanat holati atrofida tebranadi.Bunda molekulaga qancha koʻp energiya berilgan boʻlsa,tebranish amplitudasi shuncha katta boʻladi.Molekulani qoʻzgʻatilmagan holatdan eng yaqin tebranish darajasiga va birinchi darajadan ikkinchisiga oʻtkazish uchun tahminan bir xil energiya talab qilinadi.Hatto eng yaqin tebranma harakatlarni qoʻzgʻatish uchun zaruriy energiya ham molekulalarning xona tempraturasidagi kinetic energiyasidan ancha katta boʻladi.Shuning uchun oddiy sharoitlarda koʻpchilik molekulalar eng past tebranish darajasida boʻladi.Dipol momentiga ega boʻlgan molekula fotonni yutib, yuqoriroq tebranish darajasiga oʻtishi mumkin.Tebranish darajalarida oʻtish qoidasi kvant soni faqat bir birlikka oʻzgarishini talab qiladi,ya’ni faqat eng qoʻzgʻalgan darajaga oʻtishi mumkin.Shuni ta’kidlash lozimki,barcha molekulalar ham tebranish infraqizil spektrlariga ega boʻlavermaydi,tebranganda dipole momentlari oʻzgaradigan molekulalarda bunday spektrlar boʻladi.Ikki atomli molekulalar tebranish yoki tebranish-aylanish spektrlarining nisbatan soda boʻlishiga sabab shuki,ular faqat yadrolarni biriktiruvchi chiziq boʻylab tebranadilar.Bunday molekulalarda tebranishning faqat bir turi –valentli tebranish boʻlishi mumkin,bunda kovalent bogʻlanishli atomlar orasidagi masofa oʻzgaradi.