Buger-Lambert-Ber qonuni nur yutuvchi moddaning qatlamidan oʻtgan yorugʻlik intensivligining kamayishi bilan modda konsentratsiyasi va qatlamning qalinligi orasidagi bogʻliqlikni ifodalaydi.Nurning aks etishi va tarqalishi hisobiga isrof boʻlishini e’tiborga olish uchun tekshiriluvchi eritma va toza erituvchidan oʻtgan yorugʻlik intensivligi taqqoslanadi.
Eritmadan oʻtgan yorugʻlik intensivligining kamayishi oʻ t k a z i sh k o e f f s i y e n t i T bilan tavsiflanadi:
T =
Bu yerda I , I0- eritma va toza erituvchidan oʻtgan yorugʻlik intensivligi.
I/I0 100 – oʻtkazish foizi.
I-I / I0 – yutilish,
∙ 100 - yutilish foizi.
Koʻpincha optic zichlik A qiymatidan foydalaniladi: -lg T = - lg = lg = A
Eritma rangining intensivligi bilan shu eritmadagi tekshirilayotgan rangli moddaning miqdori orasida bogʻliqlik bor.
Yorugʻlik eritmadan oʻtganida intensivligining kamayishi Buger-Lambert-Ber qonuniga boʻysunadi:
I =I0∙ 10-ε∙C l yoki = 10 - ε∙C l - lg T = A = ξ ∙ C ∙ l
Bu yerda ε molyar yutilish koeffitsiyenti. U har bir rangli moddaga xos va uning tabiatiga bogʻliq boʻlgan oʻzgarmas qiymatdir, C – tekshiriluvchi eritmaning konsentratsiyasi; l – nur yutuvchi qatlamning qalinligi,sm.
Tenglamadan eritmaning optic zichligi rangli modda konsentratsiyasiga va eritma qatlamining qalinligiga bogʻliq degan xulosa kelib chiqadi;ushbu modda eritmasi qatlamining qalinligi bir xil boʻlganda eritmada rangli moddaning miqdori qancha koʻp boʻlsa,uning optic zichligi shuncha katta boʻladi.
Aksincha shu rangli moddaning konsentratsiyasi bir xil boʻlganida eritmaning optic zichligi uning qatlamining qalinligiga bogʻliq boʻladi.Bundan quyidagi xulosaga kelish mumkin: agar bitta rangli moddaning ikkuta eritmasining konsentratsiyasi turlicha boʻlsa ularning qatlamlari qalinliklarini eritmalarning konsentratsiyalariga teskari mutanosib ravishda oʻzgartirish natijasida bu eritmalar rangining bir xil intensivligiga erishiladi.Shunday qilib,rangli eritmaning konsentratsiyasi C ni aniqlash uchun uning optic zichligi A ni oʻlchash kerak ekan.Optik zichlikni oʻlchash uchun esa yorugʻlik oqimining intensivligini oʻlchash kerak.
Buger- Lambert- Ber qonunining fizik ma’nosini quyidagicha ifodalash mumkin: bitta rangli moddaning teng konsentratsiyali eritmalari qatlamlarining qalinligi bir xil boʻlganida ularga yorugʻlik energiyasi bir xil miqdorda yutiladi, ya’ni bunday eritmalarning yorugʻlik yutilishi bir xil boʻladi.
Adsorbsion spektroskopiyada modda konsentratsiyasi odatda bir litrdagi molar soni bilan, qatlam qalinligi esa santimetrlarda oʻlchanadi.
ε molyar yutish koeffisiyenti; uning qiymati har bir yutish chizigʻi uchun doimiy boʻlib,faqat moddaning tabiatiga bogʻliq boʻladi va reaksiyaning sezgirligini tavsiflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |