Emission spectral analiz elementlarning qoʻzgʻalgan atomlarini bir xil sharoitlarda ma’lum toʻlqin uzunligidagi nur tarqatish xususiyatiga asoslangan.
Bu metod moddaning element tarkibini aniqlashga imkon beradi,ya’ni takshirilayotgan modda tarkibiga qanday kimyoviy elementlar,qanday nisbatlarda kirishi haqida xulosa qilishga yordam beradi.
Alanga fotometriyasi emission spectral analizning bir turi boʻlib, bunda spectral chiziqlarning fotografiyasini olish oʻrniga nurlanishning intensivligi fotoelement va galvonometr yordamida oʻlchanadi.
Tekshirilayotgan eritma alangaga aerosol holda kiritiladi.Bu metod bir qator elementlarni 10-3 g sezgirlik bilan va 2-4 % aniqlik bilan topishga yordam
Atom-absorbsion spektrofotometriya tekshirilayotgan element atomlarining gaz holatida yorugʻlikning standart manbaidan tarqaladigan nurlanishning yutgan energiyasini oʻlchashga asoslangan.Bu metod juda istiqbolli,favqulodda tez rivojlanayotgan analitik metoddir.Bu metod bir qancha afzalliklarga ega:selektivligi, yuqori sezgirligi (10-9 – 10-13g), analizni bajarishning tezligi va oʻlchashning soddaligi, analizning toʻliq avtomatlashtirish mumkinligi kabilar.
Rentgenospektral metod moddalarni rentgen nurlari ta’sirida oʻrganishga asoslangan.Moddalarni atom va molekulyar tuzilishi haqidagi ma’lumotni ikki usulda olish mumkin.Birinchi usulda roentgen nurlarining monoxromatik toʻplami manbadan tekshirilayotgan namunaga yuboriladi.Agar energiya qandaydir ichki orbitadan bitta elektronni yulib olishga yetarli boʻlsa bunda fotoelektrik yutilish yuz beradi.Bunda tashqi orbita elektronlaridan biri yulib olingan electron orbitasiga oʻtadi,roentgen nurlariga oʻxshash nurlanish tarqaladi.Bu nurlanish ikkilamchi boʻlib,uning spektri elementlarning optic spektrlari kabi boʻladi.
Ikkinchi usuli roentgen nurlanishi ta’sirida modda tomonidan chiqarilgan elektronlar energiyasini magnit yoki elektr maydonida analiz qilishga asoslangan.Bu usulni electron spektroskopiya deb nomlanadi.Elektron spektroskopiya metodi bilan davriy sistemaning hamma elementlarini hech qanday qayta ishlovsiz va ajratmasdan turib aniqlashga imkon beradi va uning sezgirligi- 10-6 g.
Analitik kimyoda koʻpincha moddalarning juda oz miqdorlarini aniqlashga toʻgʻri keladi.Masalan,toza metallar tarkibidagi qoʻshimchalar foizning mingdan bir ulushlari bilan oʻlchanadi.Bunday kam miqdordagi moddalarni kimyoviy metodlar bilan aniqlash mumkin boʻlmaydi,bunday hollarda analizning optic metodlaridan foydalaniladi.Koʻp qoʻllaniladigan absorbsion analiz hisoblanib,spektrofotometriya, kolorometriya va fotokolorimetriya kabi metodlar bilan bajarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |