Adsorbtsiya ususli rus olimi M.S.Tsvet tomonidan 1903 yilda kashf etilgan.
Xromatografik analiz usullaridan adsorbtsion, ion almashinish, taqsimlanish va
cho’ktirish xromatografiyalari miqdoriy analiz o’tkazishda
bir yoki bir necha
moddaning eritmaning molekulalararo kuchlar ta‘sirida ayrim ionlarning tanlab
adsorbtsiyalanishiga asoslangan. Adsorbentlar sifatida aktivlangan ko’mir,
ishqoriy yer metallarining, shuningdek magniy,
alyuminiy va shu singari
metallarning oksidlari va gidroksidlari, silikagel kabilar ishlatiladi.
Taqsimlash xromatografiyasi erigan moddaning o’zaro taqsimlanishi
xodisasiga
asoslangan
qog’oz
xromatogrammasi
taqsimlanish
xromatografiyasining bir turidir. Unda turli qo’shimchalardan tozalangan maxsus
filtr qog’ozlaridan foydalaniladi. Xromatografiyani o’tkazish juda oson.
Tekshirilayotgan eritma (masalan Fe
3+
, Cu
2+
Mn
2+
kationlari aralashmasidan)
pipetka yordamida bir tomchi olinadi va chetidan 1-2 sm qoldirib filtr qog’ozga
tomiziladi. So’ngra filtr qog’oz yopik kameraga ilib qo’yiladi. Bunda qog’ozning
tekshirilayotgan eritma tomizilgan tomoni erituvchiga botib turishi kerak,
bunda
erituvchi filtr qog’oz bo’ylab yuqoriga tarkibidagi komponentlar ham turlicha
tezlikda xarakatlanadi. Ma‘lum vaqt o’tgandan so’ng filtr qog’oz kameradan
chiqarib olinadi, quritiladi va unga bir-biridan ajratiladigan ionlar bilan rangli
birikma hosil qiluvchi reaktiv eritmasidan purkaladi.
Masalan, Fe
3+
ва Cu
2+
kationlari
kaliy geksatsiannoferrat K
4
[Fe(CN)
6
],
Mn
2+
ioni esa kumush nitrat
АgNO
3
eritmalari bilan rangli dog’lar hosil qiladi.
Shunday qilib, ionlar filtr qog’ozda rangli birikmalar xolida ma‘lum tartibda
joylashadi va bu xodisaga xromatogramma deyiladi.
Cho’ktirish xromatografiyasi. Ajratiladigan aralashma komponentlari bilan
cho’ktirgichdan hosil bo’ladigan kiyin eriydigan birikmalarning eruvchanligi xar
xilligiga asoslangan. Cho’ktirish xromatografiyasi o’tkaziladigan
kolonka inert
modda va cho’ktiruvchi reaktivdan iborat bo’ladi. Cho’ktiruvchi reaktiv
tekshirilayotgan eritma tarkibidagi ionlar bilan cho’kmalar aralashmasini hosil
qiladi va ular o’z eruvchanligiga ko’ra kolonka balandligi bo’ylab ma‘lum ketma
ketlikda joylashadi. Cho’ktirish xromotografiyasi asosan elektrolitlarni bir-biridan
ajratishda qo’llaniladi.
Ion almashinish xromatografiyasi analiz qilinayotgan
aralashma ionlarining
adsorbentning xarakatchan ionlariga almashinish reaktsiyalariga asoslangan. U
miqdoriy analizda tekshiriladigan moddaning tarkibiy qismlarini aniqlash,
qo’shimcha moddalarni ajratish va sof kimyoviy preparatlar olish elektrolitlarni
eritmadagi umumiy kontsentratsiyasini aniqlash va boshqa maqsadlarda keng
qo’llaniladi. Ion almashinish xromotografiyasida
adsorbent sifatida yuqori
molekulyar birikmalar – ionitlar ishlatiladi. Ular ion almashinish xususiyatiga ega
bo’lgan qattiq moddalardir. Eritmalardan kationlarni yutadigan adsorbentlar
kationitlar deyiladi. Eritmalardan anionlarni yutadigan adsorbentlar anionitlar deb
yuritiladi. Anionitlar tarkibida xarakatchan gidroksil gruppalar mavjud.
Sifat analizi kursidan ma‘lumki eritmada fosfat ioni PO
4
3-
mavjud bo’lsa
analizni o’tkazish, xususan, Al
3+
va Fe
3+
kationlarini aniqlash qiyinlashadi. Ion
almashinishidan foydalanib PO
3-
4
anionini ajratish
boshqa analitik metodlarga
nisbatan ancha qulay.
Tekshirilayotgan eritma N-formadagi kationit bilan to’ldirilgan byuretka
yoki naycha orqali o’tkaziladi. Bunda kationlar smolada ushlanib qoladi. PO
3-
4
va boshqa anionlar kationit bilan ushlanib qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: