Kimyo (5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun о‘quv qо‘llanma)


qazilma boyliklari va ulardan foydalanish



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/55
Sana23.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#697832
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
fayl 1716 20210831

qazilma boyliklari va ulardan foydalanish
O`zbekiston respublikasining zamini juda katta miqdordagi turli-tuman 
qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli 
barcha elementlari topilgan. Respublika hududida hozirgacha 2700 dan ziyod 
foydali qazilma konlari va ular namoyon bo`lgan joylar aniqlangan. Aniqlangan bu 
konlarda 100 ga yaqin xom ashyo turlari mavjud bo`lib, ularning umumiy miqdori 
3,3 trillion AQSH dollarga baholanadi. Fakatgina neft va gaz zahiralarining 
qiymati 1 trillion dollarga teng. Aniqlangan konlardan 900 tasi topilgan va 
o`rganilgan bo`lib, ulardagi zahiralar qiymati 970 mlrd. dollarga teng. Hozirgi 
kunda respublikada foydalanayotgan konlar soni 400 ga yaqin. Har yili bu 
konlardan 5,5 mlrd. dollarlik qazilma boyliklar olinmoqda va qo`shimcha 6-7 mlrd. 
dollarlik yangi zahiralar topilmoqda. 


O`zbekiston yoqilg`i-energetika zahiralariga boy o`lka. Unda qidirib 
topilgan tabiiy gaz zahiralari 2 trillion m. kub atrofida. Bu gaz zahiralari 
respublikani 35 yil gaz bilan ta'minlashga yetadi. Faqatgina Ko`kdumaloq 
konlaridagi gazning zahirasi 144 mlrd m. kubga yaqin, ulardagi neft 54,2 mln 
tonnagaz kondensati esa 67,4 mln.tonnaga teng. Hozirgi paytda foydalanayotgan 
neft konlarining soni 160 dan ortiq bo`lib, ularning zahiralari 30 yilga yetadi. 
Birgina 1985-1994 yillar ichida 38 ta yangi neft va gaz koni ishga tushirildi. 
Bulardan tashqari neft, gaz va gaz kondesati bo`yicha yana 155 ta istiqbolli konlar 
ham aniqlangan. Tekshirishlar ko`rsatishicha respublika zaminining qariyb 60% da 
yer osti neft va gaz qatlamlari bor. Bu qatlamlar asosan 5 ta mintaqada joylashgan. 
Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G`arbiy Xisor, Surxandaryo va Farg`ona 
mintaqalaridir. Respublikada olinayotgan jami neftning 90% dan ortigi arzon ya'ni 
favvoralar usulida olinmoqda. Hozircha respublika hududida aniqlangan neft 
zahiralarining fakat 32% o`zlashtirildi, xolos. Bu ko`rsatgich turkmanistonda 61%, 
Tojikistonda 60% va Qirg`izistonda 41% ni tashkil qiladi. Tabiiy gaz zahiralarini 
o`zlashtirishda ham ahvol shunga o`xshash. 
Ko`mirning umumiy zahirasi 2 mlrd tonna bo`lib, ko`mir zahirasi salmogi 
bo`yicha respublikamiz markaziy osiyoda ikkinchi o`rinda turadi. Ko`mir Angren, 
Shargun va Boysun konlaridan qazib olinadi. bu konlardan ko`mir bilan birgalikda 
qimmatbaho minerallar-kaolin, ohaktosh va kvartsli qum ham olinadi. Kaolindan 
glinozem, ya'ni alyuminiy oksidi va alyuminiy, o`tga chidamli materiallar, keramik 
qoplamalar, metlax plitkalari, chinni, fayans, oq va boshqa rangli tsement, o`tga 
chidamli g`isht kabi materiallar olinadi. 
O`zbekiston zaminida qimmatbaho metallarning katta zahiralari mavjud. 
Uning hududida 32 turdagi qimmatbaho rangli metallar topilgan bo`lib. Hozirgi 
paytda ular 33 ta kondan qazib olinmoqda. 
Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda to`rtinchi o`rinda, uning 
qazib olinishi bo`yicha esa yettinchi o`rinda turadi. Oltinning asosiy zahirasi 
Markaziy qizilqumda joylashgan. Hozirgi kunda oltin 7 ta kondan olinmoqda. 
Muruntov koni dunyodagi konining topilishi Xalqaro geologiya jamoatchiligi 
tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta 
kashfiyot deb e'tirof qilindi. Bu yerda affinaj ya'ni eng sof metall olish jarayoning 
zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan va kon oltinining sifati yuqori bo`lgani 
uchun ham oliy tovar ko`rinishiga ega bo`lgan, soflik darajasi «to`rtta to`qqiz»ga 
teng asl oltin olinmoqda. Hozirgi paytda Muruntov konidan olib ishlatilgan va ko`p 
yillardan beri otvalga chiqarib tashlangan ruda tuprog`i Amerikaning «Nyumont 
Mayning Korporeyshn» kompaniyasi ishtirokida qayta ishlanib, tarkibidagi qolgan 
oltin ham ajratib olinmoqda. Oltin shuningdek Qizilqum hududidagi Ajibugut, 
Bulutkon, Balpantov, 
Aristontov va Turboy konlarida ham bor. Bu konlarni 
o`rganish davom etmoqda. Keyingi vaqtlarda oltin Toshkent va Samarkand 
viloyatlari hududida ham topildi. 


Kumush konlari Navoiy viloyatining Visokovoltnoye, Ukjetpes va 
Kosmonachi hududlarida hamda Namangan viloyatining oqtepa hududida mavjud. 
O`zbekistonda qimmatbaho metallar qatori uran konlari ham mavjud. 
Topilgan uran zahiralari bo`yicha respublika dunyoda 7-8 o`rinlarda turadi. 
Uranning topilgan zahirasi uni 50-60 yil qazib olishga yetadi. Uran bilan yo`l-
yo`lakay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqa nodir metallar ham qazib olinadi. 
Rangli metallardan O`zbekistonda mis, qo`rg`oshin, rux, volfram va shu 
guruhga kiruvchi boshqa metallarning zahiralari aniklangan. Bu zahiralarning 
asosiy qismi olmaliq ruda maydoniga jamlangan. Qidirib topilgan mis zahirasi 
bo`yicha respublika dunyoda 10-11 o`rinlarda turadi. Hozirgi sur'atda qazib 
olganda mis 40-50 yilga, rux va qo`rg`oshin 100 yilga yetadi. 
Mis rudasi bilan yo`l-yo`lakay oltin, kumush. Molibden, kadmiy. Indiy, 
tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy kabi 15 dan ortiq turdagi qimmatbaho va 
noyob rangli metallar qazib olinmoqda. Istiqbolli dalneye mis konida mis, 
molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari 
mavjud. 
Mis konlari orasida hozir ishlatilayotgan Kalmaxir koni alohida e'tiborga 
sazovor. Bu kon mis-molibden rudalarini qazib olish bo`yicha dunyodagi barcha 
konlardan ustun turadi. Uning rudasini O`zbekistondagi eng yirik korxonalardan 
hisoblangan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qayta ishlamoqda. Bundan 
tashqari hozirgi kunda istiqbolli Dalneye mis koni ham topilgan bo`lib, unda mis, 
molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurtning katta zahiralari 
mavjud. 
Qo`rg`oshin-rux asosan Jizzax viloyatidagi Uchquloch va Surxondaryodagi 
Xondiza konlarida jamlangan. Xondiza konida shuningdek ko`pgina yo`ldosh xom 
ashyolar – mis, kumush, kadmiy, selen, oltin va indiy ham bor. 
Selen va tellurdan asosan yarim o`tkazgichlar, quyosh batareyalari, 
termogeneratorlar, po`lat va shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda, 
reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun o`tga chidamli qotishmalar, elektron 
uskunalar va neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda 
foydalaniladi. 
O`zbekiston hududida 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro konlari topilgan. 
Oqdan qora ranggacha xilma-xil bezakbop toshlar olinadigan bu konlar 
Yevroosiyodagi eng yirik konlar hisoblanadi. Qoplama toshlarning umumiy 
zahiralari 85 mln. m. kubdan oshib ketadigan bu konlar toshni qayta ishlaydigan 
korxonalarni yuzlab yillar davomida xom ashyo bilan ta'minlaydi. Bu jihatdan 
O`zbekiston MDH mamlakatlari orasida yetakchi o`rinni egallaydi. Ayni vaqtda 
G`ozg`on, Nurota va Zarband konlarida marmar bloklarini zamonaviy texnologiya 
asosida qazib olish yo`lga qo`yilgan. 


O`zbekistonda topilgan Jeroy-Sardara konidagi fosforitlar zahirasi taxminan 
100 mln. tonnaga teng. Bularni qayta ishlash uchun hozir Qizilqum fosforit 
kombinati ko`rilmoqda. Bundan tashqari Markaziy Qizilqumning Qoraxat va 
Shimoliy Jetitov fosforit konlarida juda katta miqdorda xom ashyo mavjudligi 
aniqlandi. Bu zahiralarining xo`jalik oborotiga jalb qilinishi respublikada juda ko`p 
miqdorda fosfat o`gitlari ishlab chiqarish imkonini beradi. Keyingi paytlarda 
Toshkent viloyatining Qayrag`ochsoy hududida topilgan barit koni ham diqqatga 
sazovor. 
Bu 
konning 
o`zlashtirilishi 
chuqur 
quduqlarni 
parmalashda 
foydalaniladigan va hozirgacha chetdan sotib olinayotgan baritni o`zimizdan olib 
ishlatish imkoniyatini beradi. 
Aniqlagan 5 ta tosh tuzi Koni-Xo`jaikon, Tubakat, Borsakelmas, 
Boybichakon va Oqkal'a konlarida taxminan 90 mlrd. tonna xom ashyo bor. 
Qo`ng`irotda kimyoviy usulda kaltsiy va kaustik soda ishlab chiqaradigan zavod 
qurilishidan Borsakelmas konining tuzlarini qayta ishlash ko`zda tutilmoqda. 
Bulardan tashqari respublika hududida 32 ta ma'danli shifobaxsh suv konlari 
aniqlangan bo`lib, shulardan 12 tasi bazasida shifoxona va kurortlar qurilgan, 9 
tasidan olinayotgan suv zavodda qadoqlanmoqda. 
O`zbekiston yer osti qazilma boyliklariga boy mamlakat bo`lgani holda bu 
boyliklardan unumli foydalanish va atrof muhitning sofligini saqlash hozircha talab 
darajasida emas. Shu kunda respublikada 16 ta tog`-kon korxonalari ishlab turibdi. 
Ulardan xar yili chiqayotgan 60 mln. tonnagacha chiqindilarni saqlashga 10 ming 
gektar yer ketmoqda. Buning ustiga otvalga tashlangan kon chiqindilari biosferani 
ifloslamoqda. Aniqlanishicha shamolning tezligi sekundiga 5 metr bo`lganida 1 kv. 
metr maydondan sutkasiga 70 kg. chang zarralari havoga ko`tariladi. 
Respublikadagi minerallarniing barcha konlari ochiq-karyer usulida 
ishlatilmoqda. Ularni har bir portlatishda havoga 250 tonnagacha chang hamda 10 
ming m. kubgacha zararli gazlar chiqadi va shamol yo`nalishi bo`ylab 10-15 km. 
masofagacha tarqaladi. Chang tarqalishi ayniqsa marmar va granit konlaridagi 
toshlarni kesishda juda ko`p bo`ladi. 
Masalaning yana bir kamchilik tomoni tog`-kon ishlarida yo`l qo`yilayotgan 
nobudgarchilikda. Shargun ko`mir konidan olinayotgan xom ashyoning 25% tog` 
jinslariga aralashib atrof muhitga chiqib ketadi. Angren ko`mir konidan chiqadigan 
kaolinning 10-15% ishlab chiqarishga yo`naltirilib, qolgan qismi tog` jinslariga 
aralashib chiqarib tashlanmoqda. Bunday holdan ham iqtisodiyot ham tabiiy muhit 
zarar ko`rmoqda. 
Tog`-kon ishlarida dunyoning ilgor texnologiyalarini qo`llash, katta 
hajmdagi investitsiyalarni kiritib, qo`shma korxonalar barpo etish, rudalarni ishlab 
chiqarishga to`liq jalb etib, ulardagi yo`ldosh minerallarni ham ajratib olish va shu 
asnoda ham iqtisodni yuksaltirish va ham chiqindilarni kamaytirish rejalari 
tuzilmoqda. Bu ishlar juda katta kuch, mablag` va vaqtni talab qiladi. Hozirgi 


vaqtda bu yo`lga ilk qadamlar qo`yilib, oltin olish bo`yicha Britaniyaning «Oksis 
Mayning» kompaniyasi, qo`rg`oshin, rux va oltin olish bo`yicha «Omontaytov-
Fred» kompaniyalari ish boshladi. Tuzilayotgan rejalar va bajarilayotgan ishlar, 
shubhasiz, O`zbekistonni kelajakda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko`tarish 
o`zbek xalqining faravon turmushini ta'minlashga poydevor bo`ladi.
Nazorat savollari: 
1.
O’zbekistonda qanday qazilma boyliklari mavjud? 
2.
Oltin zahirasi bo’yicha O’zbekiston nechanchi o’rinda turadi? 
3.
Tabiiy zahiralar bo’yicha qaysi hudud eng ko’p zahiraga ega? 
4.
Qaysi element zahiralarini tabiatda uchratish mumkin? 
5.
O’zbekiston hududida qancha marmar koni mavjud? 
6.
Selen va tellurdan qanday maqsadlarda foydalaniladi? 
7.
Yerosti boyliklariga nimalar kiradi? 
8.
Topilgan uran zahiralari bo’yicha respublika nechanchi o’rinda? 
9.
O’zbekistonning qaysi hududlarida fosforit konlari mavjud? 
10.
O’zbekistonda neft va gaz qaysi hududlarda ko’p tarqalgan? 



Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish