2.
Naftenli neft
– asosan siklik aromatik bo’lmagan uglevodorodlar –
sikloalkanlar yoki naftanlardan tarkib topgan.
3.
Aralash neft
– alkanlar, naftenlar
va aromatik uglevodorodlar
aralashmasini o’z ichiga oladi.
Neft alkanlar ba’zi siklanlar va arenlar, shuningdek kislorodli sulfitli va
azotli birikmalarning murakkab aralashmasidir.
Klassifikasiyasi
– ba’zan
neftni
fizik xossalari bo’yicha klassifikasiyalanadi, masalan yengil neft zichligi 0,92 g/ml
gacha va ancha og’ir neft. Bu jihatdan yengil neft zichligi 0,65 - 0,87 g/cm
3
,
o’rtacha neft zichligi 0,910 – 1,05 g/sm
3
ga bo’linadi.
Neft tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab kam sulfatli (tarkibida 0,5%
gacha S), sulfatli (0,5 – 2%) va yuqori sulfatli (2% dan yuqori) deb farqlanadi. Neft
juda qadimdan (miloddan avvalgi 6000 yillikdan boshlab) ishlatilib kelinadi.
Neftni dunyo zaxirasi (MDH mamlakatlaridan tashqari) 1989 – yildagi
ma’lumotlarga ko’ra 82 mlrd tonnani tashkil qiladi. Neftning eng ko’p zaxiralari
Saudiya Arabistonida, Eronda, Iroqda, AQSHda, G’arbiy Sibir, Ural, Baku,
Markaziy Osiyo va boshqa joylarda uchraydi.
Respublikamizda topilgan neft konlari soni 160 dan ortiqdir.
O’zbekistonda neft va gaz zaxirasi katta bo’lgan mintaqalarga: Ustyurt,
Buhoro, Xiva, Janubiy – Garbiy Xisor, Surhondaryo va Farg’ona kiradi.
Neft – qora, qo’ng’ir, moysimon suyuqlik, o’ziga xos hidli.
U yonuvchan, suvdan biroz yengil amalda suvda erimaydi.
Neft turli
uglevodorodlar aralashmasi bo’lgani uchun uning aniq qaynash temperaturasi
bo’lmaydi. Neftni yer qarida paydo bo’lishi to’g’risida bir qancha nazariyalar
mavjud. Eng extimoli shundayki neft dengiz organizmlari va o’simliklar
qoldiqlarining million yillar davomida dengiz tubiga cho’kishidan hosil bo’ladi.
Anorganik moddalar chirishdan havosiz joyda yashaydigan
anaerob bakteriyalar
katalizator vazifasini bajargan. Tektonik siljishlarda dengiz tubidagi organik
qatlam yer qatlamlariga o’tgan va u yer qoldig’ining bosimi va yerning ichki
qatlamlardagi issiqlik energiyasi ta’sir etgan. Shunday qilib cho’kindilar
qatlami
uglevodorodlar aralashmasiga aylangan va neft qatlamlari sifati tog’ jinslarda
yig’ilgan. Ushbu organik nazariyalardan tashqari D. I. Mendeleyev tomonidan
bildirilgan anorganik nazariya ham mavjud. Bu
nazariyaga muvofiq neft yer
qatlamida bo’ladigan metall karbidlari va sizot suvdan hosil bo’ladi.
Bulardan tashqari kosmik nazariya ham taklif etilgan. Bunga muvofiq neft
planetamiz shakllanishida vodorod va uglevodorodlardan hosil bo’lgan deyiladi.
Neftning paydo bo’lishi haqidagi gipotezalarning birortasi ham hozirgacha
to’la to’kis tasdiqlangan emas.
Neft xalq xo’jaligi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib dunyo bo’yicha
amaldagi neft xazinasi yer qaridan quduqlar qazib burgulash
yordamida chiqarib
olinadi.
Neftni qazib chiqarish, neft va neft mahsulotlari tarkibi va xossasi, kimyoviy
o’zgarishi va neftni qayta ishlash jarayonlarini o’rganish kimyo texnologiyasining
bo’limi “neft kimyosi” nomiga birlashgan.