Metallmaslar p-elementlar oilasiga mansub (vodorod va geliy s-element).
Kimyoviy reaksiyalarda metallmaslar atomlari oksidlovchi xossalarini Namoyon
qiladi. Elektronlarni biriktirib olish qobiliyati bir davrda joylashgan metallmaslarda
tartib raqami ortishi bilan kuchayib boradi, bu guruhda joylashgan metallmaslarda
esa tartib raqami ortishi bilan kamayib boradi. Elementlarning metallmaslik
xossalari davrlarda tartib raqami ortgan sari kuchayib, guruhlarda esa kamayib
boradi. Umuman olganda elektronlarni biriktirib olish qobiliyati quyidagi tartibda
kamayib boradi: F, O, Cl, N, S, C, P, H, Si Ftor elektrmanfiylik qiymati eng yuqori
bo‘lgan element hisoblanadi. Metallmaslar tabiatda oddiy moddalar shaklida va
turli birikmalar tarkibida uchraydi. Kosmosda vodorod va geliy eng ko‘p tarqalgan
metallmaslar bo‘lsa, Yer qobig‘ida (Yer qobig‘i massasiga nisbatan) kislorod
(47%) va kremniy (27,6%) eng ko‘p tarqalgan metallmas hisoblanadi. Kislorod
guruhchasi metallmaslari — xalkogenlar, Ftor guruhchasi metallmaslari —
galogenlar, Geliy guruhchasi metallmaslari — inert gazlar deb ataladi.
Metall maslar ning umumiy xo ssalari
Metallmaslarning xossalari atom tuzilishi nuqtayi nazaridan qanday
izohlanadi? Normal sharoitda ba’zi metallmaslar gazsimon (vodorod, azot,
kislorod, ftor, xlor), ba’zilari suyuq (brom), qolganlari qattiq (oltingugurt, uglerod,
yod, fosfor va bosh.) holda uchraydi. Metallmaslar nozik tuzilmali bo‘lib,
ko‘pchiligi organik erituvchilarda eriydi. Issiqlik va elektr tokini yomon o‘tkazadi.
Tipik metallmaslar metallar bilan ion bog‘li birikmalar hosil qiladi (NaCl, MgO,
Na2S). Metallmaslarning o‘zaro ta’sirlashuvidan kovalent bog‘li birikmalar hosil
bo‘ladi. Masalan, suv H2O, ammiak NH3 molekulalarida atomlar orasidagi qutbli
kovalent bog‘, metan CH4 da esa qutbli kovalent bog‘ bo‘lib, molekulasi qutbsiz.
Metallmaslar kislorod bilan kislotali oksidlar, vodorod bilan uchuvchan vodorodli
birikmalar hosil qiladi. Vodorod atomining tashqi qavatida 1 ta elektron bo‘lganligi
uchun (vodorodning faqat 1 ta elektroni bor) ishqoriy metallarga o‘xshab davriy
jadvalning birinchi guruhida joylashgan. Shuningdek, vodorod odatdagi sharoitda
gaz bo‘lganligi, molekulasi ikki atomli va bu atomlar kovalent qutbsiz
bog‘langanligi sababli galogenlarga o‘xshaydi. Shuning uchun vodorod VII guruh
elementlari qatoriga ham yozilishi mumkin. Vodorod atomi 1 ta elektron qabul
qilib olib (oksidlovchi xossasi), tashqi qavatini, geliy atomiga o‘xshash barqaror
holatga o‘tkaza oladi:
Sakkizinchi guruh bosh guruhchasi elementlari geliy, neon, argon,
kripton,ksenon va radon metallmaslarga mansub bo‘lib,
Do'stlaringiz bilan baham: