triadalar nazariyasini taklif etdi.
• A.de-Shankurtua 1862- yilda kimyoviy elementlarning silindr shaklidagi
jadvalini yaratdi.
• Yu.L. Meyer (1830—1895) 1864- yilda elementlarning atom massalari
ortib borishiga asoslangan jadvalni taklif qilgan.
• J. Nyulends (1837—1898) 1865- yilda
elementlar ekvivalentlariga
asoslangan oktavalar qonunini taklif etgan.
• 1869- yilda D.I. Mendeleyev davriy qonunni kashf etdi.
Davriy qonun — tabiat qonuni va u tabiatda mavjud bo‘lgan bog‘liqliklarni
aks ettiradi. D.I. Mendeleyev tomonidan davriy qonunning kashf etilishida
elementlar atom massalari bilan xossalari orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik borligi
atroflicha o‘rganib chiqildi. Bir qator elementlarning oksidlari,
asoslari,
kislotalaridagi valentliklari o‘zgarishi asosida jadvallar tuzdi.
Davriy qonun va elementlar davriy sistemasi. Atom tuzilishi vodoroddan
boshlab atom massalari ortib borishi tartibida joylashtirib borsak, litiydan
boshlanib har to‘qqizinchi element birinchi elementning
xossalarini takrorlashi
ko‘rinadi.
Litiy metallik xossasi eng kuchli bo‘lgan element. Berilliyda metallik
xossalari zaiflashib, borga o‘tganda kuchsiz metallmaslik xossasi namoyon bo‘ladi.
Bordan keyingi elementlarda metallmaslik xossalari ortib boradi.
Ftor metallmaslik xossasi eng kuchli bo‘lgan element. Neon inert gaz bo‘lib,
neondan keyingi element natriy litiyning xossalarini takrorlaydi. U ham ishqoriy
metall, metallik xossasini kuchli ifodalaydi. Valentligi I ga teng. Tartib raqami 11
ga teng bo‘lgan, natriydan boshlangan qatorda ham metallic xossalari asta-sekinlik
bilan zaiflashib boradi. Magniy esa valentligi II bo‘lgan metall bo‘lib, berilliyga
o‘xshaydi. Metallik xossasi aluminiyda yana ham zaifroq.
Kremniy kuchsiz
metallmas, metallmaslik xossasi ortib boradi. Xlor kuchli metallmasdir. U o‘z
xossalari bilan ftorning xossalarini takrorlaydi. Argon inert gaz. Argondan keyingi
element kaliy, litiy va natriyning xossalarini takrorlaydigan ishqoriy metalldir.
Demak, elementlarning xossalari davriy ravishda takrorlanadi. D.I. Mendeleyev
davriy qonunni kashf qilgan davrda ko‘p elementlarning atom massalarida
noaniqliklar bor edi, ko‘p elementlar kashf qilinmagan edi. Shuning uchun davriy
qonunni yaratishda bir qator qiyinchiliklar tug‘ildi. Argon (Ar)ning atom massasi
40, argondan keyingi element kaliy (K) ishqoriy elementlar kabi bo‘lishi kerak edi
va ishqoriy metallarning ostiga joylanishi lozim edi. Ammo atom massasi 39. Agar
kaliyning o‘rnini argon bilan almashtirsak-chi? Unda inert gazlar qatoriga ishqoriy
metall, ishqoriy metallar qatoriga inert gaz tushib qolardi va davriy qonun buzilgan
bo‘lar edi. Davriy qonunning to‘g‘riligiga ishonib, argonga (atom massasi kaliydan
biroz katta bo‘lsa ham) 18- tartib raqami, kaliyga esa 19-
tartib raqami
berildi. Davriy qonun buzilmadi. Ammo, bunday almashtirishlardan ma’lum
bo‘ldiki, elementlarning xossalari atom massalaridan ham boshqa muhimroq
ko‘rsatkichga bog‘liq ekan.
Davriy qonun hozirgi vaqtda quyidagicha ta’riflanadi: