Metallotermiya yo‘li bilan, odatda, qaytarilganda ko‘mir bilan karbidlar
hosil qiladigan metallar (va ularning qotishmalari) olinadi. Bular —
marganes,
xrom, titan, molibden, volfram va b. Ba’zan metallar ularning oksidlaridan
vodorod bilan qaytariladi.
Gidrometallurgiyaga metallarni tuzlarining eritmalaridan olish usullari
kiradi. Bunda ruda tarkibiga kiradigan metall dastlab mos reagentlar yordamida
eritmaga o‘tkaziladi, so'ngra shu eritmadan ajratib olinadi. Masalan, tarkibida mis
(II) oksid CuO bor mis rudasiga suyultirilgan sulfat kislota bilan ishlov berilganda
mis sulfat holida eritmaga o‘tadi:
Cu0+H2S04=CuS04+H,0
So'ngra mis eritmadan elektroliz yo'li bilan yoki temir kukuni yordamida
siqib chiqarish orqali ajratib olinadi:
CuS04+Fe = Cu+FeS04
Hozirgi vaqtda qazib
olinadigan barcha misning
25% ga yaqini
gidrometallurgiya usuli bilan olinadi. Bu usulning kelajagi porloq, chunki rudani
yer yuzasiga chiqarmay turib metallar olishga imkon beradi.
Oltin, kumush, rux, kadmiy, molibden, uran va boshqa metallar ham shu
usul bilan olinadi. Tarkibida yombi oltin bor rudaga maydalangandan keyin kaliy
sianid
eritmasi bilan ishlov beriladi.
Bunda oltinning hammasi eritmaga o'tadi. U eritmadan elektroliz usulida
yoki rux metali bilan siqib chiqarish orqali ajratib olinadi
Elektrolizdan ba’zi metallarni tozalash uchun ham foydalaniladi.
Tozalanadigan metalldan anod tayyorlanadi. Elektroliz vaqtida anod eriydi, metall
ionlari eritmaga o'tadi, katodda esa ular cho'kadi. Elektrolitik toza metallar: mis,
kumush, temir, nikel, qo'rg'oshin va boshqalar ana shunday olinadi.
Hozirgi yarimo'tkazgichlar texnikasi bilan atom texnikasiga nihoyatda toza
(qo'shimchalar miqdori ko'pi bilan 10“%) metallar zarur.
Metallarni puxta
tozalashning eng muhim usullari zonali suyuqlantirish, metallarning uchuvchan
birikmalarini qizdirilgan sirtda parchalash, metallarni vakuumda qayta
suyuqlantirish va b.
Shunday qilib, metallarni birikmalaridan olishning barcha usullari
oksidlanish-qaytarilish jarayonlariga asoslangan.
Metallar korroziyasi va qattiq qotishmalar. Hozirgi kunda metallar eng
muhim konstruktsion material bo`lib, turli sharoitda (havoda, suvda, yer ostida)
ishlaydi. Metallarning ishlash sharoitida ularni yemiruvchi ko`pgina
moddalar
bo`ladi. Bunday sharpoitda metallar qisman yoki butunlay yemirilishi, ya'ni
korroziyaga uchrashi mumkin. Metallarning korroziya tufayli bo`ladigan
isrofgarchiligi yiliga bir necha mln. tonnani tashkil etadi. Binobarin, metallar
korroziyasi xalq xo`jaligiga kata ziyon yetkazadi. Shuning uchun, ularni
korroziyadan asrash davlat ahamiftiga ega bo`lgan muhim masaladir.
Metallar
korroziyasining oldini olish uchun esa, avvalo, korroziya jarayonining mohiyatini,
uning turli sharoitda qanday borishini bilish zarur.
Ma'lumki, metallarning juda ko`pchiligi tabiatda kimyoviy birikmalar
tarkibiga kirgan holda bo`ladi va ularning bu holati eng barqaror holat hisoblanadi.
Metallurgiya jarayonlarida metallar anna shu birikmalaridan ajratib olinadi va
bunda metallarning barqaror holati buziladi, ammo metallar qulay sharoit kelganda
barqaror holatini tiklaydi, ya'ni kislorod va boshqa elementlar bilan birikadi.
Korroziyaning sodir bo`lish jarayoni ana shundan iborat.
Metallarning tashqi muhit bilan fizik – kimyoviy o`zaro ta'siri
oqibatida
yemirilishi
metallar korroziyasi
deb ataladi.
Metallar korroziyalanganda ularning fizikaviy va mexanikaviy xossalari
pasaayib ketadi. Korroziya hodisasi mashinalarning ishqalanuvchi qismlari
orasidagi ishqalanishni kuchaytiradi, asbob va apparatlarning elektrik xossalarini
pasaytiradi.
Metallarning korroziyalanish tezligigina emas,
balki ularning sirtida
korroziyalanganjoylarning qanday taqsimlanishi ham nihoyatda muqimdir. Agar
metalning butun sirti bir qadar tekis korroziyalangan bo`lsa, bunday korroziya
tekis
korroziya
deb ataladi. Agar metall sirtining ko`p qismi korroziyalanmay, ayrim
joylarigina
korroziyalansa,
bunday
korroziya
mahalliy
korroziya
deyiladi.
Korroziya qanchalik notekis bo`lsa, u shunchalik xavflidir. Po`lat va ba'zi metallar
chuchuk va sho`r suvda, tuproqda, ba'zi oksidlovchi muhitda, ko`pincha, mahalliy
korroziyalanadi. Metall donalari (kristallitlari) chegarasi yemirilsa, bunday
korroziya
kristallitlararo korroziya
deb ataladi. Korroziyaning
bu turi nihoyatda
xavflidir, chunki bunday korroziyalangan metalning mexanikaviy xossalari kuchli
darajada pasaygan bo`lishiga qaramay, uning tashqi ko`rinishi deyarli
o`zgarmaydi. Metallga agressiv muhit va mexanikaviy (statikaviy va dinamikaviy)
kuchlanishlar bir vaqtda vaqtda ta'sir etsa bu metallda
korrozion darzlar
hosil
bo`ladi.
Metallarning korroziyalanish jarayoni xarakteriga ko`ra, barcha korroziya
hodisalarini ikkita kata guruhga bo`lish mumkin:
1.
Kimyoviy korroziya
2.
Elektrokimyoviy korroziya.
Do'stlaringiz bilan baham: