Kimyo (5110500-Geografiya o’qitish metodikasi ta’lim yо‘nalishi talabalari uchun о‘quv qо‘llanma)



Download 3,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/55
Sana23.06.2022
Hajmi3,23 Mb.
#697832
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
fayl 1716 20210831

Elektrokimyoviy korroziya. 
Metallarning elektr toki o`tkazadigan suyuq 
muhitda – elektrolit eritmalarida yemirilishi 
elektrokimyoviy korroziya 
deyiladi. 
Bunday korroziya elektrolit eritmasida metall zarrachalarining eritmaga o`tishidan 
iborat. Bir jinsli bo`lmagan metall elektrolit eritmasiga, masalan, dengiz suviga, 
kislota ertmasiga ishqor eritmsiga va boshqalarga tushirilganda shu metall sirtida 
ko`pdan–ko`p mikrogalvanik elementlar hosil bo`ladi. Bunda pontentsiali patroq 
zarralar (qo`shimcha zarralari) esa katod rolini o`ynaydi. Mikrogalvanik 
elementlarda xam odatdagi galvanik elementlardagi kabi, anod eriy boradi. 
Metallar (qotishmalar), ko`pincha bir jinsli bo`lmaydi. Bunday metall 
elektrolit eritmasiga tushirilganda uning bir jinsli bo`lmagan ayrim donalarida 
potentsial turlicha bo`ladi, metall massasi orqali orqali o`zaro tutashtirilganidan 
ko`pdan-ko`p mikrogalvanik elementlar hosil qiladi.. Masalan, ferrit bilan 
tsementitdan iborat po`lat (evtektoid po`lati) elektrolit eritmasiga tushirilsa
tsementit zarralari bilan ferrit zarralari mikrogalvanik elementlar hosil q.iladi, 
bunda ferrit zarralari anod rolini, tsementit zarralari esa katod rolini o`ynaydi, 
natijada ferrit eriy boradi, ya'ni po`lat elektroximiyaviy korroziyalanadi. 
Toza metallar va bir fazali qotishmalarning korroziyabardoshligi fazalar 
aralashmasidan iborat qotishmalarnikiga qaraganda yuqori bo`lishi kerak degan 
xulosa kelib chiqadi. Masalan, toblanib, strukturasi .martensitga aylantirilgan 
po`latning korroziyalanish darajasi yumshatilgan yoki yuqori temperaturada 
bo`shatilgan (strukturasi perlit, sorbit yoki troostitga aylantirilgan) xuddi shunday 
po`latnikiga qaraganda past bo`ladi. Ammo bir fazali qotishmalarda ham elektrod 
potentsiali asosiy metallnikidan o`zgacha qo`shimchalar albatta bo`ladi. Shuning 
uchun elektroximiyaviy korroziya bir fazali qotishmalarda ham bo`lishi mumkin. 
Shuni ham ta'kidlab o`tish kerakki, elektrolit eritmasiga tushirilgan ikki metalldan 
qaysi birining potentsiali kichik bo`lsa, o`sha metall yemiriladi (korroziyalanadi). 
Metallarning potentsiallari qiymati esa ularning kuchlanishlar qatoridagi o`rniga 
bog`liq. Eng muhim metallarning kuchlanishlar qatorini keltirib o`tamiz: 
Na, Mg, Al, Mp, Zn, Cr, Fe, Co, Ni, Sn, Pb, H2, Sb, Bi, Cu, Ag, Au. 
Bu qatorda har bir metall elektr kuchlanishining, ya'ni o`z tuzi eritmasiga 
solinganda vujudga keladigan potentsiallar ayirmasining qiymatiga qarab 
joylashtirilgan. Bu qatorga vodorod ham quyilgan va uning potentsiali nolga teng 
deb olingan. Demak, vodoroddan chapdati metallarning vodorod potentsialiga 
nisbatan potentsiallari musbat, o`ngdagi metallarniki esa manfiydir. Kuchlanishlar 
k.atoridagi metallarning potentsiallari qiymatini quyidagi jadvalda keltirib o`tamiz. 
Metallarning kuchlanishlar qatori amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. 
Masalan, dengiz kemalarining suv ostida bo`ladigan -metall qismlarini 


korroziyadan saqlashda metallarning kuchlanishlar qatoridan foydalaniladi. Buning 
uchun kemaning suv osti qismiga kuchlanishlar qatorida ancha chapda turgan 
metall, 
masalan, 
magniy 
quymasi 
ulanadi, 
buning 
natijasida magniy 
korroziyalanib, kemaning suv osti qismi saqlanib qoladi. Yerga ko`milgan 
trubalarni korroziyalanishdan saqlash uchun ham ana shu usuldan foydalaniladi. 
Bu usul 
zlektroximiyaviy himoyalash 
deb, kuchlanishlar qatorida himoyalanadigan 
metalldan ancha chapda turgan metall, masalan, magniy quymasi esa 
protektor 
deb 
ataladi. 

Download 3,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish