Radial usulida mavzu bo’yicha ma’lum bo’lgan
tushunchalarni faollashtirish
13-ma’ruza.
Organik bog’lovchilar turlari,
xossalari,
ishlab
chiqarish usullari.
Organik bog’lovchi moddalar haqida ma’lumot.
Organik bog‘lovchi moddalar nafaqat yo’l qurilishida, balki
sanoat korxona maydonlari, yo’lka qurilishlarida,
tombop va
gidroizolyasiya ashyolari ishlab chiqarishda hamda radioaktiv
nurlardan saqlanishda keng ishlatiladi. Respublikamizda
ishlatilayotgan bitumlarni 60–70 % yo’l qurilishiga, 20–24 %
umumiy qurilishga, 5–7 %
tom yopish ishlariga, 1–2 % maxsus
ishlarga sarflanadi. Organik bog’lovchilarning afzalligi ular tosh
ashyolar bilan yaxshi yopishadi, ularning sirtida nam va zararli
muhitlarga
chidamli parda hosil qiladi, xohlagan quyuklikda
tayyorlab ashyoning yuzasiga surtish yoki shimdirish mumkin,
bog’lovchi sifatida mayda va yirik to’ldirgichlarni o’zaro
yopishtiradi, shu bilan birga yaxlit, zararli muhitga chidamli
buyum hosil qiladi.
13-ma’ruza.
Organik bog’lovchilar turlari, xossalari, ishlab
chiqarish usullari.
Organik bog‘lovchilar asosida tashkil topgan asfaltobeton yo‘l qoplamalari
elastik materialdan iborat bo‘lib, transport vositalari qatnovi natijasida
vujudga keladigan shovkinni kamaytiradi, transport xarakati xavfsizligini
ta’minlaydi. Organik boglovchi materiallar deb, issik-sovuk ta’sirida
fizik-
mexanik xossalarini uzgartirib, yukori molekulali birikmalardan xosil
bulgan tabiiy yoki sun’iy, kattik, plastik, xamda suyuk bulgan moddalar
gruppasiga aytiladi.
Organik boglovchi materiallar, qanday xom ashyodan olinganligiga qarab,
bitumli va katronli xillarga bo’linadi.
Organik boglovchi materiallar yo’l qoplamasini qurish, yo’lkalar,
maydonlar, tomga yopiladigan rulon
va gidroizolyasion materiallar, beton
va metallarni zanglashdan saqlash, hamda radioaktiv nurlanishidan saqlash
uchun keng ko’lamda qo’llaniladi.
Tabiiy organik boglovchi materiallar qadimdan ma’lum bo’lib, 4000 yildan,
Vavilon hamda Misrda qurilish materiali sifatida ishlatib kelingan.
13-ma’ruza.
Organik bog’lovchilar turlari, xossalari, ishlab
chiqarish usullari.
●
Yangi tog jinslari, ya’ni ohaktoshning topilishi bilan asfalt
materiallarni qo’llash birmuncha kamaydi, lekin 17-chi asrdan
boshlab, asfaltga yana qiziqish boshlandi.
SHu orada Eron,
Kuba, SHveysariya hamda Fransiya mamlakatlarida asfalt
qatlamlari aniqlandi. Yo’llar, ko’priklar qurishda asfalt keng
qo’llanila boshladi.
●
Bizning mamlakatimizda 1925-1927 yillardan boshlab organik
boglovchi materiallarni ishlatish ustida xar xil ilmiy ishlar olib
borildi. Ilmiy ishlarning natijasida Davlat umumittifok
standarti (GOSTlar) vujudga keldi.
13-ma’ruza.
Organik bog’lovchilar turlari, xossalari, ishlab
chiqarish usullari.