Donador material aralashmasini fraktsiyalarga, bir-biriga yaqin bo`lgan o`lchamli zarrachalarni, ajratish uchun uch xil klassifikatsiyalash qo`llaniladi:
- mexanik usul, bunda sochiluvchan materiallarni elak, to`r va shunga o`xshash moslamalarda elab olinadi. Mexanik klassifikatsiyada o`lchami elak teshigidan kichik bo`lganlari undan o`tib ketadi. O`lchami katta bo`lgan bo`laklar yoki donachalar esa, yana qayta maydalashga jo`natiladi; - gidravlik klassifikatsiya qattiq zarrachalar aralashmalarini suyuqlikda cho`kish tezligi asosida fraktsiyalarga ajratadi;
Havo yordamida ajratish - qattiq zarrachalar aralashmasini havoda cho`ktirish yordamida amalga oshiriladi.
Klassifikatsiyalash yordamchi jarayon sifatida qo`llaniladi, ya’ni materialni maydalashdan oldin mayda fraktsiyasi ajratib olinadi. Ushbu jarayon, yirik bo`laklarni elab olib, qayta maydalashga jo`natish uchun, yana kerakli o`lchamdagi tayyor mahsulotni ajratib olish uchun ham qo`llanishi mumkin. Mexanik klassifikatsiyalash yana ajratish (yoki elash) deb ham nomlanadi. Bu usulda zarrachalar o`lchami millimetrni bir necha ulushdan toki bir necha santimetr o`lchamli materiallarni ajratish uchun qo`llaniladi. Klassifikatsiyalash jarayoni elash (groxot) yoki ajratish (separator) moslamalarida amalga oshiriladi.
Materiallarni elash uchun metall yoki boshqa material litslarida teshiklar hosil qilingan to`rlar, metall tserjenlari parallel joylashtirilgan kolosniklardan foydalaniladi. Elak teshigi ko`rinishi kvadrat yoki to`g`ri to`rtburchak shaklida bo`lishi mumkin. O`lchami esa 0,04 dan 100 mm gacha bo`ladi. Elak raqami, shu elak teshigi o`lchamining qiymati bilan bir xil bo`ladi.
To`rlar 2-12 mm qalinlikdagi metall litslardan 2-10 mm diametrlardagi teshikli qilib yasaladi. Teshiklar tiqilib qolmasligi uchun, teshik patsga qarab kengayib boruvchi shaklda qilinadi.
Kolosniklarni tserjenlardan trapetsidal ko`rinishda qilib yig`iladi. Moslamaning ko`rinishdagi bu yig`ish zarrachalar o`tishini osonlashtiradi.
Sochiluvchan materiallar perforatsiyali yuzaga nisbatan harakati davrida klassifikatsiyalash jarayoni sodir bo`ladi. Bunda, perforatsiya qilingan yuza qo`zg`almas yoki tebranma harakatda bo`lishi mumkin. Agar, perforatsiyali yuza qo`zg`almas qilib o`rnatilsa, uning ufqga nisbatan qiyalik burchagi, material ishqalanish burchagidan katta burchak otsida bo`lishi kerak.
Klassifikatsiyalash natijasida ikki xil mahsulot, ya’ni elangan va elanmagan mahsulotga ajraladi. Elangani mahsulot - teshiklardan o`tgani bo`lsa, elanmagani bu elakdan o`tmagan qismi bo`ladi.
Klassifikatsiyalash bir va ko`p martali bo`ladi. Oddiy klassifikatsiyalashda material bir marta elansa, ko`p martali klassifikatsiyada esa teshkilari turli o`lchamli bir nechta elaklardan o`tkaziladi.
Elaklar. Ma’lum bir qator fraktsiyalarni klassifikatsiyalab ajratib olish uchun quyidagi ko`p marotabali elash usuli qo`llaniladi (7.15-rasm):
- maydadan yirikga. Ushbu usulda material teshik ulchamlari ortib boruvchi bir necha elakdan ketma-ket o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi;
- yirikdan maydaga. Teshik o`lchamlari kamayib boruvchi elaklar biri-birini utsiga o`rnatiladi;
- kombinatsiyalangan.
Sanoatda harakatchan va qo`zg`almas turdagi elaklar ishlatiladi. Elaklarning ko`p qo`llaniladigan turi-qo`zg`almas elaklardir. Elaklar tebranuvchan, barabanli, siltalanuvchan, diskli, g`ildirakli, kolosnikli va zanjirli bo`lishi mumkin. 7.16-rasmda tebranuvchan elak sxemasi tasvirlangan.
Elak krivoship mexanizmi yordamida tebranma harakat kiladi. Elangan mahsulot patsga teshikdan to`kiladi, elanmagani esa elak bo`ylab harakatlanib, qayta maydalashga jo`natiladi. Bir qancha fraktsiyalarga ajratish uchun tebranuvchi elaklar ko`p qavatli qilinadi. Material qurilmaning eng yuqorisiga to`kiladi. Katta o`lchamli material yuqori qavatda qoladi, maydalari esa patski qavatda to`planadi. Katta o`lchamli bo`laklari yana qaytadan maydalashga jo`natiladi.
Teshikli tebranuvchan g`alvir-mashinaning afzalliklari: g`alvirlash samaradorligi yuqori; ixcham; ta’mirlash qulay.
G`alvir mashinaning kamchiliklari: kontsruktsiyasimukammal emas; saralash paytida silkinib, tebranib ishlaydi.
Rolikli elaklar harakatchan kolosnikli mashinalar qatoriga kiradi. Bu turdagi mashinalarda elash yuzasini parallel o`rnatilgan. Aylanuvchi o`qlarga mahkamlangan disk yoki roliklar bajaradi. Ajratilayotgan material disk yoki g`ildirak utsida harakatlanadi va ular orasidagi tirqishdan patsga tushadi. Elangan material elakning oxiridan tashqariga to`kiladi.
Materialni uzluksiz silkinishi tufayli uning g`ildirak yoki disklar bo`ylab harakatlangani uchun fraktsiyalarga ajralish samaradorligi ortadi.
Barabanli g`alvir-mashina esa, gorizontga nisbatan 4-7° burchak otsida joylashgan baraban bo`lib, uni to`rdan yoki taram-taram qilib temir litsdan yasalgan bo`lib, o`qga yoki tirgakli g`ildirakga o`rnatilgan bo`ladi. Barabanning ochiq tomonidan material yuklanadi. Baraban devori orqali mayda material elanadi, elakdan o`tmagani esa barabanning pats tomonidan to`kib olinadi. Barabanli g`alvir-mashina eng mayda zarrachalarni yirik bo`laklarda klassifikatsiyalash uchun ishlatiladi.
Falvir teshiklarini material harakatlanish yo`li bo`yicha o`zgartirish, ya’ni kattalashtirish ham mumkin bo`ladi.
Barabanli g`alvir mashinaning kamchiliklari: ajratish samadorligi va unumdorligi kichik.
Donli, krupali va boshoqli don mahsulotlarini tozalash uchun gorizontal va vertikal tsilindrik don tozalash ajratgichlardan foydalaniladi. Ajratish jarayoni metall to`rli ajratgichlarda amalga oshiriladi.
Elak (to`r) teshiklari don aralashmasi harakati yo`nalishi bo`yicha kattalashib boradi. Aralashmani ajratish esa vertikal ajratgichda markazdan qochma kuch yordamida amalga oshsa, gorizontal ajratgichda esa tebranma harakat tufayli amalga oshiriladi.
7.17-rasmda barabanli markazdan qochma ajratkich (separator) ning sxematik ko`rinishi tasvirlangan.
Baraban bir necha qism (sektsiya) dan tashkil topgan. Tozalanmagan don yuqori sektsiyaga kelib tushadi. Markazdan qochma kuch ta’sirida boshoqli material barabanli ajratkichning g`alvirsilgan devor chetiga uriladi. Material tarkibidagi, qo`shimcha aralashmalar g`alvir orqali o`tib ketadi, elangani ajratgichdan chiqarib tashlanadi.
Don esa, tozalanadigan patski qismiga tushadi.
Tebranuvchi g`alvir mashinalarining elagi tekis yotiq bo`lib, tebratkich yordamida harakatga keltiriladi. Materialning elak utsida doim tebranib (silkinib) turishi tufayli, elak teshiklari to`lib qolmaydi va zarrachalar teshikdan o`tib ketadi. Ushbu jarayon tebranish chatsotasi va amplitudasini o`zgartirish yo`li bilan rotslash oson. Falvirda detallarni almashtirish qiyin emas.
Sochiluvchan materiallar tarkibidagi temir va cho`yan aralashmalarni tozalash elektromagnit ajratkich yordamida amalga oshiriladi (7.18-rasm).
Elektromagnit barabanli ajratkichda o`qga mos ravishda qo`zg`almas magnit joylashtiriladi. Bu magnit o`zgarmas elektr tokida ishlaydi. Baraban aylanganda uning yuzasi elektromagnit qutblari yaqinida joylashgan bo`ladi. Metall aralashmalar kuchli magnit maydon ta’siriga duch kelib, baraban yuzasiga yopishib qoladi. Magnit maydon ta’siriga tushmaydigan boshoqli materiallar bunkerga to`kilaveradi. Keyin esa, metall zarrachalar ham maydon ta’siridan uzoqlashgandan so`ng, ular ham bunkerdan tashqariga yig`iladi. Shu usulda donlarni metalldan ajratish mumkin bo`ladi.
Magnitli ajratkichlar metallarni mashinalarga yuklash jaraenida ham ishlatish mumkin bo`ladi.
Јattiq jismlar aralashmasini fraktsiyalarga gidravlik klassifikatsiyalash qattiq zarrachalarni suyuqlikda cho`kishininig umumiy qonuniga bo`ysunadi.
Gidravlik klassifikatsiyalash suv oqimining gorizontal yoki ko`tarilish harakatida amalga oshiriladi.
Oqim tezligi shunday tanlanadiki, bunda klassifikatordan kichik o`lchamli ma’lum zarrachalar oqim bilan chiqib ketsa - bu zarrachalar yuqori mahsulot deb nomlansa, klassifikatorning o`zida qoladigan zarrachalar o`lchami katta bo`ladi va u otski mahsulot deb nomlanadi.
Markazdan qochma kuch ta’sirida klassifikatsiyalash esa gidrotsiklonlarda amalga oshiriladi.
Havo yordamida ajratish gidravlik klassifikatsiyalashdan farqi shundaki, zarrachalarni havoda cho`ktirish tezligi suyuqlikda cho`kish tezligidan tezroq boradi. Havo yordamida ajratish, tsiklonli qurilmalarda havoning yuqoriga ko`tariluvchi oqimida amalga oshiriladi.
7.19-rasmda markazdan qochma ajratkich sxemasi ko`rsatilgan. Bunday ajratkichlarni tegirmondan chiqadigan havo oqimiga ulanadi. Yirik zarrachalar markazdan qochma kuch ta’sirida halqa (aylanma) oralik va konus devorlariga urilib ajratiladi. Yig`ilgan yirik zarrachalar konus devoridan sirpanib-dumalab qurilmaning patski qismidan ajratib olinadi. Ajralmagan mayda zarrachalar havo oqimi bilan birgalikda tsiklonga chiqib ketadi.