Tebranma tegirmonlar mayin yanchish uchun mo`ljallangan. Bu mashinalar barabandan iborat bo`lib, 70% hajm maydalovchi sharlar bilan to`ldirilgan. Uning ichida tebratgich o`rnatilgan bo`lib, u shar va materiallarni tebrantiradi. Bunday tegirmonlarning ishlash samaradorligi tebranish chatsotasi va amplitudaga bog`liq.
Odatda tebranish amplitudasi 2...4 mm bo`lganda, chatsotasi esa 1500...2500 min-1.
Kolloid tegirmonlar suspenziyalarni o`ta mayin yanchish uchun qo`llaniladi. Maydalash nam usulda olib boriladi. Kolloid tegirmonlarning asosiy qismi konus shaklidagi botiq qobiq va rotordir. Konus yuzali qobiq va rotor orasida tirqish bo`lib, uning qiymati 0,01-0,5 mm ga teng bo`ladi. Rotorning aylana bo`ylab tezligi 30...120 m/s. Јobiq va rotor orasidagi tirqishda suspenziya edirilish- usulida maydalanadi.
Markazdan qochma, romli kesgich. Odatda, bu turdagi mashina qand lavlagini parrak qilib kesish uchun mo`ljallangan (7.12-rasm).
Lavlagi bunker 1 orqali mashinaga yuklanadi, aylanayotgan moslama uni ilintirib oladi va markazdan qochma kuch ta’sirida kesuvchi pichoqlarga siqiladi. Natijada, pichoqning o`tkir qirralari bilan parraklarga kesiladi. Јirqalgan lavlagi parraklari mashina qobig`i va rom orasidagi bo`shliqga tushadi, so`ng esa lyuk orqali keyingi qayta ishlash jarayoniga uzatiladi. Kesuvchi pichoqlarni tozalash bug` yoki siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi.
Vertikal sabzavot kesgichlar. Mahsulotlarni tilimcha, kub, qalamcha va hokazo shakllarda kesish uchun mo`ljalangan. Ushbu mashina yuklovchi bunker, maydalash kamerasi va uzatmalardan iborat. Kesuvchi asbob sifatida elektr yuritkich yordamida aylantirilayotgan vertikal o`qga o`rnatilgan gorizontal disk xizmat qiladi.
Mashina, utsiga poliamid qatlami qoplangan, yuqori sifatli, rangli materialdan yasaladi. Kesilgan sabzavotlarni rangi va o`lchami pichoqning kontsruktsiyasi va konfiguratsiyasiga bog`liq (7.13-rasm). Go`sht maydalagich - kutter kontsruktsiyasi 7.14-rasmda keltirilgan.
Legirlangan po`latda yasalgan va aylanuvchi jomga go`sht avtomatik ravishda yuklanadi. Jomdagi freza shaklidagi kesuvchi asbob yordamida go`sht kerakli o`lchamlarda kesiladi. Kesish tezligi 130 m/s ni tashkil etadi. Jarayon vakuum otsida olib boriladi. Qobiq materiali va mashina qopqog`i jarayonni shovqin-suronsiz o`tkazish imkoniyatini beradi. Kesish natijasida hosil bo`layotgan qiyma uzlukli, qiya tamba yordamida avtomatik to`kib turiladi. Qopqoq va qobiq birikmasini zichlash maxsus polimer qitsirmalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |