Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари



Download 3,4 Mb.
bet6/10
Sana02.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#876906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-мавзу 50e4d65018b5c214096502fe3e1ac894

Diskli tegirmonlar. Bug`doy, kunjara, arpa, sholi va quruq nonlarni mayda va mayin yanchish uchun ishlatiladi. Bunday mashinalarda ishchi qism sifatida ikkita taram-taram vertikal disklar xizmat qiladi. Ulardan biri gorizontal o`qda aylanadi, ikkinchisi esa - qo`zg`almas bo`ladi. Xom-ashyo uzluksiz ravishda ikki disk bo`shlig`iga uzatiladi va u erda maydalanadi. Ikkila disk orasidagi masofa materialning maydalanish darajasini belgilaydi. Diskning aylana bo`ylab harakat tezligi 7...8 m/s.
Bolg`a, plita, disk va to`r pardalar edirilishga chidamli marganetsli yoki qattiq qotishma bilan qoplangan uglerodli po`latlardan tayyorlanadi.
Meva va rezavorlarni maydalab, ularning sharbatini qoldiqlardan ajratish uchun tsentrifugasi bor diskli tegirmon ishlatiladi (7.8-rasm).
Mashina qobig`i ichidagi o`qga qirg`ichli disk o`rnatilgan bo`lib, u konussimon rotor yordamida aylantiriladi. Xom-ashyo yuklovchi bunker 2 orqali savat 9 ga uzatiladi. Savatning devori temir to`rdan yasaladi va u filtrlovchi yuza vazifasini ham bajaradi.
Maydalangan xom-ashyo markazdan qochma kuch ta’sirida ikkita, ya’ni sharbat va turpga ajraladi.
Sharbat, aylanuvchi savatning to`r devorlaridan, halqasimon bo`shliqqa filtrlanib o`tadi va chiqish patrubkasi orqali mashinadan to`kiladi. Turpi esa, qopqoq otsidagi bo`shliqdan turpni chiqarish patrubkasidan tashqariga uzatiladi.
Juvali maydalagichlar ikkita parallel tsilindrik juvadan iborat bo`lib, bir-biriga qarab aylanadi va ezish usulida materiallarni maydalaydi.
Tekis juvali maydalagichlar tsanina 1 va juva 3,5 lardan tarkib topgan (7.9-rasm). Juva 1 ning podshipniklari qo`zg`almas qilib mahkamlansa, juva 2 esa harakatchan podshipniklarda o`rnatiladi va u siljishi mumkin. Juva 3 prujinalar 2 yordamida ma’lum bir holatda ushlab turiladi. Agar, maydalagichga katta va mutsahkam bo`lak tushib qolsa, prujina siqiladi va juvalar tirqishi ortishi natijasida ushbu bo`lak mashinadan o`tib ketadi. Ko`pincha, har bir juva alohida harakatga keltirilishi mumkin.
Bu turdagi maydalagichlarning asosiy xarakteritsikalariga: juva diametri D va uning uzunligi L kiradi.
Tekis juvali maydalagichlar o`rtacha va mayda yanchish uchun ishlatiladi, chunki u ilintiradigan bo`lakning o`rtacha o`lchami 0,05D dan kichik.
O`rtacha mutsahkamlikdagi mo`rt materiallarni maydalash uchun tishli, juvali mashinalar qo`llaniladi.
O`rtacha mutsahkamlikdagi mo`rt materiallarni juvali mashinalardi qayta ishlanganda i =10...15 maydalash darajasini olish mumkin. Yuqori mutsahkamlikdagi materiallarni maydalashda esa, i=3...4 dan ortmaydi.
Juvali maydaligichlar quyidagi afzalliklarga ega: sodda va ixcham; ekspluatatsiyada ishonchli.

Kamchiliklari: maydalangan materiallar yassi bo`laklardan iborat; yuqori mutsahkamlikka ega materiallarni maydalash uchun kam yaroqli.

Juvali maydalagichni hisoblash quyidagi parametlarni ilintirish burchagi, ilintirilayotgan bo`lakning eng katta o`lchami, juvalar tezligi va ish unumdorligini aniqlashdan iborat.
Ilintirish burchagi odatda 18° atrofida bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Tekis juvalar material bo`laklarini tortib olish uchun ilintirish burchagi -materialning ishqalanish burchagi dan kichik, ya’ni bo`lishi kerak.
Ilintirilayotgan bo`lakning eng katta o`lchami dk=2r bo`lgani uchun:


(7.18)

bu erda e - juvalar orasidagi tirqish o`lchamining yarmi; R-juva radiusi.


Juvalar bir-birga zich o`rnatilganida (2e = 0):




(7.19)

Agar, cos = 18° ligini hisobga olsak:



Amaliyotda maydalanayotgan bo`laklarning eng katta o`lchami juvalar diametridan 20-25 marta kichik bo`ladi.
Juvalar tezligi. Juvalar maksimal aylanish sonini material bo`laklarining ular orasidan sirpanib o`tib ketmasligi shartidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yuqorida qayd etilgin shart asosida va L.B. Levenson formulasiga binoan:


(7.20)
bu erda f - materialni juvaga ishqalanish koeffitsienti (f=0,3); - material zichligi, kg/m3; dK - xom-ashyo bo`laklarining o`lchami, m; D - juva diametri, m;
Odatda juvalarning aylana bo`ylab tezligi 3...6 m/s bo`ladi.
Ish unumdorlik. Juvali maydalagichlarning nazariy ish unumdorligi Q ushbu formuladan aniqlanadi.


(7.21)

bu erda -maydalangan materialning yumshash koeffitsienti (= 0,2-0,3); L-juva uzunligi, m; chiziqli o`lchamlar D, n, L, e - m, zichlik esa - kg/m3 .





Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish