Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари



Download 3,4 Mb.
bet3/10
Sana02.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#876906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-мавзу 50e4d65018b5c214096502fe3e1ac894

Yuza nazariyasiga binoan, maydalash jarayonidagi ish, materialni parchalanish yuzasi bo`yicha molekulalar tortishiщ kuchini engishga sarflanadi. Ushbu nazariyaga ko`ra, maydalash uchun zarur ish, maydalanish natijasida yangi hosil bo`layotgan yuzalarga proportsionaldir.
Hajmiy nazariyaga binoan, maydalash jarayonidagi ish material deformatsiyasiga, ya’ni eng yuksak parchalanish deformatsiyasiga etkazish uchun sarf bo`ladi.
Maydalash jarayonida tashqi kuchlar ta’sirida bajarilgan hamma ish A Rittinger tenglamasi orqali aniqlanadi:


(7.9)

bu erda AD - parchalanayotgan bo`lak hajmining deformatsiyasiga sarflanayotgan ish, J; Ayu - yangi yuza hosil qilish uchun sarflanagan ish, J; K1-jismning hajm birligini deformatsiya qilish uchun sarf bo`lgan ishga teng proportsionallik koeffitsienti; K2-yangi yuza hosil kilish uchun sarflangan ishga teng proportsionallik koeffitsienti; V - parchalanayotgan jism hajmining o`zgarishi; F- yangi hosil bo`lgan yuza.


Rittinger maydalash gipotezasiga binoan, ish maydalash paytidagi hosil bo`lgan yuza qiymatiga to`g`ri proportsionaldir.


Maydalash darajasi katta maydalash jarayonida jism bo`lagi deformatsiyasiga sarflanayotgan ishni hisobga olmasa bo`ladi. Unda FD2 ekanligini nazarda tutib, ushbu formulani olamiz:


(7.10)

bu erda D - jism bo`lagining o`lchami; - proportsionallik koeffitsienti.


Rittinger nazariyasi quyidagi holatlardan kelib chiqadi: masalan, kub qirrasining uzunligi n, maydalangandan so`ng esa 1/n bo`ladi.


Maydalash jarayonini tashqi kuchlar ta’sirida jism qirralarga parallel tekisliklar bo`ylab parchalanadi deb qarash mumkin.
Agar parchalanish aa, bb va cc tekisliklar bo`yicha parchalansa, unda 8 ta n/2 uzunlikka ega qirrali yangi kublar hosil bo`ladi (7.2-rasm).
Agar, n/3 bo`lsa 27 ta, n/4 da esa 64 yangi mayda kublar olish mumkin.
Demak, maydalash uchun sarflanayotgan ish, maydalash darajasiga proportsional:
(7.11)
bu erda

Unda, maydalash uchun sarflanayotgan ish, maydalash natijasida hosil bo`layotgan bo`laklarning chiziqli o`lchamlariga teskari proportsional:


(7.12)


Maydalash darajasi kichik, lekin yirik maydalash jarayonida yangi yuza hosil qilish uchun sarflanayotgan ishni hisobga olmasa bo`ladi. Unda, V D3 ekanligini inobatga olsak, quyidagi formulani olamiz:


(7.13)

(7.13) tenglama Kik-Kirpichev gipotezasini ifodalaydi, ya’ni maydalash jarayonidagi ish, maydalanayotgan bo`lak hajmiga to`g`ri proportsional.


(7.9) formuladagi qo`shiluvchilarni hisobga olmaslikning iloji bo`lmasa, quyidagi tenglamani keltirib chiqarish mumkin:


(7.14)

Ushbu tenglama Bond tenglamasi deb nomlanadi, ya’ni maydalash jarayonidagi ish, hajm va yuzalarning o`rtacha geometrik qiymatiga to`g`ri proportsional.


Mahsulotlarni kesib maydalashdan maqsad, unga zarur shakl, o`lcham va yuzalarini sifatli qilishdir. Materiallarni kesish jarayonida chegaraviy qatlam buziladi va natijasida bo`laklarga ajraladi. Material parchalanishdan avval elatsik va qayishqoq deformatsiyalarga duchor bo`ladi. Ushbu deformatsiyalar kesuvchi asbobga ko`rsatilayotgan ma’lum kuch ta’sirida hosil bo`ladi. Ta’sir etayotgan kuchlanish materialning vaqtincha qarshiligiga teng bo`lgan holdagina materialning parchalanishi boshlanadi.
Kesish uchun sarflangan ish elatsik va qayishqoq deformatsiyalar, hamda kesish asbobining materialga ishqalanishini engishga sarflanadi.
Jismlarni kesish uchun sarflangan ish A akad.Pryachkin V.P. formulasi orqali ifodalanishi mumkin:


(7.15)

bu erda As-mahsulotni siqish uchun sarflangan ish, J; Af-kesish foydali ishi, J. Siqish uchun sarflangan ish As = Ehs/h, bu erda E - kesuvchi pichoq bilan materialni siqish shartli moduli, J; hc - siqilgan qatlam balandligi, m; h - qatlamning boshlang`ich balandligi, m; Foydali ish Af=Fkes(h-hc), bu erda Fkes-kesish kuchlanishi.


Oziq-ovqat sanoatida kesish uchun turli xil va shakldagi pichoqlar qo`llaniladi: to`g`ri burchakli, diskli, lentali, o`roqsimon va boshqalar. Kesish asboblari qo`zg`almas, tebranma, aylanma, ilgarilama-qaytma harakatli bo`lishi mumkin.



Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish