Кимёвий технология асосий жараён ва курилмалари


Maydalagichlar kontsruktsiyalari



Download 3,4 Mb.
bet4/10
Sana02.12.2022
Hajmi3,4 Mb.
#876906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-мавзу 50e4d65018b5c214096502fe3e1ac894

7.4. Maydalagichlar kontsruktsiyalari

Maydalash mashinalari ikki xil bo`ladi: maydalagich- va tegirmonlar. Maydalagichlar yirik va o`rta maydalash uchun, o`rta, mayda, mayin va o`ta mayin maydalash uchun esa, tegirmonlardan foydalaniladi.


Turli xil darajada maydalash uchun xilma-xil mashinalar ishlatiladi (7.3-rasm).





7.3-rasm. Maydalagichlar klassifikatsiyasi.
Kesish mashinalari platsinali, diskli, rotorli, oqimchali va boshqa turli bo`ladi.
Hamma maydalash va kesish mashinalariga quyidagi talablar qo`yiladi: maydalangan material bo`laklari bir xil bo`lishi; maydalangan bo`laklar ishchi bo`shlig`idan chiqarilishi; minimal chang hosil bo`lishi; uzluksiz va avtomatik to`kilishi; maydalanish darajasini rotslash sharoiti; tez-ediriladigan ishchi qismlar oson almashtirish sharoiti; energiya sarfi kichik bo`lishi zarur.
Jag`li maydalagichlarda qo`zg`almas va harakatchan plitalarning uzlukli yaqinlashishidan hosil bo`lgan konusli kamerada materialni ezish va yorish usullari bilan amalga oshiriladi (7.4-rasm).
Maydalangan material harakatchan plita orqaga yurishi paytida maydalagichdan to`kiladi.
Maydalagich jag`lari oson echiladigan, edirilishga chidamli, qirrali plitalar bilan qoplangan bo`lishi kerak. Harakatchan plita qo`zg`almas o`qga mahkamlanadi va ekstsentrik o`q orqali shatun yordamida tebranma harakatga keltiriladi. O`z navbatida shatun sharnir datsak 12 orqali harakatchan plita va rotslovchi ponalar 8 va 11 lar bilan bog`langan. Ushbu ponalarni surilishi rotslovchi boltlar yordamida amalga oshiriladi va chiqish yo`li enini kerakli o`lchamda o`rnatilishiga olib keladi. Bu esa to`g`ridan-to`g`ri materialni maydalash darajasiga ta’sir etadi. Tyaga 13 va prujina 9 lar yordamida plita 1 ning qaytar harakatiga erishiladi. Shatun 7 va yirib turuvchi plitalar tirsakli datsakni tashkil qiladi. Maydalagich kontsruktsiyasining asosi bo`lib tirsakli datsak hisoblanadi va yuqori bosimlar hosil qiladi.
Jag`li maydalagichlar tuzilishi sodda va ish jarayonida ishonchli. Ammo, uning tarkibida tebranuvchi massalar (ya’ni xarakatlanuvchi plita, tirsakli datsak va hokazo) bo`lgani uchun uni og`ir poydevorlarga o`rnatish zarur.
Jag`li maydalagich ishining asosiy parametrlari: ilintirish burchagi; o`qning aylanish chatsotasi; ish unumdorligi va energiya sarfi.
Materialning maydalanish darajasiga ilintirish burchagi katta ta’sir ko`rsatadi. Agar, katta bo`lsa, maydalanish darajasi i ortadi.
Odatda, ushbu burchak qiymati =1522° oraligida bo`ladi.
Harakatchan plitaning bir holatdan ikkinchisiga o`tish davri =30/n. Bu vaqt ichida material S=g2/2=(g/2)(30/n)2=450g/n2 masofani bosib o`tadi.
Agar, harakatchan plita tebranish yuli l (sm) bo`lsa, maydalagich kamerasidagi material balandligi h=l/tg ga teng bo`ladi.
Og`irlik kuchi ta’siri otsida materialning to`kilishi l/tg450g/n2 bo`lgan shart bajarilsa amalga oshadi.
Harakatchan plitaning juft tebranish soni n (min-1) ushbu formuladan topiladi:
(7.16)

= 22° bo`lgan holda maydalagichning ish unumdorligi quyidagi formuladan aniqlanadi:




(7.17)

bu erda - maydalangan materialning yumshash koeffitsienti (=0,2...0,65); dur - maydalangan material bo`laklarining o`rtacha o`lchami, sm; l - plita yurish yo`li-ning uzunligi, sm; b - to`kish tirqishining uzunligi, sm; n – 1 minut ichida juft tebranishlar soni; - material zichligi, kg/m3.


Maydalagichning 1 t/soat ish unumdorligida uchun 400...1500 Vt energiya sarfi to`g`ri keladi.


Ushbu maydalagich afzalliklari: oddiy va ixcham, uncha katta joy egallamaydi; ishlatish oson va turli sohalarda keng tarqalgan.
Kamchiliklari: og`ir poydevor talab qiladi; binoni tebrantiradi; zarba va shovqin bilan ishlaydi.

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish