Qushlar bizning do`stimiz.
Hovlimiz yaqinida poliz bor. U yerda chigirtkalar ko`p. Ular ekinga zarar yetkazadi. Chigirtkalarni yo`qotish zarur. Bu ishda bizga qushlar yordam beradi. Qushlar galalashib uchib keladi. Ular chigirtkalarni terib yeydilar.Poliz chigirtkalardan tozalanadi.Hosil mo`l bo`ladi.Qushlar – bizning do`stimiz.
IV.O`quvchilar daftarlarida mustaqil yozadilar.
V.Baholash.Daftarlari tekshirish uchun yeg`ib olinadi.
VI.Uyda .Takrorlash.
MRO`TIBO`____________
Sana.
Mavzu. Diktant tahlili. Maqsad.
Ta`limiy:O`quvchilarning to`g`ri yozish malakalarini tekshirish. Tarbiyaviy: Chiroyli yozish orqali nafosat tarbiyasini berish.
Rivojlantiruvchi:Eshitib yozish ko`nikmasini oshirish
Dars jihozi:Diktant matni
Dars uslubi.Amaliy,tushuntirish
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
Davomiyligi
|
3
|
5
|
20
|
3
|
4
|
7
|
3
|
I.Tashkiliy qism.
O`quvchilar darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
II.O`quvchilarning daftarlari tarqatiladi.
Qo`yilgan baholar izohlanib, e`lon qilinadi.
III.Yo`l qo`yilgan xatolar ustida ishlanadi.
Masalan, o`quvchilar hovlimiz so`zini xovlimiz chigirtkalar so`zini chgirtkalar galalashib so`zini gallashib hosil so`zini xosil deb noto`g`ri yozib qo`yishlari mumkin.
IV.O`quvchilar mustaqil ishlaydilar.
Bu so`zlarni to`g`ri yozish kerakligi haqida ko`rsatmalar beriladi.O`quvchilar daftarlariga yozadilar.Yozib bo`lganlaridan keyin daftarlarini topshiradilar.
V.Baholash.Daftarlari tekshirish uchun yeg`ib olinadi.
VI.Uyda .Gap tuzish.
MRO`TIBO`____________
Sana
Mavzu. Gapning asosi
Maqsad.
Ta`limiy: Gapning asosi haqida ma`lumot berish.
Tarbiyaviy:Insoniy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Nutqdan gapni ajratish va uni yozma shakllantirish ko'nikmasini o'stirish;
Dars jihozi:Mavzuga mos ko`rgazmali va tarqatma materiallar
Dars uslubi.Amaliy,tushuntirish ,savol-javob,aqliy hujum
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
Davomiyligi
|
3
|
5
|
20
|
3
|
4
|
7
|
3
|
I.Tashkiliy qism.
O`quvchilar darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
II. Uy vazifasini tekshirish. Uyga vazifa o`qitiladi, o`quvchilar bilan savol javob o`tkaziladi.Daftarlar almashtiriadi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Quyida berilgan matndagi gaplarni o'qib,: Savol-javob qilaman.
«Men nechta gap o'qidim?»
Bahor keldi. Qirda lola ochildi. Daraxtlar gulladi. Qushlar uchib keldi.
To'rtta gap o'qiganimni qanday bildingiz?
(Gaplar orasida to'xtam qildingiz. Gapning oxirida ovoz pasaydi.)
Birinchi gap nima haqida aytilgan? (Bahor.)
Ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi gaplar-chi? (Lola.Daraxtlar. Qushlar.)
256- mashq matnini ichingizda (ovoz chiqarmay) o'qing va nechta gap borligini aniqlang. Uchta gap yozilganini isbotlang. Gaplar oxirida ovozingizni pasaytirib o'qing. Har bir gap kimlar haqida aytilganini bildirgan so'zlarni va ular haqida nima deyilganini bildirgan so'zlarni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |