Odamlar cho`lga suv keltirdilar.Paxtakorlar u yerlarga paxta ekishdi.Bog`bonlar mevazor bog`lar yaratishdi.
«Gapning asosini qanday aniqlaymiz va belgilaymiz?» so'rog'iga birgalikda javob berish, bu haqda darslikdan o'qish.
IV.Mustahkalash.Gapning asosini (gap kirn, kimlar yoki nima, nimalar haqida aytilganini va ular haqida nima deyilganini bildirgan so 'zlarni) aniqlash va belgilash ustida ishlash.
257- mashq. Gapning asosi haqidagi xulosa darslikdan o'qib, o'rganiladi.
O`quvchilar maktab hovlisiga gilos ko`chatini o`tqazdilar.Gilos mart oyida oppoq gulladi.Atrofga yoqimli hid tarqaldi.Gilos may oyida pishadi.Yosh bog`bonlarr mehnatlari mevasidan yeydilar.
V.Darsni уаkunlash va o`quvchilami baholash.
— Darsda nimalarni takrorlab bilib oldingiz?
IV. Uyga vazifa. 258- mashq.
MRO`TIBO`_________
Sana
Mavzu. Gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishini aniqlash.
Maqsad. Ta`limiy:Gapda so'zlarning bog'lanishi haqida ma`lumot berish. Tarbiyaviy.Insoniy axloqiy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Gapda so'zlarning bog'lanishi haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Dars jihozi:Mavzuga mos ko`rgazmaliva tarqatma materiallar
Dars uslubi.Amaliy,tushuntirish ,savol-javob,aqliy hujum
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
|
Davomiyligi
|
3
|
10
|
20
|
3
|
4
|
5
|
|
I.Tashkiliy qism.
O`quvchilar darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
II. Uy vazifasini tekshirish.Daftarlar almashtiriladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
259- mashqni bajarish.Gapning mazmuniga mos so`z qo`yib ko`chiradilar.
Qishda tipratikanlar shox-shabba tagida uxlaydilar.
Mana bahor ham keldi.Ona tabiat uyg`ondi.Tipratikanlar qish uyqusidan turdilar.
O'rni almashtirib berilgan so'zlardan gaplar tuzish.
260- mashq.
Matnda nimalar yozilgan? (So'zlar.)
Nima uchun bu so'zlar gap hosil qilmadi. (So'zlar o'zaro bog'lanmagan.)
So'zlardan gap tuzish uchun nima qilish kerak? (Avval gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so'zni topish kerak. Keyin shu so'zdan so'roq berib, u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni topish lozim. Shundan so'ng shu topilgan so'zlardan uni izohlagan so'zlarga so'roq berib, ularga mazmunan bog'langan so'zlarni topamiz va gapni tuzamiz.)
Masalan, birinchi gap nima haqida aytilgan. Nima? Yer.
Yer haqida nima deyilgan? Yer nima qiladi? Yer sevadi.
Yer nimani sevadi? (Mehnatni.) Yer mehnatni sevadi.
Qanday? sevadi (Juda.) Yer mehnatni juda sevadi.
Ikkinchi gap ham shunday yo'l bilan tuziladi.
VI.Mustahkalash. Gapda so 'zlarning bog 'lanishi haqida xulosalash va uni darslikdan o'qish.
So`zlar mazmun jihatidan o`zaro bog`lanib,gap hosil qiladi.
Gapda so'zlarning bog'lanishi yuzasidan mashq ishlash. 261-mashq.
Darsni yakunlash va faol o`quvchilarni baholash.
- Darsda nimalarni o'rgandingiz? Gapda so'zlarning bog'lanishini belgilashni bilish nima uchun zarur?
VI. Uyga vazifa. 262- mashq.
MRO`TIBO`____________
Sana
Mavzu. Gapda so'zlarning bog'lanishini aniqlash yuzasidan mashq.
Maqsad. Ta`limiy:Gapni tahlil qilish ko'nikmasini o'stirish (gap kim yoki nima haqida aytilganini va ular haqida nima deyilganini bildirgan so'zlarni hamda ularga bog'langan so'zlarni aniqlash). Tarbiyaviy.Insoniy axloqiy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi: Gapda so'zlarning bog'lanishi haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Dars jihozi:Mavzuga mos ko`rgazmaliva tarqatma materiallar
Dars uslubi.Amaliy,tushuntirish ,savol-javob,aqliy hujum
Darsning borishi.
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
|
Davomiyligi
|
3
|
5
|
20
|
3
|
10
|
4
|
|
I.Tashkiliy qism.
O`quvchilar darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
II. Uy vazifasini tekshirish. Uyga vazifa o`qitiladi, o`quvchilar bilan savol javob o`tkaziladi.Daftarlar almashtiriadi.
III.Mustahlamlash. Gapni tahlil qilish. Gapning chizmasini tuzish. 263- mashq birgalikda bajariladi: bir о 'quvchi (yoki о 'qituvchi) xattaxtaga, boshqalar daftarlariga yozadilar.
Gapni tahlil qilish tartibi ishlab beriladi, gapning chizmasi tuziladi. Mashqni bajarish tartibi o'quvchilarga quyidagicha o'rgatilishi mumkin:
1. Gapni o'qing. 2. Gap к i m yoki nima haqida aytilganini bildirgan s o'zni toping. Shu so'zga so'roq bering va tagiga bitta to'g'ri chiziq chizing. 3. Topgan so'zingiz haqida nima deyilganini bildirgan so'zni aniqlang, unga so'roq bering va tagiga ikkita to'g'ri chiziq chizing. 4. Gap к i m yoki nima haqida aytilganini bildirgan so'zdan uni izohlagan va unga bog'langan so'zga so'roq bering. So'zning bog'lanishini chiziq bilan ko'rsating. 5. Gap kim (yoki nima) haqida nima deyilganini bildirgan so'zdan (kesimdan) uni izohlab, unga bog'langan so'zga so'roq bering. So'zning bog'lanishini ko'rsating.
Aqlli bola mehnatni sevadi.
Uzluksi'z matnni gaplarga ajratish. 264- mashq.
O`quvchilar maktab bog`ida ishladilar.Qizlar bog` yo`laklarini supurdilar.O`g`il bolalar daraxtlarni oqladilar.Bog` yana ham ko`rkamlashdi.
IV. Mustaqil ish. Gaplarning o'rni almashtirib berilgan matnni asl holiga keltirish. 265- mashq.Avval bahor haqidagi ,keyin yoz haqidagi gaplarni ko`chiib yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |