Kibernetika


-amaliy mashg‘ulot uchun: Tilshunoslik va semiotika



Download 0,84 Mb.
bet85/86
Sana22.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#401634
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
sirtqi yusupova majmua

6-amaliy mashg‘ulot uchun: Tilshunoslik va semiotika



  • Reja:



    1. Semiotika.

    2. Lingvistik belgi nazariyasi.

    3. Tayanch tushunchalar: belgi, semiotika, V.Gumboldt, Shleyxer, Shteyntal, L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, F.de Sossyur, lingvistik belgilar, Morze alifbo sistemasi, musiqa ijrolari, mimika va imo-ishoralar, yorug'lik va tovush signallari.

    4. 1.Til kishilar o'rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi ma'lum voqyea-hodisa haqida axborot tashuvchi asosiy vosita. Bunday axborot tashishning boshqa yo'llari ham borligi ma'lum bo'ladi. Masalan, yo'l harakatidan ma'lumot beruvchi vositalar, yo'ldan o'tish-o'tmaslik xabarini beruvchi vositalar va h.k. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o'zi haqida, shu bilan birga, borliqdagi ma'lum narsa-hodisalar haqida ma'lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi. Inson o'zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. 30 Sosial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.

    5. Tilning belgilar sistemasi ekani uning asosiy xususiyati va universal tomonidir.

    6. XIX asr oxiriga qadar belgi nazariyasi bilan asosan faylasuflar shug'ullandilar. Faqat XIX asr oxiridan boshlab bu masala ruhshunoslarning ham diqqatini jalb etdi.

    7. Belgi haqidagi falsafiy nazariya o'zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi ellinlar narsaning mohiyati va ularning nomlanishi yuzasidan ilmiy bahslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangandilar.

    8. Faylasuflar ta'sirida XIX asrdan tilning umumiy nazariyasiga bag'ishlangan deyarli barcha lingvistik asarlarda so'z ikki tomonlama xarakterga ega bo'lgan belgi sifatida talqin qilina boshlandi. V.Gumboldt, Shleyxer, Shteyntal, L.Breal, A.Meye, F.Fortunatov, I.A.Boduen de Kurtene, asarlarida so'zga belgi nuqtai nazaridan yondashiladi. Lekin F.de Sossyur tilning belgili tabiatini aniq-ravshan yoritib berdi. Hatto belgi nazariyasi bilan shug'ullanuvchi alohida fan – semiologiya fani mavjud bo'lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini ta'kidladi.

    9. Hozirgi kunda belgilar sistemasini o'rganuvchi alohida fan – semiotika maydonga keldi.

    10. Til ham belgilar sistemasi sifatida e'tirof etilarkan, demak, u ham semiotikaning tarkibiy qismi sifatida qaralishi va semiotikaning boshqa qismlari bilan uzviy aloqada o'rganilishi lozim.

    11. Lingvistik belgilar bilan boshqa belgilar sistemasi (masalan, Morze alifbo sistemasi, musiqa ijrolari, mimika va imo-ishoralar, yorug'lik va tovush signallari va h.k.) muayyan umumiylikka ega. Ular quyidagilardan iborat:

    12. a) hammasi ma'lum axborot tashiydi;

    13. b) hammasi sosial hodisa. Chunki ular jamiyatga xizmat qilish uchun jamiyat tomonidan yaratilgan;

    14. v) hammasi moddiylikka ega (lekin bu moddiylik turlicha ko'rinishga ega: yorug'lik to'lqini, tovush to'lqini, grafik tasvir va h.k.);

    15. g) hammasi obyektiv borliqni ifodalaydi.

    16. Lingvistik belgilar bilan boshqa belgilar sistemasi o'rtasida yuqoridagi kabi umumiy jihatlardan tashqari, qator farqli tomonlar ham mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

    17. 1. Til kishilar o'rtasida eng muhim aloqa vositasi sanalib, u umuminsoniy xususiyatga ega. Barcha kishilar o'zining turli xil faoliyat doirasida lingvistik belgilar vositasida o'z fikrini bayon qiladi. Boshqa turdagi belgilar esa bu jihatdan ma'lum guruh doirasida chegaralangani bilan farqlanadi.

    18. 2. Lingvistik belgi har qanday axborotni, insonning ichki kechinmalarini chegaralanmagan holda ifodalash, boshqa belgilar esa chegaralangan axborotni ifodalash imkoniga ega. Masalan, musiqa insonning ichki kechinmalarini, hissiyotlarini ifodalashi mumkin. Lekin u tushuncha va hukmlarni ifodalolmaydi.

    19. 3. Lingvistik belgi kishilarning obyektiv olam haqidagi bilimlarini boshqalarga uzatish vazifasini bajarish bilan birga so'zlovchining mazkur axborotga munosabatini, ayni paytda, tinglovchiga ta'sir qilish vazifasini ham bajaradi. Bu jihatdan, boshqa belgilar sistemasi faqat axborot berish (imo-ishoralar, Morze alifbosi, yorug'lik to'lqini va h.k.) yoki tinglovchiga ta'sir qilish (muzika) vazifasini bajaradi.

    20. 4. Lingvistik belgilardan boshqa barcha belgilar sistemasi insonning sun'iy ijod mahsulidir. Ular ma'lum guruhning kelishuvi yo'li bilan sun'iy ravishda yaratiladi. Lingvistik belgilar esa jamiyatning u yoki bu a'zosi ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holda rivojlanadi. Har bir yangi avlod shu jamiyatning tarixiy tarkib topgan va uzluksiz rivojlanishda bo'lgan tilini o'zlashtiradi, keyingi avlodga yetkazadi.

    21. 5. Lingvistik belgining yana eng muhim belgisi uning diskretligi, ketma-ket joylashuvi va erkinligidir.

    22. Lingvistik belgalar inson kommunikativ faoliyatining asosini tashkil qiladi. Boshqa barcha belgilar sistemasi kommunikasiya jarayonida tovushlar yordamida ifodalanayotgan axborotga qo'shimcha axborotni bildirish yoki «tovush nutqi»ga yordamchilik qilish vazifasini o'taydi.

    23. Kishilar o'z nutqiy faoliyatida tez-tez qo'llab turadigan mimika va turli xil imo-ishoralar ham nutqni kuzatib boruvchi qo'shimcha vositalar sanaladi. Ba'zi o'rinlarda qisman uning o'rnini bosishi mumkin.

    24. Lingvistik belgilar inson kommunikativ faoliyatining asosini tashkil etadi. Boshqa barcha belgilar sistemasi kommunikasiya jarayonida tovushlar yordamida ifodalanayotgan axborotga qo'shimcha axborotni bildirish yoki «tovush nutqi»ga yordamchilik qilish vazifasini bajaradi.

    25. Kishilar o'z nutqiy faoliyatida tez-tez qo'llab turadigan mimika va turli xil imo-ishoralar ham nutqni kuzatib boruvchi qo'shimcha vositalar sanaladi. Ba'zi o'rinlarda qisman uning o'rnini bosishi mumkin.

    26. 2.Inson o'zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida uning unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.

    27. Tilning belgilar sistemasi ekani uning asosiy xususiyati va universal tomonidir. XIX asrdagi belgilar sistemasiga bag'ishlangan falsafiy asarlar orasida Ch.S.Pirsning asari alohida ajralib turadi. Semiotikaning asoschisi sanaluvchi Ch.Morrisning Ch.S.Pirs qarashlariga tayanishi ham bejiz emas. Garchi F.de Sossyurning “Umumiy lingvistika kursi” asarida Ch.S.Pirs asarlariga ishora sezilmasa ham, ammo bu ikki olamning belgilar haqidagi qarashlarida bir-biriga juda o'xshashlik bor. Shuning uchun R.O.Yakobson: ikki olimning belgilar sistemasining o'rganishdagi harakatida qandaydir genetic aloqa bormi yoki fikriy muvofiqlikni uchratamizmi, degan masalani hal qilish juda qiziqarli bo'lar edi”, - degandi.

    28. Ch.Pirs belgilarni birinchi marotaba tasnif qiladi. U tasnifda belgining moddiy tomoni – ifodalovchi bilan ifodalanmish o'rtasidagi farqlanishga asoslanadi. Ana shu belgi asosida Ch.Pirs belgilarni uch katta guruhga ajratadi:

    1. Sanam belgilar. Bunday belgilar ifodalovchi ma'lum darajada ifodalanmish bilan o'xshashlikka ega bo'ladi (masalan, hayvonlarning tasvir belgisi sifatida aks ettirilishi).

    2. Indeks belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi ifodalanmish bilan sabab-natija yoki boshqa munosabat (yaqinlik, makon va zamondagi bog'liqlik va h.k.) orqali bog'lanadi. Masalan, tutun olovning indeks belgisi sanaladi.

    3. Simvol belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi bilan ifodalanmish o'rtasida shartli, konvensional, motivlanmagan munosabat mavjud bo'ladi. Bu munosabat erkin va ma'lum qoida asosida vujudga keladi. Ana shu jihatdan lingvistik belgilar simvol belgilarga o'xshaydi. Lekin belgilar tipologiyasida alohida o'rin egallaydi.

    4. Motivlanmagan belgilar ichida lingvistik belgi alohida o'rin tutadi. Lingvistik belgilar konvensionalligi bilan motivlnmagan barcha belgilar bilan umumiylikni hosil qilsa-d, ammo axborot tashish imkoniyatining kengligi, diskretligi, akustikligi, ko'psathliligi va bu sath birliklari o'rtasidagi pog'onali (ierarxiyali) munosabatning murakkabligi bilan boshqa motivlanmagan belgilardan farqlanadi. Shuning uchun lingvistik belgi alohida tipdagi belgidir. F. de Sossyur ham lingvistik belgining qurilish modelini tavsiya etib, uning ikki asosiy tamoyilini belgilaydi: ifodalanmishning erkinligi va ketma-ketligi.

    5. Birinchi tamoyil ifodalovchi va ifodalanmish o'rtasidagi munosabat asosida belgilanadi.

    6. Bu o'rinda erkinlik atamasining ma'nosiga alohida ahamiyat berish lozim. Garchi lingvistik belgining ifodalovchi va ifodalanmish tomoni o'rtasidagi munosaabat erkin bo'lsa-da, lekin bundan so'zlovchi belgining ifodalovchi tomonini erkin tanlaydi, degan xulosaga kelmaslik lozim.

    7. So'zlovchi lingvistik belgining jamoatchilik tomonidan qabul qilingan ifodalovchi tomoniga ozgina bo'lsa-da o'zgarish kiritolmaydi. U o'zining til xotirasida o'zgacha bo'lgan ifodalovchi va ifodalanmish munosabatidan tashkil topgan lingvistik belgini bir butun holda o'zlashtiradi.

    8. Lingvistik belgining erkinligi faqat uning ifodalovchi tomoning ifodalanmish tomoniga nisbatandir. Chunki bu ikki tomon o'rtasida hech qanday tabiiy aloqa yo'q.

    9. Lingvistik belgining ikkinchi tamoyili ifodalovchining ketma-ketligidir. F. de Sossyur as arid mazkur tamoyil birinchi tamoyilga nisbatan kamroq o'rin olgan bo'lsa ham, lekin unga kata ahamiyat berildi. Ifodalovchi o'z tabiatiga ko'ra eshitish sezgisi orqali qabul qilinsh xususiyatiga ega bo'lgani tufayli vaqtda kengayib boradi. Shuning uchun u vaqt belgisiga ko'ra tavsiflanadi: a) u cho'ziqlik belgisiga ega; b) cho'ziqlik bir o'lchovli sanaladi.

    10. Lingvistik belgining ketma-ketligi uning oshqa belgilar bilan sintagmatik munosabatni ko'rsatadi. Lingvistik belgining mazkur xususiyati til va nutq aloqasiga ishora qiladi.

    11. Lingvistik belgining uchinchi xususiyati ham mavjud. Bu ifoda tomoning diskretligi, ya'ni mayda elementlarga ajralish xususiyatidir. Diskretlik lingvistik belgining ketma-ketlik xususiyati bilan uzviy bog'liq. Nutqiy jarayonda o'zaro ketma-ket qo'llanuvchi lingvistik belgilar parchalanish xususiyatiga ega. Ifodalovchi tomondan bo'linishning eng kichik parchasi tovush sanaladi. Shuningdek, belgi ifodalanmish tomondan ham parchalanish xususiyatiga ega. Masalan, opa leksemasi “qarindoshlik”, “bir bo'g'inga mansublik”, “kattalik”, “ayol jinsiga mansublik” smalari umumlashmasidir Lekin mazkur bo'linish ilmiy tafakkur mahsuli bo'lib, ifodalovchi bo'linishidan tamoman farqlanadi. Ifodalanmish tomondan bo'linishning eng kichik parchasi esa sema sanaladi.

    12. Tilshunoslikda tilning belgilar sistemasi ekaniga ikki xil yondashuv bor. Ularning birinchisi tilning belgilar sistemasi ekanini umuman rad etadi. Bu nazariya marksistik falsafaga zid idealistic nazariya sifatida baholanadi. Xususan, L.O.Reznikovning dastlabki asarlarida ushbu nuqtai nazar yorqin aks etadi. Uning fikricha, tilshunoslikda agnostisizm, birinchi navbatda, tining belgilar sistemsi ekani haqidagi nazariyada ifodalanadi. In'ikos nazariyasiga asoslangan dialektik materialistic ta'limot agnostisizmning mazkur ko'rinishini keskin tanqid qilish lozimligini ta'kidlaydi. Lingvistik belgi haqidagi nazariya g'ayriilmiy nazariyadir. U tilshunoslikka eng zararli agnostic qarashlarning kirib qolish vositasidir., shuning uchun uni fosh qiish va rad etish zarur deydi.

    13. R.A.Budagov ham lingvistik belgi haqidagi nazariyani inkor etadi. U har qanday milliy til ma'lum ifodalar sistemasigina emas, balki bu tilde muloqot qiluvchilarning barcha faoliyatini o'ziga xos aks ettirish natijasi hamdir, deydi. Uning ta'kidlashicha, tilning belgili tabiati konsepsiyasi milliy tilar tabiatini, shu bilan birga, lingvistikani ham nihoyatda kambag'allashtiradi.

    14. Lingvistik belgi nazariyasini inkor etuvchilarning hammasi lingvistik belgi tabiati haqidagi bir yo'nalish – monoletariistik ( belgining bir yoqlamaliligi) yo'nalihga nisbatan fikr yuritadilar. Belgini faqat shakldan iborat, degan fikrga asoslanadilar.

    15. B.A.Serebrennikov to'g'ri ta'kidlanganidek, lingvistik belgi nazariyasini umuman rad etuvchi olimlar ikki narsani – kommunikatsiya vositasi sifatida lingvistik belgi tabiati va belgi-ma'no-narsa (hodisa) munosabati muammolarini aralashtiradilar.

    16. Davrlar o'tishi bilan tilning belgilar sistemasi ekani haqidagi nazariya asta-sekin e'tirof etila boshlandi. Lekin lingvistik belgi tuzilishi masalasida ikki xil oqim vujudga keldi.

    17. Birinchi oqim tarafdorlari lingvistik belgi tuzilishiga faqat ifodalovchini kiritadilar. Xususan, E.M.Galkina Fedorukning fikricha, tovush kompleksi obyektiv borliqdagi ma'lum predmet haqidagi umumxalq tushunchasining ifodalovchisidir. Shuning uchun so'z orqali ifodalangan tushunchani emas, balki faqat so'zning tovush kompleksigina belgi deyish mumkin. So'zning ma'nosida ham belgini ko'rishning har qanday imkoniyatini mutlaqo yo'qotish kerak. So'z o'zining tovush sostavi bilan borliqdagi hodisalarning ongdagi in'kosi bo'lgan tushunchalarni ifodalaydi, shu bilan birga, tushunchalarni shakllantirib nomlaydi. Demak, so'z predmetlar nusxasi ham emas, ularning belgisi ham emas.

    18. Ilgari lingvistik belgi mutlaqo inkor qilgan L.O. Reznikov ham keyingi asarlarida mazkur nazariyani e'tirof eta boshladi va faqat tovush komplesinigina lingvistik belgi deb hisobladi. U so'zning tovush tomoni moddiy xarakterga ega bo'lib, predmetga nisbatan belgi vazifasini bajaradi, deydi. Uning ta'kidlashicha, ma'no predmetni bevosita emas, balki bilvosita – tovush tomoni orqali aks ettiradi, chunki borliqning umumlashgan ma'noga ega tovushlar kompleksini talaffuz qilish jarayonida vujidga keladigan maxsus fiziologik aloqalar sistemasi orqali amalga oshirilishi mumkin.

    19. Bu konsepsiyaning faol tarafdorlaridan biri V.Z.Panfilofdir. U bir butun til birligini emas, balki faqat uning material tomonini belgi deb hisoblash kerakligini, til belgisi ikki tomonli emas, balki bir tomonli mohiyat ekanini ko'rsatadi.

    20. Belgining bir tomonlama ekanini polyak tilshunosi L.Zavadovskiy quyidagicha ta'riflaydi: “Belgining ikki tomonlama tabiati tarafdorlari tayangan asos to'g'ri. Belgi, darhaqiqat, shuning uchun belgiki, u ma'noga ega. Lekin bunday belgi ikki elementdan tashkil topgan bir butunik, kombinatsiya degan xulosaga kelmaslik kerak. Axir, bog' egasini kishi plyus bog' tarzida ikki tomonlama mohiyat sifatida talqin etishi kerakmi?”

    21. V.M.Solnsev ham belgining bir tomonlama ekanini ma'qullaydi. U ma'noni belgi tarkibiga kiritish yoki kiritmaslik, boshqacha aytganda, belgining bir yoqlama yoki ikki yoqlama mohiyat ekanini tan olish ko'p jihatdan ma'no-tabiatini turlicha tushunishga bog'liqigini ta'kidlaydilar. Hozirgi kunda ma'noni ikki xil tushunish mavjud: 1) munosabat turi sifatida belgining ifodalanmish predmetiga munosabati, tushunchaga munosabati; 2) ideal aks ettirish sifatida. Birinchi qarash bo'yicha, belgiga ikki tomonlama mohiyat sifatida yondashishga asos bor. Ikkinchi qarash bo'yicha esa yo'q. Shuning uchun belgining ikki tomonli himoya qiluvchilar blgi haqidagi ikkinchi qarashni tanqid ostiga oladilar. Ma'noni tushuncha bilan bir xil holda in'ikos kategoriyasi sifatida, ayni paytda, ong fakti sifatida tan olish ma'noni belgi tarkibiga kiritishga monelik qiladi va belgini bir tomonlama mahiyat deb qarashga asos bo'lib xizmat qiladi.

    22. Ma'no ong fakti sifatida “ideal narsa” (harakat, belgi, miqdor va boshqalar), “aqliy predmetdir”.

    23. Ma'no “aqliy predmet” sifatida xuddi tushuncha kabi turlicha bo'lishi mumkin: a) tashqi olamning (turli darajadagi aniqlik va adekvatlik bilan) kopiyasi. Masalan, “daraxt” ma'nosi ongda konkret predmetlar sinfining, “yurmoq” ma'nosi real harakatlar sinfining aks etishidir; b) tashqi olamni buzilgan holda aks ettirish yoki ijodiy fantaziya natijasi: dev, suv parisi va boshqalar.

    24. Ma'noning birinchi tipida d-a-r-a-x-t tovush qatori har qanday real predmetni aks ettirish uchun qo'llanilishi mumkin. Bu holda belgi, ya'ni d-a-r-x-t tovush qatori o'zidan tashqaridagi ma'lum narsa haqida ma'lumot beradi.

    25. Belgiga ikki tomonlama mohiyat sifatida yondashuvchilar, odatda, “daraxt” ma'nosiga ega belgi real borliqdagi predmetni ifodalash uchun xizmat qiladi, deydilar.

    26. V.M.Solnsev talqiniga ko'ra esa d-a-r-a-x-t tovush qatori, ya'ni belgi eng avvalo, ma'noga, aqliy predmetga, “umuman daraxt”ga ishora qiladi, shuning uchun u har anday konkret “daraxt” bilan muvofiq kelishi mumkin. “Aqliy predmet”, “aqliy harakat”, ya'ni umumlashmalar ortida real predmetlar, harakatlar turadi va bu umumlashmalar har qanday holda belgi bilan ifodalanishi mumkin.

    27. Ikkinchi tipdagi ma'noda esa (dev, suv parisi) real predmetlar bo'lmagani uchun belgi fantaziya mahsuloti sifatida faqat ongda mavjud bo'lgan “aqliy predmet”largina ishora qiladi.

    28. Uning fikricha,belgi ishora qilgan narsa belgi tarkibiga kirmasligi kerak. Ma'no ong fakti, miya vazifasi sifatida faqat kishilar ongida mavjud bo'ladi. Belgi esa moddiy predmet sifatida insondan tashqarida yashaydi. Ma'no belgidan ajralmasdir. Lekin, ayni paytda, u to'lig'icha belgiga teng emas.

    29. Belgining ikki tomonlamaligini konsepsiyasida ma'no belgining ifodalanayotgan predmetga munosabati sifatida talqin qilinadi. Belgining bir tomonlamaliligi konsepsiyasida esa ma'noga munosabat sifatida yondashuvning to'g'ri emasligi ta'kidlanadi.

    30. V.M.Solnsevning fikricha, ifoda va ma'no birligi til birligini hosil qiladi. Masalan, so'z, morfema. Uning ta'kidlashiga ko'ra , til birligi haqida gap ketganda, albatta, uning sostaviga ma'noni qo'shish kerak. Til birligining ma'nosida shu tilde so'zlashuvchi xalqning tajribasi aks etgan. Til birligi bir butun sifatida o'zining ma'nosi orqali tashqi olam bilan bog'lanadi. Til birligi bir butun sifatida belgi emas. U belgi va ma'nodan tashkil topgan.

    31. Ayrim olimlar ong elementlarini ham belgi hisoblash tarafdorlaridir. Hozirgi kunda bunday qarash A.A,Ufimseva, N.D.Artyunova tomonidan olg'a surilmoqda. Xususan, A.A.Ufimseva borliqdagi predmet va hodisalarning ideal aks etishi belgilar dunyosini vujudga keltiradi, deydi.

    32. N.D.Artyunova esa “Grammatik sistemaning minimal birligi haqida” maqolasida til ikki belgilar sistemasidan iborat degan xulosaga keladi. Biri tovush belgilaridan iborat bo'lib, tushunchani ifodalaydi, ikkinchisi esa borliqdagi predmet, hodisalarni aks ettiruvchi tushunchalardan tashkil topadi.

    33. Ikkinchi oqim vakillari belgining ikki tomonlama mohiyatidan kelib chiqib, uni ifodalovchi va ifodalanmish birligidan tashkil topgan deydilar (Rassel, Sossyur, Vandries, Sepir, Serebrennikov).

    34. F. de Sossyur “ Umumiy lingvistika kursi” asarida belgini ifodalovchi va ifodalanmish birligi sifatida talqin etadi. Uning fikricha, lingvistik belgi narsa va uning nomi birligidan emas, tushuncha va akustik obraz o'rtasidagi munosabat birligidan iborat. Akustik obraz sof moddiy hodisa emas, balki tovushlarning psixik zuhuri hisoblanadi. Bu bilan u belgining abstract mohiyat ekaniga ishora qiladi. Fanda mazkur oqim “bilateralistik oqim” nomi bilan mashhur bo'ldi. Serebninkovning fikricha, belgining ikki tomonlamaligi konsepsiyasi haqiqatni to'g'riroq aks ettiradi. Chunki ma'nodan tashqari belgining bo'lishi umkin emas. Tovush qobig'ini ma'nodan ajratish kata metodik xatodir.

    35. Belgining monolateralligini yoqlovchilar ma'noni borliqning aks etihi, belgi orqali ifoda qilingan obyektiv fakt deb izohlaydilar. Shu bilan birga, borliqning in'ikosi bo'lgan tushuncha ham mavjud. U holda in'ikos etishning bu ikki turi o'rtasida, ya'ni ma'no va tushuncha o'rtasida qanday farq bor? E.M.Galkina-Fedoruk tushuncha mantiq kategoriyasi, ma'no esa lingvistik kategoriya ekanini ta'kidlaydi. Lekin B.A.Serebrennikov ko'rsatganidek, bu ikki hodisaning yuqoridagi kabi farqlanishi nutqda bir vaqtning o'zida ikki xil aks ettirish mavjudligini tushuntirib berolmaydi. E.M.Galkina-Fedoruk tomonidan so'zning leksik ma'nosi so'zlashuvchi kollektiv tomonidan borlikning u yoki bu hodisasi bilan bog'lanishi sifatida talqin qilinadi.

    36. Darhaqiqat, tushuncha va ma'no o'rtasida kata farq bor. Predmetning in'ikosi inson ongida tabiiy ravishda ro'y beradi. Predmet belgilarning umumlashmasi sifatida predmet obrazi gavdalanadi.

    37. Tovush kompleksi bilan predmet o'rtasidagi bunday shartli munosabat bo'lganda tovush kompleksi ko'rsatish, ishora qiish vazifasini bajaradi. Ma'no tushunchadan farqli ravishda doimo hosil qiinadi, tabiiy asosda kelib chiqadi.

    38. B.A.Serebrennikov ma'no va tushunchani bir-biridan farqlagan holda, ma'noning in'ikos kategoriyasi ekanini inkor qiladi. Uning ta'kidlashicha, shartli va sun'iy ravishda tiklangan aloqaga hech qachon aks ettirish sifatida qarash mumkin emas. Aslida ma'no bu tovush kompleksining tushuncha bilan inson tomonidan o'rnatilgan shartli aloqasi. P.V.Chesnokov ham ma'no munosabatda mavjud emas, faqat shu munosabatda hosil qilinishini ta'kidlaydi.

    39. I.P.Susov fikriga ko'ra, ifodalanmishning tildagi qarama-qarshi a'zosi bir butun belgining barcha tomoni emas, balki uning faqat bir tomoni-substansial tomoni sanaladi. Belgining mazkur tomoni uning ifodalanmishidir. Demak, ifodalanmish belgining faqat substansial tomonini tashkil etadi. Belgining boshqa tomoni ma'no hisoblanadi. Ma'no til ifodasining tildan tashqaridagi ifodalanmishga munosabatini ko'rsatadi. Bunga muvofiq, ma'no til substansiyasiga funksional qo'shimcha sifatida ishtirok etadi, substansiyaga hayot bag'ishlaydi, belgining substansial va funksional tomonlarini bir butun sifatida shakllantiradi. A.A.Ufimseva lingvistik belgi ma'nosini aniqlashning murakkab ekanini, chunki lingvistik belgining bir vaqtning o'zida bir qancha funksiyada kelishini ta'kidlaydi. U belgi shaklining ifodalanmish bilan munosabat bilan munosabati ikki tomonlama ekanini ko'rsatadi:

    40. 1) ifodalanmishning belgi shakliga munosabati;

    41. 2) ifodalanmishning predmetga (obyektiv faktga) munosabati.

    42. Bulardan birinchisi ma'no, ikkinchisi esa ifoda hisoblanadi. Belgi ma'nosining shakllanishida o'zaro bog'langan yuqoridagi uch qism (belgi predmet haqidagi tushuncha-predmet) ma'lum darajada aks etadi. A.A.Ufimseva o'z fikrini yanada konkretroq qilib ma'noni belgi vaziyati qismlari o'rtasidagi alohida munosabat sifatida xarakterlash mumkinligini ko'rsatadi. Belgi bilan ifoda predmeti o'rtasidagi alohida munosabat ostida inson orqali yuzaga chiqadigan aloqa tushuniladi.

    43. Bizning nazarimizda, belgining bir yoqlamaligi va ikki yoqlamaligi muammosi ma'noga ikki xil yondashuv bilan bogliq. Belgiga bir yoqlama mohiyat sifatida yondashuvchilar in'ikos jarayonini uch bosichdan iborat deb talqin qiladilar: narsa-narsa belgilarning umumlashmasi, narsa obrazi, ya'ni narsa haqidagi tushuncha – akustik xossa (ifodalovchi). Ikkinchi bosqich –narsani aks ettirish bosqichi, ong fakti belgidan tashqarida qoldiriladi. Mazkur bosqich borliqdagi narsani aks ettirish bosqichi sifatida belgiga ikki yoqlama mohiyat deb yondashuvchilar tomonidan ham belgi tarkibiga kiritilmaydi. Bu jihatdan yuqoridagi ikki oqim hamfikirdir. Lekin ikkinchi oqim tarafdorlari in'ikos jarayonini uch bosqichga emas, balki to'rt bosqichga bo'ladilar. Ma'no bilan tushunchani bir-biridan farqlaydilar: narsa-tushuncha-munosabat (ma'no) –akustik xossa (ifodalovchi). Bunga muvofiq, ifodalovchi bilan narsaning umumlashgan obrazi, ya'ni tushuncha o'rtasidagi munosabat ma'no sanaladi. Shuning uchun ma'no belgi tarkibiga kiritiladi.

    44. Biz ushbu ishda belgining ikki tomonlamaligi haqidagi qarashni ma'qullaymiz va in'ikos jarayoning 4 bosqichli ekanini e'tirof etamiz. Lekin ma'noni boshqacha talqin qilamiz. Bunga muvofiq, lingvistik birikning mohiyati moddiy tomoni bilan ma'no tomonining birligidan iboratdir.

    45. I.P.Susov ma'no mohiyatini anglash va uning xarakterini belgilash uchun ifodalovchi va ifodalanmish tahliliga tayanish kerakligini aytadi. Ifodalanmish ma'no (смысл), semantik predmet (сигнификат), real predmet (денотат)lar birligidan iborat. Ma’no semantic predmetning ajralishiga asos bo’lgan belgilar majmuasidir. Belgilar majmuasi bilan ajraladigan aniqlanuvchi predmet semantic predmet hisoblanadi. Masalan, tog'a so'zi o'zida quyidagi besh belgini semani mujassam etgan ma'nodan iborat: 1) erkak jinsiga ega shaxs; 2) qarindosh; 3) o'gaylik belgisi bo'lmagan qarindosh; 4) nisbiy qarindosh; 5) bir avlod katta. Yuqoridagi belgi asosida ajraladigan shaxs tog'a so'zining semantic predmeti sanaladi. Semantik predmet real predmetning ongdagi in'ikosi sanaladi. Yuqoridagi tog'a so'zi ob'ektiv reallikdagi ongdan tashqari mavjud bo'lgan real predmetni aks ettiradi.

    46. Semantik predmet ham, real predmet ham ifodalanmish tarkibiga kiradi. Ular o'rtasidagi farq shundaki, birinchisi aks ettiruvchi, ikkinchisi esa aks etuvchi hisoblanadi. Semantik predmet semantik belgilar semantik konyunksiyasi orqali, denotat esa real predmetlar dizyunksiyasi orqali ajratiladi.

    47. Bu jihatdan atoqli va turdosh otlar denotati bir-biridan farq qiladi. Atoqli otlar denotati ob'ektiv borliqdagi yolg'iz predmetlar bo'lsa, turdosh otlar denotati borliqdagi real predmetlar dizyunksiyasidir.

    48. Shunday qilib, nomlash nazariyasi so'z, semantic predmet, real predmet va ma'no bo'lishini taqozo etadi. Tilshunoslikda quyidagilar haqida fikr yuritishga to'g'ri keladi: 1) tabiiy til so'zi haqida; 2) bu so'zning semantic ishtirokchilari, ya'ni moddiy olamning inson ongida aks etishi va so'z orqali ifodalanishi haqida; 3) inson ongida aks etadigan va so'z orqali ifodalanadigan ob'ektiv olam predmetlari, hodisalari haqida.

    49. Denotativ ma'no inson ongidan tashqaridagi ob'ektiv olamdagi narsa, hodisalar va ular o'rtasidagi aloqalarning ongda aks etishidir. Semantik predmet bilan real predmet o'rtasidagi prinsipial farq shundaki, birinchisi aks etadi, ikkinchisi aks ettiriladi.

    50. Signifikativ ma'no denotative ma'noga nisbatan ikkilamchi xarakterga ega. Chunki olamni bilish jarayonida ob'ektiv olam elementlarining eng muhim belgilari inson ongida aks etadi va ongda aks etgan ob'ektiv olamdagi bir qancha narsalar, hodisalar haqidagi mazkur psixofiziologik substrat til belgisi orqali ifodalanadi.

    51. Anglashiladiki, lingvistik belgining asosiy qismi bir vaqtning o'zida ham denotative, ham signifikativ ma'noga ega bo'ladi. Bunday vaqtda lingvistik belgining denotat bilan aloqasi signifikat arqali ro'yobga chiqadi. Bunga muvofiq, til quyidagi uch hodisani o'zida mujassamlantiradi: 1) material aam hodisasi sifatida belgini; 2) obyektiv olamni aks ettiruvchi ideal hodisani; 3) mavjudligi ideal hodisaga va uning belgisining mavjudligiga bog'liq bo'lmagan obyektiv borliqni. Lingvistik belgining besh tomoni: Lingvistik belgining inson tomonidan yaratilishi va foydalanish xususiyatini e'tiborga olib ayrim mualliflar uni tavsiflashning 4 tomonini tavsiya etadilar:

    1. Sintaktik tomon;

    2. Semantik tomon;

    3. Sigmatik tomon;

    4. Pragmatik tomon.

    5. TILSHUNOSLIK VA TABIIY FANLAR” FANIDAN ORALIQ VA YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI

    6. 1.Valentlik nazariyasi va tilshunoslik. Verbosentrik nazariya. ( tilshunoslikda valentlik atamasining tarqalishi)

    7. 2.Yadro-periferiya munosabatlari (so'z turkumlari doirasidagi yadro-periferiya munosabatlari)

    8. 3.Tilshunoslik va pragmatika.Til birliklarining pragmatik tomoni. Pragmalingvistika.

    9. 4.Lingvistik geografiya va unung o'rganish obyekti (geografiya, tilshunoslik, dialektolodiya, til landshafti, lingvistik atlas, mos hodisalar, izoglassa)

    10. 5.Tilshunoslikning nevralogiya bilan munosabati. Neyrolingvistika. (nutg buzilishi, afaziya va uning turlari, miya faoliyati, nutq falaji)

    11. 6. O‘zbek tilini lingvokulturologik aspektda o‘rganish muammolari.(O‘zbek tilshunosligida yaratilgan tadqiqotlar, monografiyalar, maqolalar)

    12. 7.Tilshunoslikning psixologiya bilan munosabati. Psixolingvistika.( psixologik yo‘nalish vakillari, til taraqqiyotida psixologik omillar o‘rni, tilning psixologik tomoni, psixologiyaning til tomoni)

    13. 8.O‘zbek tilini psixoloingvistik aspektda o‘rganish muammolari. (O‘zbek tilshunosligida yaratilgan tadqiqotlar, monografiyalar, maqolalar)

    14. 9.Tilshunoslik va pragmatika.Til birliklarining pragmatik tomoni. Pragmalingvistika.

    15. 10.Matematik lingvistika oldida turuvchi eng muhim masalalar ( aksiomatik nazariya, matematik model, formal grammatika)

    16. 11.Tilshunoslik va biologiya. Tilshunoslik va fiziologiya.

    17. 12.Tilning ontologik tabiati ( Tilga sistema sifatida yondashish, umumiylik, xususiylik)

    18. 13.Logopediya fani va uning vazifalari. (nutq tovushlari, duduqlanish)

    19. 14.Tilshunoslik va tabiiy fanlar (Tilshunoslik va biologiya. Tilshunoslik va kimyo. Tilshunoslik va fizika)

    20. 15.Tilshunoslik va kibernetika. Avtomatik tarjima. Avtomatik tahrir.

    21. 16.Nutq tovushlarining akustik aspekti ( tovush balandligi, tovush kuchi, tovush cho'ziqligi, tovush tembri)

    22. 17.Tilshunoslik va kimyo. Modda tarkibini doimiyligi qonuni va tilshunoslik.

    23. 18.Nutq tovushlarining akustik aspekti ( tovush balandligi, tovush kuchi, tovush cho'ziqligi, tovush tembri)

    24. 19.O‘zbek tilshunosligida maydon nazariyasining o‘rganilishi (O‘zbek tilshunosligida yaratilgan tadqiqotlar, monografiyalar, maqolalar)

    25. 20.Logopediya fani va uning vazifalari. (nutq tovushlari, duduqlanish)

    26. 21.Valentlik nazariyasi va tilshunoslik. (Semantik, mantiqiy va sintaktik valentlik).

    27. 22.Tilshunoslikning matematika bilan munosabati. Matematika va kompyuter lingvistikasi.

    28. 23.D.I.Mendeliyevning elementlar davriy sistemasi va tilshunoslik. (fonologik sistema, leksik-semantik guruhlarga bo‘lish)

    29. 24.Lingvistik geografiya va unung o'rganish obyekti (geografiya, tilshunoslik, dialektolodiya, til landshafti, lingvistik atlas, mos hodisalar, izoglassa)

    30. 25.O‘zbek tilshunosligida valentlik nazariyasining o‘rganilishi (O‘zbek tilshunosligida yaratilgan tadqiqotlar, monografiyalar, maqolalar)

    31. 26.Valenlik nazariyasi va tilshunoslik. Verbosentrik nazariya. ( tilshunoslikda valentlik atamasining tarqalishi)


    32. Download 0,84 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish