Kibernetika



Download 0,84 Mb.
bet84/86
Sana22.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#401634
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
sirtqi yusupova majmua

3.Avtomatik tarjima. Hozirgi davrda matnni avtomatik ishlash va mashina yordamida tarjima qilish tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa tilshunoslikning kibernetika bilan mustahkam aloqasi tufayli ro'yobga chiqmoqda.

  • Avtomatik tarjima (mashina tarjimasi) muayyan bir tildagi matnni EHM (elektron hisoblash mashinasi) orqali boshqa tildagi mazmuni bir xil bo'lgan tekstga aylantirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Avtomatik tarjimani amalga oshirish uchun EHMga dastur (algoritm), tarjima qilinayotgan har ikki tillarning xilma-xil axborotlarni bildiruvchi lug'ati kiritiladi. Dastur mashina xotirasiga shunday kiritiladiki, uning har bir xotira uyasida so'zning barcha ma'no va shakllari hamda turli xil tarjima usullari o'rin oladi. Tarjima qoidasi qisqa formulalar shaklida juda aniq va lo'nda tuzilishi lozim.

  • Dastur kiritilgandan so'ng mashina tarjima uchun matn qabul qilishga tayyor holga keladi. Mashina faqat raqamlar orqali ish ko'rgani sababli matn raqamlarga kodlashtiriladi. Har bir harf ma'lum raqam orqali ifodalanadi. Har ikki tilda bir xil fonemani ifodalovchi harflar bir xil raqam bilan ifodalanadi. Masalan, ingliz va o'zbek tillarida a=16; ingl. v, o'zb. b=06; ingl. m, o'zb. m=11; ingl. n, o'zb. n=15 va h.k. Shunday qilib, inglizcha method so'zining harflari 11 08 26 28 30 raqamlariga teng. Demak, bu raqamlarning ketma-ketligi yuqoridagi so'z harflarining ketma-ketligini ifodalaydi. Raqamlar ketma-ketligining buzilishi boshqa so'zning ifodalanishiga olib keladi.

  • Raqamlar, o'z navbatida, elektr impulslar orqali shunday kodlashtiriladiki, har bir harf beshta impuls kombinasiyasi orqali beriladi. Chiqish oxiridagi harf bosuvchi qurilma (teletayp) raqamli kodni so'zlarga aylantiradi.

  • Mashina berilgan matnni olgandan so'ng tarjimaga kirishadi. Tarjima uchun mashina matnni, avvalo, tahlildan boshlaydi, so'ngra sintezlashtiradi: matn tarkibidagi so'z qaysi ma'noda qo'llanilyapti? Uni qanday so'z bilan tarjima qilish mumkin? So'z qaysi grammatik shaklda turibdi va u tarjima qilinayottan tilning qaysi so'z shakliga mos keladi? Bu savollarga javob qidirib, mos so'z shaklini topgandan so'ng, mashina so'zni boshqa tilning amal qiladigan so'z tartibi qonuniyati asosida joylashtiradi. Mashinaning har bir harakati «ha» – «yo'q» javoblaridan birini tanlash yo'li bilan amalga oshadi.

  • Masalan, inglizcha many so'zi tahlili dasturini qo'rib chiqaylik. Bu so'z ko'p ma'noli. Uning qaysi ma'noda qo'llanilayotganini boshqa so'zlar bilan qo'shilish orqali aniqlash mumkin. Mashina harakat dasturi (algoritmi) quyidagicha bo'ladi:

  • Tekshirish: many so'zidan oldin how so'zi turmaydimi?

  • Agar «Ha» bo'lsa, how many birikmasi «qancha» so'zi orqali tarjima qilinadi.

  • Agar «Yo'q» bo'lsa, bu so'zning oldida as so'zi kelmaydimi?

  • Agar «Ha» bo'lsa, as many «shuncha» deb tarjima qilinadi.

  • Olingan natija tahrirga muhtoj. Ba'zan mashina so'z shakllarini, so'zning fonetik variantini, gapda so'zlar tartibini noto'g'ri tanlab qo'yishi mumkin.

  • Mashina ba'zi o'rinlarda so'zning optimal varianti bilan qavs ichida imkoniyat darajasidagi variantni ham keltirishi mumkin. Shu bilan birga, mashina xotirasida kerakli so'z bo'lmasa, mazkur so'zni tarjima qilmasdan original tildagi shaklda beraveradi.

  • Ko'rinadiki, avtomatik tarjima kibernetika bilan tilshunoslikning o'zaro mustahkam aloqasi tufayli amalga oshadi. Bu jarayonda dasturchi albatta tarjimaga berilayotgan va tarjima qilinayotgan tillarning o'ziga xos fonetik, grammatik xususiyatlarinn, leksik imkoniyatlarini, leksemalarning semik tuzilishlarini yaxshi egallagan bo'lishi kerak.

  • Avtomatik tarjima birinchi marta 1954 yili AQShning Nyu-York shahrida sinab ko'rildi. Unda ayrim iboralar rus tilidan ingliz tiliga tarjima qilindi. Shundan so'ng mazkur muammo bilan Fransiya, Kanada, Rossiya kabi bir necha mamlakatlar shug'ullana boshladi. Avtomatik tarjimaning bar qator sistemalari vujudga keldi: SISTRAN (AQSh, Kanada, Yevropa), LOGOS (AQSh), KULT (Gonkong) va h.k.

  • Sobiq sho'rolar davrida avtomatik tarjima ilk marta I.K.Belskiy va D.Yu.Panov tomonidan 1954 yili Aniq mexanik va hisoblash texnikasi institutida sinab ko'rildi. I.K.Belskiy algoritmning lingvistik asoslarini, D.Yu.Panov amalga oshirish dasturini ishlab chiqdi.

  • Hozirgacha mashina xotirasiga kiritilgan so'zlarning hajmi 1000 dan oshmaydi. Bu imkoniyat bilan faqat ilmiy-texnik va qisman rasmiy matnlarni tarjima qilish mumkin.

  • Ko'p ma'nolilikka, obrazlilikka asoslangan badiiy matnlarni tarjima qilish avtomatik tarjima oldida turgan eng dolzarb muammolardandir.

  • Ayrim mutaxassislar badiiy asarni mashina yo'li bilan tarjima qilish mumkinligiga shubha bilan qaraydilar. Chunki badiiy asar tilida o'n minglab so'zlar ishlatiladi. Shu bilan birga, mazkur so'zlar bir necha ko'chma ma'nolarda qo'llanilgan, ifodalilik, ekspressiv-emosional ma'nolarga yo'g'rilgan bo'ladi.

  • Mashina bilan tarjimada matn mazmunidan tashqari, asar muallifining o'ziga xos individual uslubi, badiiy-estetik quvvati, qo'yingki, asarning barcha badiiy xususiyatlarini ta'minlab turuvchi badiiy-tasviriy vositalarini, xilma-xil leksik-grammatik vositalar yordamida hosil qilingan asarning butun go'zalligini berish kerak. Bularni formallashtirish, algoritmga solish nihoyatda qiyin kechadi. Shuning uchun buni amalga oshirish amalda mumkin emas deb o’ylaydilar.

  • Asosiy adabiyotlar:

  • 1.Nurmonov A., Yo’ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent: Sharq, 2002. –B.

  • 2.Nurmonov A. O’zbek tilshunosligi tarixi. – Toshkent: O’zbekiston , 2002.

  • 3.Ризаев С. Кибернетика ва тилшунослик. – Тошкент, 1976.


  • Download 0,84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish