Kibernetika


-seminar uchun: Nisbiylik nazariyasi va tilshunoslik. Tilshunoslik va kibernetika. Avtomatik tarjima



Download 0,84 Mb.
bet83/86
Sana22.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#401634
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
sirtqi yusupova majmua

6-seminar uchun: Nisbiylik nazariyasi va tilshunoslik. Tilshunoslik va kibernetika. Avtomatik tarjima.

  • Reja:

  • 1.Nisbiylik nazariyasi va tilshunoslik.

  • 2.Tilshunoslik va kibernetika.

  • 3.Avtomatik tarjima.

  • Tayanch tushunchalar:

  • Tilshunoslik, matematika, nisbiylik nazariyasi, A.A.Markov, «Markov jarayoni»,«Markov zanjiri», matn mazmuni, matn strukturasi, Kibernetika, N.Vener, A.A.Markov, A.M.Lyapunov, A.N.Kolmogorov, A.Ya.Xinchin, K.Shennon, Fisher, fiziologlar, fiziklar, tilshunoslar, ruhshunoslar, mantiqshunoslar, sintetik fan, avtomatik tarjima.

  • Hozirgi barcha fanlar matematikaning nisbiylik nazariyasidan foydalanganidek, tilshunoslikda ham bu nazariya ko'p hollarda qo'l kelmoqda. Ayniqsa, til birliklarining chastota darajasi aniqlangandan so'ng ularning boshqa birliklarga birikish ehtimolligini ehtimollar nazariyasi usullarini qo'llagan holda oldindan aytish mumkin. Masalan, yig'lamoq so'zini eshitishimiz bilan uning odam leksemasi bilan boshlanishini oldindan taxmin qilamiz. Yoki nonni so'zidan so'ng yemoq, yopmoq, pishirmoq, uzmoq kabi o'timli fe'llar kelishini taxminlaymiz.

  • Fonetik sathda ham ma'lum bir tovushning boshqasi bilan birika olish yoki birika olmaslik qonuniyatlari bor. Ana shu qonuniyatlarga asoslanib qaysi tovushdan so'ng qanday tovushning kelishi yoki kelolmasligini faraz qilish imkoniyati bo'ladi.

  • Ana shu imkoniyat ehtimollar nazariyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Masalan, o'zbek tilida chuqur til orqa undoshlaridan so'ng til orqa yoki til o'rta undoshlari kelolmaydi. Yoki chuqur til orqa q, g' undoshlari bilan tugagan so'zning asos qismiga k va g undoshlari bilan boshlangan affikslar qo'shilolmaydi. Singarmonizmni o'zida to'la saqlab qolgan turkiy tillarda, lab garmoniyasining talabiga muvofiq, tarkibida lab unlisi bo'lgan so'zning asos qismiga faqat lab unlisi ishtirok etgan affikslar qo'shiladi. Palatal garmoniya talabiga muvofiq, tarkibida qattiq undoshlar ishtirok etgan so'z asoslariga xuddi shunday undoshli affikslar qo'shiladi. Aksincha bo'lishi mumkin emas. Buni matematik atamalar yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:

  • Agar x birligi bo'lsa, undan keyin kelishi mumkin bo'lgan u yoki z ning ehtimolligi qanday?

  • Yoki: ikki birlikning birikuvi berilgan bo'lsin – xu, u vaqtda bu birikmadan keyin keladigan z yoki w ning ehtimolligi qanday?

  • Ehtimollar nazariyasining bir holatini rus matematigi A.A.Markov (1856 – 1922) izohlab berdi. Shuning uchun u «Markov jarayoni» yoki «Markov zanjiri» nomi bilan yuritiladi.

  • A.A.Markov o'zaro tobelangan birliklar ketma-ketligini o'rgandi. Agar Wi sistemasining ma'lum vaqtdagi holati ikki vaqt oralig'ida t sistemasi Wi holatida bo'lishi ehtimolligini belgilasa va mazkur ehtimollik keyingi davr jarayoni oqimiga bog'liq bo'lsa, bunday jarayon Markov jarayoni sanaladi.

  • Shunday qilib, Markov jarayoni shunday tekshirish ketma-ketligiki, unda ma'lum voqyeani n bilan tekshirish ehtimolligi oldingi (n – 1)ning tekshirish natijalari orqali aniqlanadi.

  • Ana shu asosda tilshunoslikda matn tarkibidan tushib qolgan ayrim birliklarning nima ekanini taxminlash mumkin bo'ladi. Bunda matn mazmuni matn strukturasidan nimadan keyin nima tushib qolganini payqash va zarur hollarda uni to'ldirish imkoni tug'iladi. Masalan, Men shanba kuni kechqurun soat sakkizda Toshkentdan uchaman jumlasini mazmunni to'la saqlab qolgan holda turli qisqargan shakllarda bayon etish mumkin.

  • Shuningdek, axborotni qisqa shakllarda bayon qilish imkoniyati «ortiqchalik» ehtimoli bilan ham uzviy aloqadordir. Masalan, Ahmad keldi jumlasida uchinchi shaxs tushunchasi ikki marta takrorlanadi. Shuning uchun «ortiqchalik» ehtimolligi asosida, agar kim kelganiga alohida so'zlovchining diqqati tortilmasa, jumla mazmuniga zarar yetkazmagan holda Ahmad so'zini tushirib qoldirish imkoni mavjud. Xuddi shuningdek, Men xatni yozdim jumlasida ham birinchi shaxs shaklidagi yozmoq fe'li va xat tushunchalari ikki marta takrorlanadi. Chunki yozmoq leksemasining o'zida xat semasi mavjud. Shuning uchun mazkur jumlani ham yuqoridagi kabi qisqartirish ehtimoli bor.

  • Ushbu operasiyalar, ayniqsa, hozirgi kunda axborot uzatuvchi mashinalar uchun dasturlar tuzishda katta ahamiyatga ega.

  • 2.Tilshunoslik kibernetika fani bilan ham aloqadordir. Kibernetika grekcha kybernetike tehne so'zlaridan olingan bo'lib, boshqarish san'ati demakdir. U XX asr o'rtalarida mashina va jonli organizmlardagi aloqa, boshqarish va nazoratni o'rganuvchi fan tarmog'i sifatida maydonga keldi. Kibernetika haqidagi dastlabki g'oya amerikalik olim N.Vener tomonidan berilgan bo'lsa, keyinchalik rus matematiklari A.A.Markov, A.M.Lyapunov, A.N.Kolmogorov, A.Ya.Xinchin, amerikalik olimlar K.Shennon, Fisher bu g'oyani rivojlantirdilar.

  • Kibernetika fanining shakllanishi va rivojlanishida faqat matematiklargina emas, balki fiziologlar, fiziklar, tilshunoslar, ruhshunoslar, mantiqshunoslar ham faol qatnashdi.

  • Shunday qilib, kibernetika sintetik fan sanaladi va u matematika, fizika, mantiq, fiziologiya, psixologiya, tilshunoslik ma'lumotlarini sintezlashtiradi.

  • Kibernetika fani jonli organizm bilan mashinalar o'rtasida aloqa, boshqarish va nazorat jarayonida qandaydir umumiy belgilar mavjudligiga asoslanadi. Bu, ayniqsa, inson asab sistemasiga, uning fikrlash va refleks faoliyatiga asoslangan hozirgi elektron mashinalarda yaqqol ko'zga tashlanadi.

  • Hozirgi texnik taraqqiyot bosqichida insonning mehnat faoliyatini osonlashtirish maqsadida inson bajarishi lozim bo'lgan bir qator vazifalar mashinalarga o'tkazilmoqda. Bu jarayonda insonga xos intellektual faoliyat mashinalarga ko'chiriladi. Natijada mashinalar insonning faqat jismoniy mehnatinigina emas, balki aqliy mehnatini ham yengillashtiradi. Masalan, yillar davomida sanash mumkin bo'lgan narsalarni mashina yordamida bir necha daqiqada bajarish mumkin. Bunday mashinalar elektron hisoblash mashinalaridir (EHM).

  • EHM bugungi kunda hayotimizning turli jabhalariga kirib bordi. Uning yordamida turli xil matnlarni qisqa muddatda terish, har qanday axborotni uzatish, qabul qilish va saqlash, hatto musiqa ijod qilish, shaxmat o'ynash imkoniyati mavjud.

  • Bunday mashinalarning kashf etilishida mashina xizmati bilan jonli organizm faoliyati o'rtasidagi o'xshashlik tayanch nuqta bo'lib xizmat qiladi. Jonli organizmda ham, mashinada ham tashqaridan olingan signallarga javob beradigan boshqaruvchi va boshqariluvchi tarkibiy qismlar mavjud. Signallar inson faoliyati va mashinalar ishini belgilovchi ma'lum axborotlarni tashiydi. Axborot va signal tushunchalari kibernetikaning markaziy tushunchalaridir.

  • Axborot xilma-xil bo'lganidek, signallar ham turli-tuman. U ko'rish, eshitish, yorug'lik kabi signallaridan iborat bo'lishi mumkin. Masalan, yo'ldagi svetofor chirog'i ham signal, mashinaning burilish chirog'ini yoqish ham signal, jang maydonida oq bayroqning ko'tarilishi ham, qo'shinlarning qurolini tashlab qo'l ko'tarishi ham signal. Elektr impulslari, telegraf lentasidagi tire, nuqtalar ham signal. Ularning hammasi muayyan axborot tashiydi. Bu jihatdan so'zlar ham signaldir. U ham borliqdagi narsa va hodisalar haqida axborot beradi. Shuning uchun mashhur rus olimi I.Pavlov so'zni signallar signali degandi.

  • Ma'lum axborot tashishda qo'llaniladigan signallar tizimi kod hisoblanadi. Kodlar EHM uchun katta ahamiyatga ega. U ham jonli organizm signallariga analogiya yo'li bilan yaratiladi.

  • Jonli organizm faoliyati va mashina ishi o'rtasidagi o'xshashlikni quyidagicha izohlash mumkin.

  • Inson sezgi a'zolari orqali tashqi olam haqida turli axborot beruvchi signallarni qabul qiladi. «Kirish signali» nomi bilan yuritiluvchi bunday signallar asab tarmoqlari orqali miyaga uzatiladi. Qabul qilingan axborot xotirada saqlanadi, qayta ishlanadi va uning faoliyati belgilanadi: harakat orqali muayyan reaksiya chaqiriladi yoki turli xildagi yangi axborot qayta ishlanadi. «Kirish signallari» «chiqish signallari»ga aylantiriladi.

  • Masalan, «O'tkan kunlar» romanini kim yozgan?» degan savolni til yordamida kodlashtirilgan va tovush signallari – so'zlar vositasi orqali uzatilgan axborot sifatida qarash mumkin. Eshitish a'zolari mazkur signallarni qabul qilib, miyaga uzatadi. Bu axborot miyadagi xotira uyalariga qabul qilinadi va qayta shakllanadi.

  • Miya bo'lagi bilan xuddi o'shanday til yordamida markaziy aloqa kanallari orqali kodlashtirilgan yangi axborot uzatiladi: javobi – Abdulla Qodiriy. Abdulla Qodiriy so'zlovchi uchun «chiquvchi signal», ayni paytda, tinglovchi uchun esa «kiruvchi signal» hisoblanadi. Shunday qilib, yangi axborot qabul qilishda «kiruvchi signal» bilan «chiquvchi signal» zanjiri takrorlanib turadi.

  • Mashina ham xuddi shu tamoyil asosiga qurilgan. Uning vazifasi axborotni qabul qilish, saqlash, qayta shakllantirish va uzatishdan iborat.

  • Hozirgi kunda mashinalar yordamida inson mehnatini yengillatuvchi xilma-xil ishlar amalga oshirilmokda. Ana shulardan biri avtomatik tarjimadir.




  • Download 0,84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish