Kibernetika


So‘z turkumlarida yadro-periferiya munosabati



Download 0,84 Mb.
bet82/86
Sana22.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#401634
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
Bog'liq
sirtqi yusupova majmua

3.So‘z turkumlarida yadro-periferiya munosabati .Hozirgi o‘zbek tilidagi so‘z turkumlari paradigmasi, uning ko‘p asrlik taraqqiyoti natijasi o‘laroq, shuningdek, bugungi kunda til va nutqdagi faolligi va tutgan o‘rniga ko‘ra markazda (yadro) ot, fe'l va ularga tutash pozitsiyada tasviriy so‘zlar; undan keyingi sohada (sferada) sifat, son, ravish; undan keyingi sohada olmosh, keyingi sohada relyativ so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama), undan keyingi sohani undovlar va modal so‘zlar shaklidagi lingvosferadan iborat ekanligini ko‘rsatish mumkin. Bu fikrni tafsilotlari bilan ifodalasak:

  • -So‘z turkumlari paradigmasi tarkibidagi so‘z turkumlari, ma'lumki, lingvistik tabiatiga va funksional xususiyatlariga ko‘ra bir xil emas. Ontogenetik qiymati, so‘z turkumlari tadriji va lisoniy ma'noni nutqqa transformatsiya qilinishida tutgan o‘rniga ko‘ra ham ularni bir xil baholab bo‘lmaydi.

  • - So‘z turkumlari paradigmasi a'zolari ichidan yadroviy turkumlarni ajratib olishda eng kuchli semantik, sintaktik pozitsiyalarga ega bo‘lgan so‘z turkumlarini – ot va fe'lni nazarda tutish kerak bo‘ladi. Chunki bu so‘z turkumlari turkiy tillarda, shu jumladan, o‘zbek tilida so‘z turkumlari geneologiyasining asosida turadi, ularning semantikasi va morfologik, sintaktik hamda yasalishga ko‘ra belgilari aniq va ravshan va to‘kis ifodalangan; shuningdek, ism va fe'l eng asosiy nutqiy komponentlar sifatida ham namoyon bo‘ladi.

  • -atomistik ta'limotning oddiy talablariga ko‘ra so‘z turkumlari paradigmasi sathidagi yadro birgina unsurdan iborat bo‘lishi kerak edi: ya'ni ot yoki fe'ldan. Ammo turkiy tillardagi ism-fe'l munosabatlarining alohida va o‘ziga xosligi so‘z turkumlari paradigmasi asosida ushbu ikki so‘z turkumlari yadroviy unsur sifatida yotishini isbotlaydi.

  • -boshqa so‘z turkumlari, tabiiyki, so‘z turkumlari paradigmasi ichida va umuman, lisoniy va nutqiy munosabatlarda ham ism va fe'l kabi mavqega ega emas va shuning uchun ular periferiyada o‘rnashadi;

  • - periferiyadagi joylashish ham bir tekis emas, chunki, ism-fe'lga xos bo‘lgan ba'zi belgilari ega bo‘lmagan tasviriy so‘zlar yadro sohasidan keyingi birinchi doiraga, sifat, son, olmosh - ikkinchi doiraga, yordamchi so‘z turkumlari hamda undov va modal so‘zlar undan keyingi doiralarga joylashadilar

  • - yadro (ism-fe'l) ega bo‘lgan xossalar (mustaqil kategorial ma'no, yasalish usul va qoliplari; morfologik belgilar: turlanish tuslanish; sintaktik vazifa) qay darajada mavjudligiga qarab so‘z turkumlari paradigmasi a'zolari markazdan chekkaga qarab joylashadi (5-chizmaga qarang).

  • 5-chizma. So‘z turkumlari lingvosferasi



  • Yadro va periferial so‘z turkumlari orasidagi munosabatlar shakllari, bizningcha, quyidagicha: markazning chekka sohalarga uzluksiz ta'siri gapni shakllantiruvchi asos komponentlar sifatida ism va fe'l periferial birliklarning mavjudiyatini ta'minlab beradi, periferial birliklar esa ism va fe'ldan o‘zlariga mos keluvchi spetsifik semantik komponent va hamda fonetik-akustik struktura oladi; buning evaziga ism-fe'l juftligiga nutqiy faoliyatda «yordamga keladi» va aksincha. Shu sababli yadro-periferiya aloqalarining bu turini so‘z turkumlariaro tarixiy-geneologik aloqalarni, diaxron plandagi ko‘chishni, grammatikalizatsiya va leksikalizatsiya hollarini ifodalaydi, deyish mumkin.

  • Xullas, til tizimining barcha sathlarida yadro va periferial qismlarning mavjudligini kuzatishimiz mumkin, bu esa dunyodagi boshqa moddiy va ideal tizimlar kabi semiotik tizim bo‘lmish tilda ham mutlaqo yadro va periferiyaning planetar modeliga o‘xshash tuzilish modeli mavjud va u tizim amal qilinishining universal shartlaridan biridir.

  • Asosiy adabiyotlar:

  • 1.Nurmonov A., Yo'ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. – Toshkent: Sharq, 2002.

  • 2.Normo'minov Sh. O'zbek tili so'z turkumlari tizimidagi yadro-periferiya aloqalarining funksional-semantik tadqiqi: fil.fan.falsafa doktori….diss. –Samarqand, 2019.


  • Download 0,84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish