Muammoning yechimi . Avallari maktab bilim olishning qariyib yagona manbai bo'lgan, kitoblar ham o'sha yerda, muallim ham. Hozirgi Google va Wikipediya davrida maktab va o'qituvchining vazifalari birmuncha o'zgarmadimikan?
Muallim, demakki o'quv yurti ham ma'lumot manbai sifatidagi o'z ahamiyatini tobora yo'qotib bormoqda. Bizda hali Internet tezligi maqtagulik bo'lmagani tufayli bu narsa unchalik yaqqol ko'zga tashlanmayapgandir. Lekin bu vaqt masalasi, xolos. Agar o'quvchi bilimni muallimsiz qidirib topish imkoni bo'lsa, unda ustoz oldidagi vazifa nima? Men 4 ta asosiy vazifani ko'rsatgan bo'lardim:
1. Qiziqtirish
2. To'g'ri yo'nalish berish
3. Fikrni tarbiyalash
4. Motivatsiya uyg'otish
Motivatsiya masalasiga alohida to'xtalib o'tsam. Shu yerida juda katta kamchiliklarimiz ko'zga tashlanadi. Maktabdanoq o'quvchilarni faqat tanbeh yoki maqtov yordamida tarbiyalaymiz. "Qamchi va pryanik" uslubidan boshqasiga yo erinamiz, yo aqlimiz yetmaydi.
Vaholanki, bolaning o'zidagi ishtiyoqni kuchaytira olish zarur.
Farzandlarimiz ustozdan dakki eshitmaslik uchun yoki maqtov eshitish uchun o'qiydi. Fanning o'ziga bo'lgan qiziqish so'nib qoladi. Shu usulda tarbiya olgan kadrlar keyinchalik qaysi sohada ishlasa ham "qullik falsafasi"ga tayanib yashovchi, o'zidan yuqori odamga o'ylamay-netmay bo'ysunuvchi, o’zidan quyidagini esa bir tiyinga olmaydigan manqurtga aylanadi-qoladi.
Davlat miqyosida nima qilish mumkin?
1. Aholi, ayniqsa bolalar, o'smirlar va yoshlar orasida ilm-fanga qiziqish uyg'otish
Ilmni keng reklama qilish kerak. Ilmni chiroyli qilib ko'rsatish zarur. Buni havaskorlarga ishonib topshirish kerak emas. Bunday ishlarning ham o'z ustalari bor. Marketologlar, ijtimoiy tarmoq mutaxassislari, sotsiologlar, degandek. Shunday mutaxassislarni jalb qilish kerak.
Ta'lim deganda hayolimizga faqat maktab, universitet, kollej, xullas muayyan bino keladi. Ammo zamonamizda ilm olishning ko'plab boshqa manbalari mavjud: televideniya, Internet, radio, jurnallar, gazetalar va albatta, kitoblar. Ta'lim sifatini oshirish deganda, endi faqat maktab yoki universitetdagi ta'limni emas, Internetdagi ta'limni, televideniya, umuman OAVdagi ta'limni, kitob do'konlari orqali bo'ladigan ta'limni ham hisobga oladigan payt keldi.
2. O'qituvchilar obro'sini oshirish
Bu haqida faqat dangasalar yozmadi, xolos. O'qituvchining jamiyatda nufuzini oshirish kerak, busiz iloji yo'q.
3. Ilm-fanga bag'ishlangan sifatli saytlar va kanallarni ko'paytirish
Internet - ilm tarqatishning juda samarali yo'li. Albatta, sifatli sayt yoki kanal yaratish uchun kuchli mutaxassislarni (xususan xorijdan ham) - malakali ustozlar, turli soha ekspertlari va dasturchilarni jalb etish darkor.
Ilmiy-ommabop film va ko'rsatuvlar aholida ilm-fanga qiziqish orttirishning juda ham samarali yo'li. Xorijdagi muqobil telekanallar bu sohada ancha ilgarilab ketgan. To'g'ri, ularning byudjetidagi raqamlar biznikidan bir necha xona ko'proq.
O'zimiz hozircha o'sha darajada yarata olmasak ham, tayyorini tarjima qilish ham mumkin. Ilmni keng reklama qilish kerak. Ilmni chiroyli qilib ko'rsatish zarur. Buni havaskorlarga ishonib topshirish kerak emas. Bunday ishlarning ham o'z ustalari bor. Marketologlar, ijtimoiy tarmoq mutaxassislari, sotsiologlar, degandek. Shunday mutaxassislarni jalb qilish kerak.
amalga oshmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |