Keysni yechish jarayoni:
1.Tinglovchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama qilinadi.
2.Tinglovchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
3. Muammoni hal etishga imkon beradigan omillardan eng muhimlari ajratib olinadi.
4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muxim omillarni bayon etadi.
5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.
Muammoning yechimi:
Birinchi navbatda shakl emas mazmun ustun bo’lishi kerak, darsni tushuntirishda turli xil usullardan interfaol o’yinlardan foydalanish yaxshi albatta, lekin hamma narsani ham chegarasi bor. Qog’ozbozlikdan boshi chiqmagan o’qituvchi darsni bolalarga tushuntirish emas, balki plakat, ko’rgazma tayyorlash uchun vaqt sarflaydi. O’qituvchi o’z fanini yetarlicha yetqazib berish uchun o’zz ixtiyoriga qo’yib berish zarur. Chorak oxirida esa bolalar o’zlashtirishini baholab o’qituvchini nazorat qilish zarur.
3-keys. "Eskini yamaguncha esing ketadi."
Oliy o'quv yurti. Sessiya. Ustoz talabaga:
- Qanday qilib senga "5" qo'yaman? Oraliq nazorat imtihonida 3 ta savolga daftarning yarmini to'ldirib javob yozibsan, xolos-ku.
(Miya bo'm-bo'sh bo'lsa ham, daftarlar to'ldirilgan bo'lsin.) yoki darslarda ham haligacham daftar to’ldirganiga qarab baholanib kelinmoqda. Bugungi zamonda fan texnika rivojlangan paytda ma’nosiz bo’lsa ham daftar to’laliga qaraladi. Darsga yaxshi javob bersa-yu, lekin daftari to’liq bo’lmasa balini pastlatib qo’yiladi. Mana sizga baholash me’zoni.
Binolar yangicha, tizim eskicha. Fikrlash XX asr o'rtalarida qanday bo'lsa, shunday. O'qituvchi kutadigan yagona to'g'ri javob bor. O'shani topgan talabaga "besh". Talabaning shaxsiy fikri bo'lishi ta'qiqlanadi. Baholash mezoni bilim emas, miqdor va itoat. Galstuging yo'qmi, demak, yaxshi o'qimaysan. Mutaxassislarni emas, itoatgo'y xodimlarni tayyorlaymiz. Oliy o'quv yurtlarimizdagi holat achinarli. Sovet Ittifoqi tarbiyasini olgan domlalar hali hanuz 2 soat tinmay kitobdagi tayyor ma'ruzani o'qiydi, talaba esa 2 soat tinmay daftariga matnni yozadi. Bunday darsdan maqsad ilm berishmi, yoki talabalarning g'ururini sindirishmi? Savollar:
1. Muammo nimadan iborat?
Mazkur muammoni hal etish uchun o‘qituvchilar va universitet rahbariyati qanday ishlar olib borishi lozim deb o‘ylaysiz?
3.O’qituvchining bu xatti-harakatiga universitet rahbariyati qanday chora ko’rishi kerak?
4.Siz bu muammoga qanday yechimlar taklif qilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |