Moshugra
Qozonga yog' solib dog'laganingizdan keyin piyozni va mayda tug'ralgan go'shtni solib bir oz qovurgach, somoncha qilib tug'ralgan sabzi, tilik - tilik qilib to'g'ralgan pomidor qo'shib jazlaysiz, so'ng suv qo'yib, yuvib tayyorlab qoyilgan moshni solasiz va past olov berib mildiratib qaynatasiz. Mosh ochilgach, qozonga kubik shaklida to'g'ralgan kartoshka va mayda qirqilgan ugrani solib pishirasiz. Tuz va ziravorlar taom pishishi oldidan solinadi. Moshugrani kosalarga taqsimlab, yuziga kirqilgan kashnich (ukrop, rayhon) sepib dasturxonga keltirasiz, alohida idishda qatik, qo'yiladi. Masalliq: sho'rvasi uchun 300 gr go'sht, 1 stakan mosh, 2 bosh piyoz, 2 - 3 dona pomidor, 1 dona sabzi, 2 dona kartoshka, tuz va ziravorlar ta`bga ko'ra; jazlash uchun 50 gr qo'y yog'i; ugrasi uchun 1 stakan oq un, 1 dona tuxum, 2 qoshiq suv, bir chimdim tuz olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |