Moshqovoq
Qo'y yog'ini yaxshi dog'lab, piyoz solib qovurib suv qo'yasiz va qaynab chiqmasdan moshni solib to ochilguncha mildiratib pishirasiz va tuzini rostlaysiz. Oshqovoqning xohlagan navidan olib, palla - palla yoki katta kubik shaklida tug'rab sho'rvaga solasiz va to pishguncha sust olovda qaynatasiz. Tayyor taomni dasturxonga tortishdan 10 - 15 minut oldin qozonni olovdan olib, dimlab qo'yasiz. So'ngra kosalarga qo'yib, yuziga qirqilgan kashnich va tuyilgan murch sepib mehmon dasturxoniga keltirasiz. Masalliq: 150 gr qo'y yog'i, 2 - 3 bosh piyoz, 2 stakan mosh, 500 gr oshqovoq, tuz, qalampir va kashnich ta`bga ko'ra olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |