Sana. Mavzu: O'zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari. Amaliy mashg'ulot: Milliy taomlardan “Mastava” tayyorlash. Texnologik xarita



Download 0,65 Mb.
Sana14.04.2017
Hajmi0,65 Mb.
#6760


Sana.

Mavzu: O'zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash
texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari.


Amaliy mashg'ulot: Milliy taomlardan “Mastava” tayyorlash.

Texnologik xarita.

Mavzu

O'zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash
texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari.

Amaliy mashg'ulot: Milliy taomlardan “Mastava” tayyorlash.




Maqsad va vazifalari

Maqsad: Pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo'yiladigan talablar. Sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari. O'zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablari haqida tushuncha berish.

Amaliy mashg'ulot: Milliy taomlardan “Mastava” tayyorlash ketma ketligini amaliy mashg`ulotda ko`rsatib berish.



Vazifalar: O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, o`zlashtirtishlarini nazorat qilish hamda bilim, ko`nikma, malakasini tekshirib baholash.

O`quv jarayoninig mazmuni

O’quvchilarga o'zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablarini, milliy taomlardan “Mastava” tayyorlashni o’rgatish.


O`quv jarayoning bajarilishuining mazmuni

Uslub: og`zaki bayon, interfaol usulidan, yangi ped texnologiyalardan klaster venn diogramma, zinama zina insert metodlaridan foydalanish.

Shakli: suhbat , bahs munozara olib borish, yakka tartibda, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot.

Vosita: tarqatma materiallar, mavzu uchun kerakli jihozlar, multemediyalardan foydalanish

Nazorat:Og`zaki savol javob,tarqatma test, bosh qotirma,

Baholash:Rag`batlantirish, 5 ballik tizim asosida



Kutiladigan natija

O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishiladi, o`quvchilarning turli texnoligiyalar asosida yangi bilimlarga qiziqishini oshiradi.

O`quvchi: yangi bilim ko`nikma ,malakaga ega bo`ladi guruhlar bilan ishlashni o`zgalar fikrini hurmat qilishni urganadi

Kelgusi rejalar tahlili

O`qituvchi: O`z ustida ishlaydi, pedagogik mahoratini yanada oshirish uchun izlanadi.

O`quvchi: O`z fikrini guruhlar o`rtasida to`liq bayon qilishni hamda yangi mavzu qiziqishlari bo`yicha izlanish olib boradi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga o'zbek milliy taomlaridan suyuq ovqatlar tayyorlash texnologiyasi va dasturxonga tortish talablarini, milliy taomlardan “Mastava” tayyorlashni o’rgatish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarning estetik didlarini, ovqatlanish madaniyatini oshirish va tayyorlangan milliy “Mastava” taomini did bilan bezashga odatlantirish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni turli milliy taomlar tayyorlash bo’yicha malakalarini rivojlantirish, ijodkorlikka yo’naltirish.

Dars tipi:Yangi bilim berish, bilimlarni mustahkamlovchi.

Dars turi: nazariy, amaliy.

Dars uslubi: guruhlarda ishlashda, “aqliy hujum”,”Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”,”B|B|B”metodlaridan foydalanish.

Dars jihozi va ko`rgazmasi: elektr plita, oshxona stollari, plakatlar, zamonaviy oshxona jihozlari va dasturxon bezash bo’yicha slaydlar, oshxona anjomlari namunalari, kompyuter, darsliklar, taomlarni tayyorlash texnologik xaritalari, rangli rasmlar, albomlar , amaliy mashg’ulot uchun kerak bo’ladigan oziq-ovqat maxsulotlari, taomni dasturxonga berish uchun ishlatiladigan idish, moslamalar.

Fanlararo bog`liqligi: Fizika, matematika, odam va uning salomatligi biolagiya, iqtisod va boshqa fanlar



Dars bosqichlari

vaqti

1

Tashkiliy qism

4

2

O`tilgan mavzuni so`rash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Amaliy mashg`ulot

43

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

10

6

O`quvchilarni rag`batlash

3

7

Uyga vazifa

3

8

Ish o`rnini yigi`shtirish

2

I. Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Davomatni aniqlash.

Darsga tayyorgarlikni tekshirish.

O`quvchilar diqqatini darsga qaratish.

II. O`tilgan mavzuni takrorlash. Uyga vazifani so`rash.

Savol –javob o`tkazish.

Topshiriqlarni tekshirish

O`quvchilar 2 guruhga bo`linadi. (Guruhlar nomi “Oshpazlar” hamda “Pazanda”).



1.Savol.

Har bir guruh guruh nomlari haqida taqdimot tayyorlash.



2- savol. Konvert ichida

  1. Guruhga xamir turlari tayyorlash jarayonlari haqida ma`lumot berish.

  2. Guruhga Somsa turlari va tayyorlash jarayoni haqida ma`lumot berish.

3-Savol.

Oldingizga berilgan mahsulotlardan qanday o`zbek milliy taomlarini tayyorlawsh mumkin. Kerakli mahsulotlarni ajrating.



1 stolda kartoshka ,baqlajon, olma, piyoz, sabzi, karam,pamidor,ko`katlar, guruch, mosh, qalampir,bodring, gusht.

2 stolda bulg`or qalampiri, guruch, gusht, piyoz, sabzi, kartoshka, pamidor.

O`quvchilar javobi “ Keling mehmon” o`yini orqali “5” ballik sestemada baholanadi. Bu o`yinda javob bergan guruhga choy uzatiladi. Qizil piyolada “5” bal, ko`k piyolada “4” bal sariq piyolada “3” bal bilan baholanadi.

c:\users\sojida\desktop\imgpreview.jpg

Baholash va rag`batlantirish.

5” “4” “3”





III.Yangi mavzu bayoni:

Suyuq taomlar tarkibidagi hid va ta’m beruvchi moddalar oshqozondan shira ajralishiga, ishtahani ochishga yordam beradi va shu tufayli o’zidan keyin iste’mol qilingan quyuq taomlarning hazm bo’lishini osonlashtiradi. Suyuq taomlar mineral moddalarning asosiy manbai hisoblanadi. Ular tarkibida suyuqlik ko’p bo’lib, organizmning suvga ehtiyojining 15-25%ini qondiradi. Suyuq taomlar tayyorlash texnologiyasiga ko’ra, tortilish haroratiga ko’ra, suyuqlik asosiga ko’ra bir necha turga bo’linadi.Tayyorlash texnologiyasiga ko’ra suyuq taomlar: xushxo’r suyuq ovqatlar, tiniq sho’rvalar, quyuq sho’rvalar, sutli sho’rvalarga bo’linadi. Haroratiga ko’ra sho’rvalar: issiq (+75°-80°) va sovuq (+12°-14°) tortiladi. Sovuq sho’rvalar asosan jazirama yoz oylarida tortiladi. Suyuqlik asosiga ko’ra, bulyonda tayyorlangan, sutda tayyorlangan, meva va sabzavotlar qaynatmasida tayyorlangan bo’ladi. Suyuq taomlar asosan bulyonda tayyorlanadi. Bulyon deb, hayvonlarning suyak va go’shti, parranda go’shti yoki baliqni suvda qaynatilganda hosil bo’lgan quruq sho’rvani va mahsulotdan suvga o’tgan moddalar majmuasini aytiladi.

Bulyonni tayyorlash uchun go’shtning suyaklarini chopib, qozonga solinadi, ustidan suv quyiladi va mildiratib qaynatiladi. Pishirish jarayonida yuzidan yog’ va ko’piklari bir necha marta suzib olinadi. Bulyonga masalliqlarni homligicha, dimlangan yoki avval suvda bir qaynatib olingan holda solinadi. Yangi karam, kartoshka, don mahsulotlari, makaron mahsulotlarini faqat xomligicha solinadi. Lavlagi, tuzlangan karam avval dimlab, keyin solinadi. Piyoz, sabzi, tomat o’simlik yog’ida jazlanib, solinadi. Sabzavotlarni jazlash muhim ahamiyatga ega. Birinchidan, piyoz tarkibidagi efir moylari yog’da yaxshi erib, sho’rvaga yoqimli hid va ta’m beradi. Ikkinchidan, sabzi, tomat tarkibidagi rang beruvchi karotin moddasi erib, yog’ga o’tadi va sho’rvaning rangini qizartiradi.

Perlovka yormasi bir qaynatib olinib, so’ngra solinadi. No’xat esa 5-6 soat ivitib qo’yib solinadi. Qaynayotgan bulyonga masalliqlarni bir vaqtda pishadigan tartibda solish kerak. Masalan, sho’rvaga har bir masalliq solingandan so’ng tezroq qaynatilib, so’ngra past olovda miltiratib qaynatiladi, shunda hid beruvchi moddalar suv bug’i bilan chiqib ketmay sho’rvada saqlanib qoladi.Xushxo’r sho’rvalar pishishiga 5-10 daqiqa qolganda, tuz, lavr yaprog’i, mayda murch solinadi. Milliy suyuq taomlar chinni kosalarda, yuziga ko’katlar

(ukrop, kashnich, rayhon) sepilib, yog’och qoshiqlar bilan birga beriladi. Suyuq taomning turiga ko’ra alohida idishda qatiq berish ham mumkin.

Amaliy mashg’ulotda: Milliy taomlardan “Mastava” tayyorlash tartibi.

1.Go’shtni mayda qilib, sabzi va kartoshkani mayda kubcha qilib, piyoz va pomidorni halqasimon qilib to’g’raladi.

2.Qozonga o’simlik yog’i solinib dog’lanadi, so’ngra yog’da qizarguncha go’sht qovuriladi.

3.Piyoz bilan pomidorni solib qovurishni davom ettiriladi.

4.Pomidor ezilgach, sabzi va kartoshkani solib qovuriladi, sabzi yumshaganidan keyin suv quyiladi.

5.Sho’rvasi yaxshi pishganda tuzini rostlab, yuvilgan guruch solinadi va u ezilmasdan oldin olovni o’chiriladi.

6.Pishgan mastavani 5-6 daqiqa «dam edirib» kosalarga suzib, dasturxonga tortiladi.

7.Dasturxonga tortishda yuziga to’g’ralgan ko’katlar, bir osh qoshiq qatiq, ustiga murch sepiladi. Qatiq va murchni alohida berish ham mumkin.



Texnologik xarita



Ishning ketma ketligi

Ishning jarayoni

Rasmlar bilan izoh

1

mol go'shti - 300 gr, kartoshka - 1-2 dona, sabzi - 1-2 dona, piyoz - 1-2 dona, pomidor - 1-2 dona, kungaboqar yog'i - 100-150 gr, bulg'or qalampir - 1-2 dona, guruch - 100 gr, tuz - ta'bga ko'ra, ko'kat - ta'bga ko'ra, ziravor - ta'bga ko'r


Kerakli masalliqlarga birlamchi ishlov beriladi

c:\users\sojida\desktop\0.jpg

2

Mol gushti, kartoshka, sabzi, piyoz, qalampir, pamidor

kerakli masalliqlar to`rtburchak shaklida to`g`rab olinadi

c:\users\sojida\desktop\1.jpg


3

To`g`raglan gusht

Qozonga yog` solinib qizigan yog`ga to`g`raglan gusht solib qovriladi

c:\users\sojida\desktop\2.jpg

4

Qozon gaz masalliqlar

So`ng to`g`raglan masalliqlar ketma ketlik bilan solinib qovuriladi, qovrilib bo`lgach ma`lum miqdorda suv solinib qaynatiladi.

c:\users\sojida\desktop\3.jpg

5

Qaynagan mastavaning so`pi

Suvi qaynagach tozalab yuvilgan guruch solinib past olovda qaynatiladi

c:\users\sojida\desktop\4.jpg

6

Tayyor mastava

Tayyor bo`lgan mastava gazi uchiriladi va gazdan olinadi. Ustiga ko`katlar to`g`raladi

c:\users\sojida\desktop\5.jpg

7

Tayyor mastava ko`katlar qatiq,

Tayyor mastavani kosalarga so`zib ustidan ko`katlar solinib issiq choy salatlar, qatiq non bilan dasturxonga tortiladi.

c:\users\sojida\desktop\final-small.jpg


MASALLIQLAR

mol go'shti - 300 gr, kartoshka - 1-2 dona, sabzi - 1-2 dona, piyoz - 1-2 dona,

pomidor - 1-2 dona, kungaboqar yog'i - 100-150 gr, bulg'or qalampir - 1-2 dona,

guruch - 100 gr, tuz - ta'bga ko'ra, ko'kat - ta'bga ko'ra, ziravor - ta'bga ko'r



TAYYORLASH USULI

Go’sht va barcha sabzavotlarni mayda kubik shaklida to’g’raladi va qizib turgan yog’da aval go’shtni solib qovuriladi. Shu o’rinda go’sht haqida qisqacha to’xtalib o’tsak, kimdir “mastava faqat qo’y yog’ va qo’y go’shtidantayyorlanishi kerak” deb e’tiroz bildirishi tabiy. Ishoning go’sht bu asosiysi emas to’g’ri kim uchundir qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan ko’proq yoqar, to’g’ri qo’y go’shti mol go’shtiga nisbatan yumshoqroq bo’lishi mumkin



http://www.chakchak.uz/uploads/gallery/reciepts/55f9413a59362.jpg

Qozondagi go’shtni 3-4 daqiqa qovurib, ortidan piyoz va mastavaga rang berish uchun pomidor solib qovurishni davom ettiriladi, agar pomidor bo’lmasa o’rniga yarim osh qoshiq tomat pastasi qo’shib qovurish mumkin.



http://www.chakchak.uz/uploads/gallery/reciepts/55f941588cbe8.jpg
So’ngra navbat bilan sabzi, qartoshka, bulg’ori qalampiri va sarimsoq solib qovuriladi, ortidan tuz va murch qo’shib suv quyiladi.


http://www.chakchak.uz/uploads/gallery/reciepts/55f9416a18a23.jpg

Endi mastavaning eng muhim va nozik tomoniga e’tiborimizni qaratadigan bo’lsak bu albatta guruch xisoblanadi. Chunki ko’p xollarda mastavaga guruchni muddatidan oldin solib qo’yilgani yoki keragidan ortiq turib qolgani bois guruchlar bo’kib, ezilib ketgan bo’ladi. Bu esa mastavaning ta’miga va sifatiga ta’sir qilishi aniq. Shuning uchun gurunchni oxirgi bosqichda, taomni dasturxonga tortiq qilishdan tahminan 10-15 daqiqa oldin solinadi va shundagina mastavadagi guruchlar dona-dona bo’lib turadi.



http://www.chakchak.uz/uploads/gallery/reciepts/55f9417ea97e3.jpg

IV.O`tilgan mavzuni mustahkamlash. 1.o`zbek milliy suyuq taomlarni tarmoqlab bering. 2.O`zbek milliy suyuq taomlari boshqa millat taomlaridan nimasi bilan farq qiladi? 3.Mastavaga mosh bilan guruch solinadimi yoki loviya bilan guruch solinadimi va qachon solinadi? 4.Bulion qanday taomlar turiga kiradi?

V.Darsga faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

5” “4” “3”





VI.Uyga vazifa.

1.Milliy taomlardan “Mastava” yoki “Moshxo’rda” taomlarini tayyorlanish bosqichlari ko’rsatilgan texnologik xaritalarni tuzib kelish. 2.Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish.



Ish o`rnini yig`ishtirish.








Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish