Qattiqqina qilib tuxumli oshxamir qorasiz. Xamirni yupqa yoyib ugra kesasiz va suvini qochirib qo'yasiz. Kastryulkaga sut quyib, bir oz tuz solib qaynatasiz, so'ng ugrani solib pishirasiz. Ugra idish yuziga qalqib chiqqanda, taomni olovdan olib 5 - 7 minut dam yedirasiz. Kosalarga quyib dasturxonga tortayotganda yuziga 1 choy qoshig'ida sariyog solib berasiz. Masalliq: sutli ugra uchun 2,5 litr sut, talabga ko'ra sariyog' va tuz solinadi; ugrasi uchun 300 gr un, 2 dona tuxum, bir chimdim tuz kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |