Qaymoqli sho`rva
Qozonni qizitib qaymok, solasiz, kafgir bilan aralashtirib tursangiz yog'i ajraydi, bunga juda mayin tug'ralgan piyoz solib jaz - laysiz. Piyoz yumshab seli chiqishi bilan qozonga suv quyasiz va makkajo'xori dumbilini ikkiga bo'lib solasiz. Dumbil pishgach, palla - palla qilib tug'ralgan oshqovoq, ham solinadi va tuz sepib ta`mi rostlanadi. Dasturxonga tortishda har kosaga yarim so'ta dumbil, bir bo'lak oshqovok, solib, sho'rvasidan ham kuyib keltirilad, ta`bga ko'va murch sepiladi. Masalliq: 500 gr qaymoq, 2 bosh piyoz, 5 - 6 so'ta dumbil, 300 gr oshqovoq, ta`bga ko'ra tuz va murch kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |