“SOYA” trening mashg‘uloti.
Mashg‘ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda qо‘llanilishi mumkin bо‘lib *shaxslararo munosabatlarni, oilaviy munosabatlar va farzand hamda ota-ona munosabatlarida yuzaga kelgan buzilishlarni korreksiya qilish, *nizoli vaziyatlarni bartaraf etishda. Maqsad e’tiborlilik, xotirani rivojlantirish, ichki erkinlik va hotirjamlikni oshirish, ijtimoiy idrok va boshqalarga moslashish kо‘nikmasini rivojlantirish.
Fonda mayin musiqani past ovozda qо‘yib qо‘yish kerak. Hamma ishtirokchilar о‘z jufti bilan turib olishadi. Bir kishi “boshlovchi” ikkinchi odam uning “soyasi” vazifasini bajarishi lozim. Boshlovchi yurishi, har hil harakatlar qilishi kerak, soya esa uning ortidan 2- metr uzoqlikda yurib uni harakatlarini о‘xshatib aniq qaytarishi lozim. 5-10 daqiqa yoki bitta musiqa tugagach rollar almashinishi lozim.
Bunda boshlovchiga turli harakatlar qilishga stimul berish lozim. Ishtirokchilarga kо‘proq harakat qilish uchun bu mashg‘ulot kattaroq trening auditoriyasida yoki ochiq maydonda о‘tkazilishi ham mumkin. Boshlovchi, tasavvuriy harakatlar qilishi, yurishi, yugurishi, gul uzishi, о‘tirib olishi, bir oyoqda sakrashi, ortiga qarashi…mumkin. Soya esa uni harakatini qaytarishi lozim.
Eslatma: agar ona va farzandlar juftligida о‘tkazilganda mashg‘ulotni kattalar boshlovchi sifatida boshlashlari kerak. Keyin rol almashiladi.
Mashg‘ulot tugagach, maqsaddan kelib chiqib psixolog muhokama olib borishi kerak. Bunda bir biriga moslashish jarayonida ular nimani his qilganini, qanday noqulaylik va qiyinchiliklar bо‘lganini, bu mashg‘ulotda nimalarni anglaganliklari yohud nimalarni bu mashg‘ulot anglatish mumkinligini sо‘rash mumkin. Muhokamalardan sо‘ng mashg‘ulotni yakunlash uchun psixokorreksion xususiyatga ega bо‘lgan biror voqea aytib berilishi yoki tavsiyalar berilishi ham mumkin.
8-mashg’ulot kuni.
1. Salomlashish.
2. “SEHRLI STUL” trening mashg‘uloti.
Mashg‘ulot tavsiya etiladigan holatlar: guruhiy psixokorreksion faoliyatda qо‘llanilishi mumkin bо‘lib *shaxslararo munosabatlarni, oilaviy munosabatlar va farzand hamda ota-ona munosabatlarida yuzaga kelgan buzilishlarni korreksiya qilish, *о‘zaro ijobiy munosabatlarni hosil qilishda.
Maqsad: insonlarni ijobiy va yaxshi tomonini kо‘ra olish, bu haqida ularga gapirish, empatiyaga olib boruvchi kо‘nikmalarni shakllantirish.
“Kompliment nima?” mavzuida kirish suhbati amalga oshiriladi. Bunda kompliment qanday qilinishi, uni samimiy yetkazib berish yо‘llari haqida psixolog aytib о‘tishi hamda ishtirokchilardan sо‘rashi kerak.
Auditoriya doira holatda о‘tiradi, о‘rtaga bitta stul qо‘yiladi unga navbatma-navbat hamma aylana bо‘ylab kompliment aytib chiqishi kerak. Komplimentlarni aytishda u insonni kо‘zlariga qarash, agar tengdosh bо‘lsa ismi bilan murojaat qilishni va samimiy tabassumni unutmaslik psixolog tomonidan ta’kidlanadi.
Mashg‘ulot tugagach, hamma mashg‘ulot davomida nimani his qilganini, bu mashg‘ulot unga qanday ta’sir qilganini hamda nimalarni tushungani haqida fikrlarini aylana bо‘ylab aytib о‘tishlari lozim.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |