Katta maktab yoshidagi o’zlashtirishi past bolalar uchun korreksion rivojlantiruvchi dastur. Mavzuning dolzarbligi



Download 410,53 Kb.
bet4/11
Sana07.04.2022
Hajmi410,53 Kb.
#535328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Korreksion dastur[1]

KORREKSION QISM.
1-mashg’ulot kuni.
1. Salomlashish (“Ismlar” mashqi).
Bolalar doira bo’lib turishadi, doira bo’ylab bir-birlariga to’pni uzatishadi. O’zidan oldingi bolaning ismini aytadi va keyin o’z ismini aytib to’pni o’zidan keyingi bolaga uzatadi. Bolalar o’zlarini turli o’zlari istagan obrazlarda tasvirlashlari mumkin.
2. «OILA RASMI» TESTI.
Oila bola kо‘zi bilan
Pedagoglar va psixologlar oila muammolarini, uning an’ana va udumlarini, bola shaxsining shakllanishida oilaning ta’sirini о‘rganishda juda kо‘p ishlar qilmoqdalar.
Bola ota – onaning faqatgina tarbiyaviy ta’sir etish mahsuli emas. U о‘z oilasini о‘zicha tushunadi va qabul qiladi. Oiladagi о‘z о‘rnini о‘zaro aloqada belgilaydi va oilada о‘zini о‘zicha anglaydi. Bolalar rо‘y berayotgan hodisalarga kattalarga nisbatan boshqacha baho beradilar. Biz qachonki atrofimizdagi olamni bola kо‘zi bilan kо‘rishga о‘rganib olganimizdan sо‘nggina, ularni tо‘g‘ri tushunamiz, hayajonlariga, qayg‘ulariga yordam bera olamiz. Eston psixologi G.Xementaskas tomonidan ishlab chiqilgan mashxur «Oila rasmi» testi kattalarga dunyoni bola kо‘zi bilan kо‘rishga yordam beruvchi vositadir. Bu test bolaning о‘z oilasiga bergan shaxsiy bahosi haqida, oila a’zolari bilan bо‘lgan munosabatlari, bola nimalarni idrok qila olmasligi, nimalarni kuchli xayajon bilan his qilishi haqida tushuncha beradi. Nimalar bolani ongsiz ravishda xavotirga solsa, xuddi shu narsalar bolalarning rasmlarida ifodalanadi.
Oila rasmi bola shaxsining psixologik portretidir. Bu testni 3 yoshdan 10 yoshgacha bо‘lgan bolalarda qо‘llash mumkin. Psixologlar bu testdan bolaning oiladagi «Men»ini о‘rganish maqsadida foydalanadilar. Bu testni о‘tkazish pedagogik va psixologik amaliyotda qulay va ommabop. Bu testni о‘qituvchilar, maktab psixologlari va ota – onalar о‘tkazishlari mumkin.
Tadqiqotni о‘tkazish uchun: 21 x 29 sm hajmidagi oq qog‘oz, о‘chirg‘ich kerak. Bolaga: «Iltimos, о‘z oilang rasmini chizib ber» - deb aytiladi. Lekin «oila» nima ekanligi haqida tushuntirilmaydi, chunki tadqiqot о‘tkazishning maqsadi о‘zgaradi. Topshiriqni о‘tkazish uchun vaqt chegaralanmaydi. Topshiriqni bola bajarayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak: tarkiblarni chizish ketma – ketligi, tarkiblarni о‘chirilishi, bolaning izohlarga, his – hayajonga berilishi va h.k.
Topshiriq bajarib bо‘lgandan sо‘ng bolaga quyidagi savollar beriladi: 1) Aytchi, sen bu rasmda kimlarni chizding? 2) Ular qayerdalar? 3) Ular nima qilyaptilar? 4) Ular xursandmilar, yoki biron narsadan zerikkanmilar? 5) Ulardan qaysi biri baxtli? Nimaga? 6) Ulardan qaysi biri juda baxtsiz? Nimaga?
«Oila rasmi» testini tahlil qilish uchun a) bolaning yoshi, b) oila a’zolarining sonini v) aka, uka, opa, yoki singillarining yoshini bilish kerak.

Download 410,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish