Kasimova Gulyar Axmatovna Sholdarov Dilshod Azimiddin o’g’li


 Pensiya jamg’armasi mablag’larining to’g’ri hisoblanishi, xarajatlarni



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/229
Sana29.05.2022
Hajmi7,61 Mb.
#619293
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   229
Bog'liq
pensiya taminoti nazorati

6.3. Pensiya jamg’armasi mablag’larining to’g’ri hisoblanishi, xarajatlarni 
to’lanishi va mablag’larni sarflanishini nazorat qilish jarayonlari 


200 
Pensiya, ijtimoiy nafaqa, uy-joy-kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya 
pul to’lovlarini tayinlash, pensiyani qayta hisoblash, pensiyaning bir turidan 
boshqa turiga o’tkazish, pensiya va ijtimoiy nafaqa to’lovini tiklash, shuningdek 
pensiyadan ulush ajratish to’g’risidagi ariza aniq shakl bo’yicha Pensiya 
jamg’armasi bo’limiga belgilangan tartibda topshiriladi. Pensiya, ijtimoiy nafaqa 
va boshqa to’lovlarni tayinlash uchun arizachi taqdim etgan hujjatlar inspektor 
(yoki katta inspektor) tomonidan ko’rib chiqiladi. Inspektor taqdim etilgan 
hujjatlar kseronusxalarini asl nusxalar bilan solishtiradi va ushbu kseronusxalarni 
asliga to’g’riligini o’z imzosi bilan tasdiqlaydi. Barcha hujjatlar (asl nusxalari va 
kseronusxalari), shuningdek ariza, inspektor tomonidan Pensiya jamg’armasi 
bo’limi boshlig’i (Pensiya jamg’armasi bo’limining boshlig’i o’rinbosari)ga 
taqdim etadi va o’z navbatida Pensiya jamg’armasi bo’limi boshlig’i arizaga o’z 
rezolyutsiyasini qo’yadi, shundan so’ng, hujjatlarning kseronusxalarini asl 
nusxalar bilan solishtirib, ushbu kseronusxalarni asliga to’g’riligini o’z imzosi va 
Pensiya jamg’armasi bo’limining muhri bilan tasdiqlaydi. 
Pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash uchun hujjatlarni 
qabul qilishda, inspektor quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim. Ariza, taqdimnoma 
blankasi, ish haqi to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqa taqdim etilgan hujjatlarning 
to’g’ri va to’liq rasmiylashtirilganligini, shuningdek, unda aks ettirilgan 
ma’lumotlarni pasport ma’lumotlari, mehnat daftarchasi va arizachining boshqa 
hujjatlariga mos kelishini tekshiradi. Bunda shaxsning qonun hujjatlari talablariga 
asosan pensiya, ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlashga bo’lgan huquqi 
ko’rib chiqiladi. Agar kseronusxalar notarius tomonidan tasdiqlanmagan bo’lsa, 
kseronusxalarni arizachining birlamchi hujjatlari bilan solishtirilishi kerak.
Inspektor arizachi yoki tashkilot vakiliga taqdim etilgan hujjatlarning (mehnat 
daftarchasi, arxiv ma’lumotlari va tashkilot tomonidan taqdim etilgan 
ma’lumotnomalardan tashqari) asl nusxalarni qaytaradi va unga arizaning tegishli 
qismini qirqib olgan holda, hujjatlar qabul qilinganligi to’g’risida tilxat beradi, 
bunda tilxat nusxasi taqdim etilgan hujjatlar bilan birgalikda Pensiya jamg’armasi 


201 
bo’limida saqlanadi. Mehnat daftarchasining asl nusxasi Pensiya jamg’armasi 
bo’limining pensiya tayinlash komissiyasi tomonidan pensiya, ijtimoiy nafaqa va 
boshqa to’lovlarni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to’g’risidagi qarori qabul 
qilingandan so’ng arizachiga qaytarilishi shart. Mehnat daftarchasi pensiya
ijtimoiy nafaqa va boshqa to’lovlarni tayinlash arizasining orqa tomoniga mehnat 
daftarchasi olinganligi to’g’risidagi sanasini ko’rsatgan holda arizachi yoki 
tashkilot vakilining imzosi bilan qaytariladi. 
Pensiya jamg’armasi bo’limi boshlig’ining tegishli rezolyutsiyasi bilan ariza 
qabul qilingandan so’ng, pensiya tayinlash guruhi rahbari (Pensiya jamg’armasi 
bo’limining boshlig’i buyrug’i bilan ushbu vazifa yuklatilgan xodim): 

pensiyani tayinlash to’g’risidagi arizani pensiya tayinlash to’g’risidagi 
arizalarni ro’yxatga olish kitobiga; 

ijtimoiy nafaqani tayinlash to’g’risidagi arizani ijtimoiy nafaqalarni tayinlash 
to’g’risidagi arizalarni ro’yxatga olish kitobiga; 

bola tug’ilganligi bo’yicha bir martalik nafaqani to’lash to’g’risidagi arizani 
bola tug’ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to’lash to’g’risidagi arizalarni 
ro’yxatga olish kitobiga; 

dafn marosimi uchun nafaqani to’lash to’g’risidagi arizani dafn etishga nafaqa 
to’lash to’g’risidagi arizalarni ro’yxatga olish kitobiga; 

uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to’lash bo’yicha kompensatsiya pul 
to’lovlari to’g’risidagi arizani uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to’lash 
bo’yicha kompensatsiya pul to’lovlarini to’lash to’g’risidagi arizalarni 
ro’yxatga olish kitobiga qayd etadi. 
Pensiya tayinlash guruhi rahbari qayd etgandan so’ng, arizani (ilova qilingan 
hujjatlar bilan birga) pensiya, ijtimoiy nafaqa yoki boshqa to’lovlarni tayinlash 
uchun hujjatlar tayyorlashga inspektorga topshiradi. Pensiya yig’majildlari 
pensioner (nafaqa oluvchi)ning doimiy yashash joyidagi Pensiya jamg’armasi 
bo’limida maxsus jihozlangan xonada saqlanadi. Ijrodagi pensiya yig’majildlarini 
saqlash bo’yicha javobgarlik Pensiya jamg’armasi bo’limi tegishli hududining 
inspektori va arxivariusiga yuklatiladi. Qariyalar va nogironlar internat uylarida 


202 
("Saxovat" va "Muruvvat" uylarida) yashovchi shaxslar, shuningdek ruhiy 
kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan shaxslarning pensiya yig’majildlari ushbu 
muassasalar joylashgan hududdagi Pensiya jamg’armasining bo’limida saqlanadi. 
Ushbu shaxslarga pensiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Pensiya 
jamg’armasi bo’limi tomonidan to’lanadi. Pensiya (ijtimoiy nafaqa) to’lovlari 
to’xtatilgan pensiya yig’majildlari ijrodagi pensiya yig’majildlaridan alohida 
Pensiya jamg’armasi arxivida saqlanadi.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish